This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Menimcha yaponiyadagi kabi Kampuslar tashkil qilish kerak.talabga qarab taklif berishi kerak.1 kishilik 2 kishilik 3 kishilik 4 kishilik qilib xonalar tashkillashtirilsa yaxshi bolardi,buni amalga oshirish uchun albatta ancha vaqt kerak lekin ungacha uyini ijaraga TALABALARga ijaraga beruvchilarga imtiyoz berilsa sal bolsa ham arzonlasharmidi ijara haqqi,sababi hozr birinchidan talabaman desak kopchilik ijara qoymaydi oilaga beraman deydi
Faqat Toshkent sharida emas viloyatlarda ham bu muammo bor. Yana bitta taklif sifatida aytaman. O'qituvchilar uchun ham arzonlashtirilgan va imtiyozli kredit asosida uylar qurilib berilsa, rivojlangan mamlakatlar Yaponiya, Germaniya kabi o'qituvchilarga ham e'tibor berish zarur. Ularni uy-joy buyicha muammolari bor. Bir necha 10 yillar davomida ijarda yashoyotgan o'qituvchilar ko'p.
To'g'ri OTM talabalarni 100% TTJ bilan ta'minlay olmaydi lekin hozirgi vaziyatda Toshkentda ko'pchilik talabalarga kvartira ham bermaydi. Hozirda talabalarga turar joy bergan odamlarni ayrim soliqlardan ozod qilinsa keyin talabalarni sarson sargardonligi ancha kamaygan bo'lar edi
Aytganizdek bu tez hal boladigan jarayon emas men shunaqa orzu qilaman:Davlat ijara uchun domlarni qursa ham studentlar ham ishchilar qiynalmiydi va u narsa 50-100 yillab foyda keltiradi va xalqga juda katta yengillik bolardi yana bitta tomoni hozirgi kvartiralarga oxshab qimmat bomiydi
kim bu
Bilmadim. Aslida buni yozganim bilan bir narsa ozgarmaydi. Ammo biz bir mlrdlik xalq emaski joy yetmasa. Bemalol TTJ qursa boladi. Shunchaki fikrim. Xoxish bsa boldi
Ravshan Salaev
Шунча саноқсиз уйлар тезлик билан қурилганда,ётоқхона қурилмайдими, бунинг учун муаммо йўқку,агар ҳоҳииш бўлса бир йилга қолмай қурилиб, ишга тушади.
Assalomu aleykum hammaga kvartiranega qimmat.SHu savol hammani qiynayabdi bitta Toshkentda qimmat emas man qashqadaryoda 250mingdan turibdi.yotiqxonaga joylashadi bolla sharoit yoq talaba keyin majbur kvartirada turadi bir ikkita universitet yotoqxonalarida xojat xona ham pullik turar joy muommosi hal bolmasa oqish ham kongildagiday bolmaydi
Шерзод Рўзиқулов
Кўплаб магистрантлар ҳам қийналяпти бу масалада. Улар онлайин ўқишини таклиф этаман.
Aniq bittaa fikr keltirib òtaman manimcha hamma qowiladi bunga. Mana hozrdan biror bir uy qurish kompaniyasiga vazifa yuklatilishi kerak shahar markazlari yoxud metroga yaqin bogan joylardan kam chiqimli oddiy va albatta studentlar yashaasa boladigan domlarni quriw kk. Biz kabi talabalar owa domlarga beretga 200-400$ imizni wularga beriwga rozimiz. Sarson bolganadan kora. Oliy talim vazirligi va davlat budjetidan bunga mablag sarflansa oylaymanki yaqin yillarda bu mablaģlarni chiqarib foydaga ham kirishadi asosiysi talabalar kocada qolib sarson boliwmasdi.
