This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Biz 750ming to'ladik birinchi oyga makler bilan vaholangki bu judda ham qimmat 🥺🥺🥺
Одина Бахранова.
Assalomu alaykum avvalo har birimiz shu diyorda talabalik baxtiga yetqazgan ollohga shukur!
Lekin har bir yurt viloyat tuman mahalla oilada jarayon qanaqa ekanligi har birimizga qorong'u shu bilan birga sharoit turli xil lekin birgina Toshkent miqyosida olib gapirsam 100$ turar joyni topish judayam qiyin hozir gap sumda ham emas $ ketyapdi endi 1xonali uy shunaqa ham narxda topilmayotgan jarayonda talabalar uchun turar joy biz talabalikni tark etgunga qadar qurilishi rejalashtirilganmi?
Hayotda hamma narsaga oson erishilmaydi bu haqiqat o'qishga ham osonlikcha chakana qiyinchiliklar evaziga erishilmagan natija !
Men hech bir bo'layotgan holatlardan norozi emasman birgina so'z bilan biz yoshlarga ozgina tirgak kerak deyman xolos!
Менимча Европа давлатларида булгани каби, талабалар етокхонаси алохида бошкарма томонидан идора килинса максадга мувофик булар Эди. Чунки, бундан буен янги талабалар танлаш хисоботга уз худудидан узокда укишларига хам тугри келадиганлар купчиликни ташкил этади. Куриниб турибдики етокхонага эхтиеж хозиргидан хам еатта булади. Янги ташкил этилган етокхонага Бир неча ОТМ талабалар жойлашиб, керак булса, Бир хонада яшашлари хам мумкин
Juda yaxshi fikr. Kantraktda o'qiydigan talabalar uchun har oy qimmat ijara puli, albatta, noto'g'ri.
Институтлардан суровнома асосида кайси институтда жой етишмаётганлиги аникланиб жой ажратишишлари кк. Ростанам биз талабалар кийналяпмиз 😔
Talabalarga qoʻshimcha ish berish ham zarur oʻzini oʻqiyotgan sohasida bolsa yaxshi boladi amaliyot ham boʻlaveradi faqat meyorida.
Албатта пуллик булиши аник. Амир жуда хам арзон булиши керак....
Етокхона
Avvalambor assalomu alaykum. Ajoyib mavzu olib chiqilibdi xursandman. Turar joy masalasiga kelsak, bòsh yotgan imoratlardan oqilona foydalanaylik. Keyin domlar kòp qurilmoqda. Shulardan ham talabalar uchun ajratilsa va OTM ijara asosida talabalarni qo'ysa. Keyingi masala hududlarda OTM larni ko'paytirish kerak.
Samandar Odilov
Assalomualaykum
Assalomu alaykum!

Avvalo, shahar chetlarida ko'p qavatli talabalar uylari qurishni taklif qilgan bolardim. Bu uylar Chet el tajribasi asosida kop qavatli bolishi kerak. 9 etajdan oshdimi bizning quruvchilarning ilmi yetmaydi chetdan mutaxassislar taklif qilish kerak. Lekiin bu masala Xushnudbek aka aytganlaridek, 1, 2 yilda emas 10-15 yilda qilsa bo'ladigan ish. Bu masala bo'yicha yoshlar va manfaatdor tashkilotlar, jamoat faollaridan iborat izlanuvchilar komissiyasini tuzish kerak. Ular Chet el tajribasini, ota onalar, talabalar fikrini organadi.

Ikkinchi masalaga toxtaladigan bo'lsak, platforma ham bo'lsa yaxshi bo'ladi, albatta. Buning uchun katta mablag' ajratish shart emas. Dasturchi yoshlardan valantyorlar yigib fikrlar almashilnishi kerak. Platforma shunday bo'lishi kerakki, qizlar va o'g'il bolalar uchun alohida menyu, uning ichida narx bo'yicha tartibli bo'limlar bo'lishi kerak. Bundan tashqari sahovatpesha insonlar yoki metsenatlar chiqib qolishi mumkin ular uchun "Tekinga kvartira" bo'limini ham o'ylab ko'rish kerak. Bu masalada davlat budjetidan mablag ajratilishi kerak. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki boshqa shunga oxshah toifalar uchun subsidiya berilishini ham oylab korish kerak.(Axir hisob kitob qilib ko'ringa, bir yilda amaldorlarimiz o'margan pulni shu sohaga sarflasak minglab talabalar qiynalmasdan o'qishardi, masalanda😉)Talabalar huquqlarini himoya qilish uchun o'qish davri uchun shartnoma qiladigan tizimni ishlab chiqish kerak. Eng asosiysi ijarachilar tomonidan talabalarga yomon ko'z bilan qaralmasligi uchun ularga ham ijara shartnomasi va kommunal tolovlar va boshqa soliqlar uchun imtiyoz berish kerak. Ularga ham yengillik berilsa, "Studentga vopshem uy yoq" qabilidagi ko'ngilni xira qiladigan so'zlarni ko'rmaymiz. Manfaatdorlik bolsa ular ham rad qilmaydi.

