This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
kim bu
Bilmadim. Aslida buni yozganim bilan bir narsa ozgarmaydi. Ammo biz bir mlrdlik xalq emaski joy yetmasa. Bemalol TTJ qursa boladi. Shunchaki fikrim. Xoxish bsa boldi
Ravshan Salaev
Шунча саноқсиз уйлар тезлик билан қурилганда,ётоқхона қурилмайдими, бунинг учун муаммо йўқку,агар ҳоҳииш бўлса бир йилга қолмай қурилиб, ишга тушади.
Assalomu aleykum hammaga kvartiranega qimmat.SHu savol hammani qiynayabdi bitta Toshkentda qimmat emas man qashqadaryoda 250mingdan turibdi.yotiqxonaga joylashadi bolla sharoit yoq talaba keyin majbur kvartirada turadi bir ikkita universitet yotoqxonalarida xojat xona ham pullik turar joy muommosi hal bolmasa oqish ham kongildagiday bolmaydi
Шерзод Рўзиқулов
Кўплаб магистрантлар ҳам қийналяпти бу масалада. Улар онлайин ўқишини таклиф этаман.
Aniq bittaa fikr keltirib òtaman manimcha hamma qowiladi bunga. Mana hozrdan biror bir uy qurish kompaniyasiga vazifa yuklatilishi kerak shahar markazlari yoxud metroga yaqin bogan joylardan kam chiqimli oddiy va albatta studentlar yashaasa boladigan domlarni quriw kk. Biz kabi talabalar owa domlarga beretga 200-400$ imizni wularga beriwga rozimiz. Sarson bolganadan kora. Oliy talim vazirligi va davlat budjetidan bunga mablag sarflansa oylaymanki yaqin yillarda bu mablaģlarni chiqarib foydaga ham kirishadi asosiysi talabalar kocada qolib sarson boliwmasdi.
Мухокама кизгин кетяптикану факат ора орада печкагаям утиндан ташлаб куйилар уй совиб кетмасин😂
Мухаммаджахонгир
Квартира топишга ёрдам бериш деган фикр сал нотугри бу иш барибир укитувчи зиммасига тушади. Укитувчи талабага квартира излашдан бошка ишлари хам жуда куп. Хушнудбек бу фикрингиздан кайтинг укитувчига шу иш етмаётганди.
Bakhrom
Yaxshi fikr. Lekin davlat foyda qilolmaydi. Demak bunga ruxsat bermasa kerak
Davlat yotoqxona qurgandan kora kamroq xarajat qiladi. Foyda hamma joyda topiladi)
kim bu
Oliy yurtlarga ham erkinlik berish kk
Ziyodakhon
Men ham yotoqxona yoqligi un kvartirada turamn bowqa viloyatda oqiman meni oz viloyatimdan instgacha 12 soatli yol begona joyda kvartirada turiw osonmas
Unday platforma yaratgan bilan narx pasaymaydiku, xozir ham olx va telegram kanallarda ijaraga uylar to'lib yotibdi lekin narx ko'tarmaydi, umuman olganda OTMlarni hamma viloyatlarda ochish kerak, har bir odam o'z uyidan kirib chiqib ota onasi yonida bo'lgani yaxshi, mani taklifim shu yotoqxona va boshqalarni qurgandan ko'ra boshqa viloyatlarda OTMlar qurib, Toshkentda yarim bo'shab qolgan OTM binolarini yotoqxona qilishsin Toshkentga kelib o'quvchilar uchun
@xushnudbek
Assalomu alaykum, Xushnud aka. yuqorida ham yozdim. Komentlarni o'qiy olasizmi? Yoqmi bilmadim. Lekin bu g'oya Prezident tashriflari chog'ida ilgari surilgan va bu goya uchun yaqinda mablag' ajratiladi. Yaqinda biz ijara masalasida talabalarga yordam bera oladigan, shuningdek, ish masalasida ularga yordam bera oladigan platforma tashkillashtiryapmiz. Bu masalada sizning ham yordamingiz kerak lekin siz bilan qanday bog'lansak bo'ladi
Ha albatta bu chiqish yaxshi bo'lipti talabalar turar joyi muammosini hal qilish kerak, nimaga deganda men ham talabaman turar joy masalasida anchadan beri qiynalib yuribman, misol uchun O'zmuni olaylik talaba juda ko'p, yotoqxona esa ularning 10 dan biriga ham yetmayd, bu esa talabalarning bilimni o'zlashtirish darajasi ancha pasayib ketadi, nima sababdan deysizmi misol uchun talaba kvartiraga boradi xohlasa o'qiydi xohlamasa o'qimaydi chunki muhit shunaqa, odamzodni 90 foiz muhit tarbiyalaydi bu haqiqat. Agar talabalarni bilim darajasini yaxshilaymiz degan fikr bo'lsa xalq ta'limi vazirligida yotoqxona qurishga hozirdan kirishishi kerak.Misr ham 2-3 yilda qurilib qolmaganku to'g'rimi
Хеч ғам чекманглар тез орада талабалар ,Тошкент сити ,Акай сити , Олмазор ситиларда яшайди
🥰🥰Dadasini malikasi🤫😊😊😊😊
Xa bu to'g'ri fikr talabalar uchun turar joy qurish . Agarda shunday bo'lsa ikkita uchta kantrakt to'lab boshqa viloyatlarda farzandlarini o'qitayotgan ota onalarga ham anchagina qulaylik bo'lardi.Talabalar ham kvartira muammosi bn sarson b b yurmasdi!