Мухокама кизгин кетяптикану факат ора орада печкагаям утиндан ташлаб куйилар уй совиб кетмасин😂
Мухаммаджахонгир
Квартира топишга ёрдам бериш деган фикр сал нотугри бу иш барибир укитувчи зиммасига тушади. Укитувчи талабага квартира излашдан бошка ишлари хам жуда куп. Хушнудбек бу фикрингиздан кайтинг укитувчига шу иш етмаётганди.
Bakhrom
Yaxshi fikr. Lekin davlat foyda qilolmaydi. Demak bunga ruxsat bermasa kerak
Davlat yotoqxona qurgandan kora kamroq xarajat qiladi. Foyda hamma joyda topiladi)
kim bu
Oliy yurtlarga ham erkinlik berish kk
Ziyodakhon
Men ham yotoqxona yoqligi un kvartirada turamn bowqa viloyatda oqiman meni oz viloyatimdan instgacha 12 soatli yol begona joyda kvartirada turiw osonmas
Unday platforma yaratgan bilan narx pasaymaydiku, xozir ham olx va telegram kanallarda ijaraga uylar to'lib yotibdi lekin narx ko'tarmaydi, umuman olganda OTMlarni hamma viloyatlarda ochish kerak, har bir odam o'z uyidan kirib chiqib ota onasi yonida bo'lgani yaxshi, mani taklifim shu yotoqxona va boshqalarni qurgandan ko'ra boshqa viloyatlarda OTMlar qurib, Toshkentda yarim bo'shab qolgan OTM binolarini yotoqxona qilishsin Toshkentga kelib o'quvchilar uchun
@xushnudbek
Assalomu alaykum, Xushnud aka. yuqorida ham yozdim. Komentlarni o'qiy olasizmi? Yoqmi bilmadim. Lekin bu g'oya Prezident tashriflari chog'ida ilgari surilgan va bu goya uchun yaqinda mablag' ajratiladi. Yaqinda biz ijara masalasida talabalarga yordam bera oladigan, shuningdek, ish masalasida ularga yordam bera oladigan platforma tashkillashtiryapmiz. Bu masalada sizning ham yordamingiz kerak lekin siz bilan qanday bog'lansak bo'ladi
Ha albatta bu chiqish yaxshi bo'lipti talabalar turar joyi muammosini hal qilish kerak, nimaga deganda men ham talabaman turar joy masalasida anchadan beri qiynalib yuribman, misol uchun O'zmuni olaylik talaba juda ko'p, yotoqxona esa ularning 10 dan biriga ham yetmayd, bu esa talabalarning bilimni o'zlashtirish darajasi ancha pasayib ketadi, nima sababdan deysizmi misol uchun talaba kvartiraga boradi xohlasa o'qiydi xohlamasa o'qimaydi chunki muhit shunaqa, odamzodni 90 foiz muhit tarbiyalaydi bu haqiqat. Agar talabalarni bilim darajasini yaxshilaymiz degan fikr bo'lsa xalq ta'limi vazirligida yotoqxona qurishga hozirdan kirishishi kerak.Misr ham 2-3 yilda qurilib qolmaganku to'g'rimi
Хеч ғам чекманглар тез орада талабалар ,Тошкент сити ,Акай сити , Олмазор ситиларда яшайди
🥰🥰Dadasini malikasi🤫😊😊😊😊
Xa bu to'g'ri fikr talabalar uchun turar joy qurish . Agarda shunday bo'lsa ikkita uchta kantrakt to'lab boshqa viloyatlarda farzandlarini o'qitayotgan ota onalarga ham anchagina qulaylik bo'lardi.Talabalar ham kvartira muammosi bn sarson b b yurmasdi!
Otmlarni viloyatlarda ochish uchun ta'lim beradigan baza bo'lishi kerak. O'qituvchilarsiz otm ochganni foydasi yo'q. Lekin davlat ttj qurushga mablag' ajratsa yaxshi bo'lar edi. Ko'proq ttj qurishga va tezroq. Chunki 1 yilga qolmay 10 12 etajlik citylar qurilayabdiku nahotki 10 etajli ttj qurib bo'lmasa?
Show next 100 comments