This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Ziyodakhon
Men ham yotoqxona yoqligi un kvartirada turamn bowqa viloyatda oqiman meni oz viloyatimdan instgacha 12 soatli yol begona joyda kvartirada turiw osonmas
Unday platforma yaratgan bilan narx pasaymaydiku, xozir ham olx va telegram kanallarda ijaraga uylar to'lib yotibdi lekin narx ko'tarmaydi, umuman olganda OTMlarni hamma viloyatlarda ochish kerak, har bir odam o'z uyidan kirib chiqib ota onasi yonida bo'lgani yaxshi, mani taklifim shu yotoqxona va boshqalarni qurgandan ko'ra boshqa viloyatlarda OTMlar qurib, Toshkentda yarim bo'shab qolgan OTM binolarini yotoqxona qilishsin Toshkentga kelib o'quvchilar uchun
@xushnudbek
Assalomu alaykum, Xushnud aka. yuqorida ham yozdim. Komentlarni o'qiy olasizmi? Yoqmi bilmadim. Lekin bu g'oya Prezident tashriflari chog'ida ilgari surilgan va bu goya uchun yaqinda mablag' ajratiladi. Yaqinda biz ijara masalasida talabalarga yordam bera oladigan, shuningdek, ish masalasida ularga yordam bera oladigan platforma tashkillashtiryapmiz. Bu masalada sizning ham yordamingiz kerak lekin siz bilan qanday bog'lansak bo'ladi
Ha albatta bu chiqish yaxshi bo'lipti talabalar turar joyi muammosini hal qilish kerak, nimaga deganda men ham talabaman turar joy masalasida anchadan beri qiynalib yuribman, misol uchun O'zmuni olaylik talaba juda ko'p, yotoqxona esa ularning 10 dan biriga ham yetmayd, bu esa talabalarning bilimni o'zlashtirish darajasi ancha pasayib ketadi, nima sababdan deysizmi misol uchun talaba kvartiraga boradi xohlasa o'qiydi xohlamasa o'qimaydi chunki muhit shunaqa, odamzodni 90 foiz muhit tarbiyalaydi bu haqiqat. Agar talabalarni bilim darajasini yaxshilaymiz degan fikr bo'lsa xalq ta'limi vazirligida yotoqxona qurishga hozirdan kirishishi kerak.Misr ham 2-3 yilda qurilib qolmaganku to'g'rimi
Хеч ғам чекманглар тез орада талабалар ,Тошкент сити ,Акай сити , Олмазор ситиларда яшайди
🥰🥰Dadasini malikasi🤫😊😊😊😊
Xa bu to'g'ri fikr talabalar uchun turar joy qurish . Agarda shunday bo'lsa ikkita uchta kantrakt to'lab boshqa viloyatlarda farzandlarini o'qitayotgan ota onalarga ham anchagina qulaylik bo'lardi.Talabalar ham kvartira muammosi bn sarson b b yurmasdi!
Otmlarni viloyatlarda ochish uchun ta'lim beradigan baza bo'lishi kerak. O'qituvchilarsiz otm ochganni foydasi yo'q. Lekin davlat ttj qurushga mablag' ajratsa yaxshi bo'lar edi. Ko'proq ttj qurishga va tezroq. Chunki 1 yilga qolmay 10 12 etajlik citylar qurilayabdiku nahotki 10 etajli ttj qurib bo'lmasa?
Toshkent shaxrida kvartiralar narxi asosan talabalarga boģliq holat bolib qolgan shu sababli Toshkent shaxridagi OTM larni shaxar chetiga kuchirish va viloyatlarda koproq fakultetlarni ochish kerak menimcha.
Shohrux Azimov
Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ozingiz aytganingizdek toliq bajarilishi qiyin masala agar "hususiy sektr va Toshkent shahar hokimli bu masalani hal qila olaman desa bu yaqin 3 yoki 4 yilda bo'ladigan ish deb oýlamiyman. mani shaxsiy fikrim kvotalani kamaytirish kerak 8ming talabasi bor inistitutni nega 8ming orinli yotoqxonasi bolmasligi kerak ekan. hattoki dars otiladigan hona yoqligidan darslar 2 smenada bolmoqda qaysidr oliy ta'lim muassalarida! Tuzilma notog'ri masalan vaqtida gaz va elektr energiyasini aholi sonining ko'payishiga qarab ya'ni o'sishiga qarab hisoblanmagini uchun gaz va elektr muammo . Yotoqxonalar ham shunaqa ahvolda. Agar oliy talimda kvotalar yotoqxon, auditoriyalar va dars beradiga prafessor o'qituvchilariga qarab belgilansa bu masala ancha o'ziga kelib qoladi. Lekin ko'pchilik savol berishi mumkin kadr yetishmasligi mumkin deb bu masalani sirtqi ta'lim tizimi orqali va yaqin 5 yoki 10 yillikda qancha mutahasis kerakligini pragnoz qilish orqali bartaraf etish mumkin. Aytgancha yana qoshimcha qilib ketay Toshkent shahri borgan sari rivojlanib kattalashib ketmoqda shunday ekan talabalar uchun qoshimcha turar joylar qurish (ayniqsa hususiy sektor) talabalarga yengillik bo'la olishiga unchalik ko'zim yetmayapti.