Otmlarni viloyatlarda ochish uchun ta'lim beradigan baza bo'lishi kerak. O'qituvchilarsiz otm ochganni foydasi yo'q. Lekin davlat ttj qurushga mablag' ajratsa yaxshi bo'lar edi. Ko'proq ttj qurishga va tezroq. Chunki 1 yilga qolmay 10 12 etajlik citylar qurilayabdiku nahotki 10 etajli ttj qurib bo'lmasa?
Toshkent shaxrida kvartiralar narxi asosan talabalarga boģliq holat bolib qolgan shu sababli Toshkent shaxridagi OTM larni shaxar chetiga kuchirish va viloyatlarda koproq fakultetlarni ochish kerak menimcha.
Shohrux Azimov
Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ozingiz aytganingizdek toliq bajarilishi qiyin masala agar "hususiy sektr va Toshkent shahar hokimli bu masalani hal qila olaman desa bu yaqin 3 yoki 4 yilda bo'ladigan ish deb oýlamiyman. mani shaxsiy fikrim kvotalani kamaytirish kerak 8ming talabasi bor inistitutni nega 8ming orinli yotoqxonasi bolmasligi kerak ekan. hattoki dars otiladigan hona yoqligidan darslar 2 smenada bolmoqda qaysidr oliy ta'lim muassalarida! Tuzilma notog'ri masalan vaqtida gaz va elektr energiyasini aholi sonining ko'payishiga qarab ya'ni o'sishiga qarab hisoblanmagini uchun gaz va elektr muammo . Yotoqxonalar ham shunaqa ahvolda. Agar oliy talimda kvotalar yotoqxon, auditoriyalar va dars beradiga prafessor o'qituvchilariga qarab belgilansa bu masala ancha o'ziga kelib qoladi. Lekin ko'pchilik savol berishi mumkin kadr yetishmasligi mumkin deb bu masalani sirtqi ta'lim tizimi orqali va yaqin 5 yoki 10 yillikda qancha mutahasis kerakligini pragnoz qilish orqali bartaraf etish mumkin. Aytgancha yana qoshimcha qilib ketay Toshkent shahri borgan sari rivojlanib kattalashib ketmoqda shunday ekan talabalar uchun qoshimcha turar joylar qurish (ayniqsa hususiy sektor) talabalarga yengillik bo'la olishiga unchalik ko'zim yetmayapti.
ТURAYEV JAMOLIDDIN
Davlat xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlar bilan birgalikda qurish kerak zamonaviy qulay ixcham bo'lishi kerak va albatta narx navo masalasi bozor iqtisodiyotiga mos bulishi kerak
Sizlarga rostini aytsam men hech qanday fikr bildirmoqchi emasman. Chunki bizning fikrimiz hech kimga qiziq emas. 2021-2022 da qilamiz deyishadi. Ammo yana qilishmaydi. Tepadagi turganlar xalqga bir korinib qoyishadida yana kayfni qilib yurishoradi. Men ham studentman. Bir haftadan buyon toshkentdan kvartira qidiraman. Ammo otni kallasidek narxda kim tura oladi😭
🤲💰🤲💰🤲💰🤲💰
Яхши фикрлар билдиришопти лекин талабалар хам уз уйларидек асраб авайлашмайди ушани учун хам квартирага куйишмайди.
Show next 100 comments