O'ta shaxsiy fikrlar bilan TDYU talabasi Shamsuddinxon Xolmominov.
Jasur Mamarahimov
Инсон яшаш учун шароит мавжуд булмаган уйлар буб колади, яни хеч нарсаси ёк ремонти огир, булса киммат булади
Aka odamlar ochkoʻz boʻpketyapti. Oyligiz 2mln farzandizga kamida 5mln kontrakt toʻlesiz undan tashqari kundalik harajatlari va kvartira puli 300-400 boʻpyotipti. Qane bu yerda mantiq
Yaxshi baxoga o‘qiydigan talabaga oliygoh tomonidan rag‘batlatirb turar joy bn taminlash yoki ijarasiga moliyaviy tomondan yordam berilsa o‘qishni sifati osharmidi balki
Oybek 27-
Tugatilgan akademik litsey va kollejlarning bo’shagan binolarini OTMlarning balansiga o’tkazib, talabalar turar joyiga aylantirish kerak. Davlat byudjetiga ham foyda. Bu jarayon kamroq  vaqt talab qiladi. 
▬▅▆▇█🆂︎🆃︎🆁︎🅰︎🅽︎🅶︎🅴︎🆁︎ █▇▆▅▬
Baribir befoyda. Toshkent shahrida ijarada turgan talabalar sharoiti va vaziyatini har bir talabaning oʻzi biladi.
Bizlar oʻqishni tugatguncha ham bu muammo hal boʻlishiga ishonmayman 😬
Samandar Odilov
Menimcha oliygohlarni raqamlashtirsak yaxshi bolardi platforma yaratilib qaysi oliygoh qancha talabani yotoqxona bilan taminlay olishi aniq raqamlar bilan keltirilsa shunda qaysi oliygohda qanchalik muammo borligi aniqlanib osha yerga etibor koproq qaratilar edi
Yangi TTJlarni qurishni va undan foydalanishni hususiylashtirish kerak. Ijaraga qoʻyuvchi hususiy TTJlarga imtiyozlar berish kerak soliq toʻlamasin deganday
NILUFAR
Ha yaxshi bo'lardi talabalar uchun ijaraga joy berilsa ayniqsa kantraktda uqiydigan talabalarga hozrgi kunda ijara bir muncha qimmat
Кайсидир йил талабаларига насб килар ётокхоналар ушанда мазза кб туради.
Bizni davlatimiz faqat òqishimiz uchun kontract tuzadi
Yotoqxona bilan ham taminlayman deb emas.
Qaysi bir davlatda yotoqxona quriladi(meyordan ortiqcha)
Aksincha ularda yotoqxonalar juda qimmat va ataylab 1 chi kurslarni majburan yotoqxonada turishga majbur qiladi sababi pul ishlash uchun
Qachongacha davlatga boqmanda bolib yuramiz,(mani òzim ham talabaman 1 kurs) boldida endi.
Bu yerda kattaroq muammolarni yechish òrniga endi yotoqxona quriladimi undan kora talim sifatini yaxshilash, electron manbalarni kòpaytirsh, talabalarning joriy yakuniy baholariga qarab scholarship yoki grandlar berish haqida òylasak bolarmidi.
Qachongacha davlatga osilamiz, 4 munchamiz soģ bolsa ishlab òqishni imkoni borku.
Davlatni xalq yetaklaydi, uni òzi emas
Iltimos, odamlar, sal fikrimizni tòğirlaylik.
Òzimizga ustuvor kerak bolgan narsani anglab yetib shuni sòraylik davlatdan.
Mustaqil yoshga yetib ham bunday deyishga uyalish kerak menimcha.
(Subektiv fikrim)
Иш билан хам таминлансин укиш давомида урганиш хам булади
Хушнидбек сиз шу талабалар уйини куришни узиз назорат килинг
Млн млн пул тулаймиз ётокхона йук
Бу
Янги узбекистонку ахир
Show next 100 comments