ТURAYEV JAMOLIDDIN
Davlat xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlar bilan birgalikda qurish kerak zamonaviy qulay ixcham bo'lishi kerak va albatta narx navo masalasi bozor iqtisodiyotiga mos bulishi kerak
Sizlarga rostini aytsam men hech qanday fikr bildirmoqchi emasman. Chunki bizning fikrimiz hech kimga qiziq emas. 2021-2022 da qilamiz deyishadi. Ammo yana qilishmaydi. Tepadagi turganlar xalqga bir korinib qoyishadida yana kayfni qilib yurishoradi. Men ham studentman. Bir haftadan buyon toshkentdan kvartira qidiraman. Ammo otni kallasidek narxda kim tura oladi😭
🤲💰🤲💰🤲💰🤲💰
Яхши фикрлар билдиришопти лекин талабалар хам уз уйларидек асраб авайлашмайди ушани учун хам квартирага куйишмайди.
Eng nozik va o'ta jiddiy masalalardan biri. Joysiz begona shaharda bir kun bu kvartirada bir kun bunisida kunlik ijara haqqi to'lab yuribman man ham. kvartira rosa qimmat. 50$ dan arzon emas bir kishi uchun yana sheriklikda. yuqorida aytilganidek bo'sh binolar bo'lsa o'sha yerga joylashtirishsa TTJga beradigan pulni berib yashar edik. 1 oylik stipendiya 1 oylik kvartira to'loviga yetmaydi
Salom hammaga yaxshimisilab
Men hozir sovuqda amakimni o‘g‘li bilan toshkentda sovuqda kvartira qidirib holimiz qolmadi kvartiralar juda qimmat makler xizmati bor 🤦🏻‍♂️ juda uzoq joyda o‘rtoqimnikida turimmiz tezroq talabalar turar joylarini hal qilishsa yaxshi edi
Butayeva Shoyista
Assalomu alaykum. Rosayam qiynalib kettim lekin kvartira sharoiti yaxshimas sharoiti yaxshilariniyam narxi maksima darajada qimmat 250- 300ming. Qatnasak ham salkam shu narxga keladi. Lekin qatnasak umrimiz yòlda òtib ketadi. Hammasi kelajak kelajak deb gapiradi lekin kelajak uchun ozgina sharoit qilish hich kimni xayoliga kelmaydi. Masalan. Yakuniy topshirishimiz kerak svet esa yòq. Boshqa joydagi bir bozorga borib dòkonchilarga yalinib vaqtim òtib ketti telefonimni ozroq zaryadkaga qòyib olay yakuniy topshirishim kerak deb. Xullar muommo kòp deb hamma gapiradi lekin hich kim muommoni yechishi xoxlamaydi. Biz endi nima qilishimiz kerak. Oqishlar ochilyabdi. Byudjetda òqiyman yetmaganda 30foiz 3 bolsa stependiya ham yòq. Bu sharoitda qanday òqib bòladi. Ayam bilan dadam shuncha pul tòlab repititorga qòygan. Maktabni talimi bilan esa 10000yildayam òqishga kirib bòlmaydi. Oddiy xalqni hich kim òylamaydi. Xullas aka aytsak gap kòp. Stependiyaga harakat qilyabman endi 30 foiz 3 bòlib qolmasin nima bòlsayam. Hich bòlmasa olgan stependiyam kvartiramga ketadi. Shuyam òqishmi òziz ham student bolgansizku. Bizni ahvolimizni tushunib turibsiz. Oddiy dehqonni bolasi bòlsak. Ha mayli bir gap bòlarda. Rahmay sizga aka shu mavzuni ochganiz uchun ham
Сулайманова Зухра
Tadbirkorlarga yuklash kerak deb oyliman katta miqdorda va uzoq muddatga kam foizlarda kredit berish kerak ular shudan foydalanib instiutlarga yaqin joylardan turar joylar qurishsin ogil bollarga alohida qizlarga alohida narhi ham ortacha masalan hozir kunda oyiga 200- 250 ming tolab turishga hamma talaba rozi boladi bundan tadbirkor ham foyda topadi chunki hozir talabalar ortacha 500ming tolab 1ta honada 2 3 kishilab turishibdi rossa zor bolardi 😊
Xushnud aka gaplarizga qo'shilaman.Talabada tanlash imkoniyati bo'lishi kerak.ijara yoki talabalar uyida turish masalasida.Shu o'rinda bitta taklif tan olishimiz kerak hozirgi kunda Toshkentta o'qiyotgan talabaning oylik xarajati o'rtacha 1,1, 1,2 millionni tashkil etadi.Hamma narsa baribir moddiy tomonga borib taqalyapdi.Xususiy sektor talabalar uchun soatbay ish o'rinlari tashkil qilsa yaxshi bo'lardi .talaba o'qishdan keyin bo'sh vaqtida ishlashi oz ehtiyojlari uchun pul topishi mumkin bo'lardi.Bu poytaxtda o'qiyotgan talabalar uchun ayni muddao bo'lardi.1-Universitetga yaqin joylarda ko'p qavatli talabalar yashaydigan binolar qurish, 2-talabaga, agar ehtiyojmand oiladan bo'lsa unga kredit berilishi kerak ya'ni ijara to'lovini o'qishni bitirgandan so'ng to'lab berish sharti bilan.Bunda tegishli tartibda talaba va talabalar uyiga tegishli tashkilot o'rtasida shartnoma tuziladi.
Show next 100 comments