Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Етокхона
Avvalo, shahar chetlarida ko'p qavatli talabalar uylari qurishni taklif qilgan bolardim. Bu uylar Chet el tajribasi asosida kop qavatli bolishi kerak. 9 etajdan oshdimi bizning quruvchilarning ilmi yetmaydi chetdan mutaxassislar taklif qilish kerak. Lekiin bu masala Xushnudbek aka aytganlaridek, 1, 2 yilda emas 10-15 yilda qilsa bo'ladigan ish. Bu masala bo'yicha yoshlar va manfaatdor tashkilotlar, jamoat faollaridan iborat izlanuvchilar komissiyasini tuzish kerak. Ular Chet el tajribasini, ota onalar, talabalar fikrini organadi.
Ikkinchi masalaga toxtaladigan bo'lsak, platforma ham bo'lsa yaxshi bo'ladi, albatta. Buning uchun katta mablag' ajratish shart emas. Dasturchi yoshlardan valantyorlar yigib fikrlar almashilnishi kerak. Platforma shunday bo'lishi kerakki, qizlar va o'g'il bolalar uchun alohida menyu, uning ichida narx bo'yicha tartibli bo'limlar bo'lishi kerak. Bundan tashqari sahovatpesha insonlar yoki metsenatlar chiqib qolishi mumkin ular uchun "Tekinga kvartira" bo'limini ham o'ylab ko'rish kerak. Bu masalada davlat budjetidan mablag ajratilishi kerak. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki boshqa shunga oxshah toifalar uchun subsidiya berilishini ham oylab korish kerak.(Axir hisob kitob qilib ko'ringa, bir yilda amaldorlarimiz o'margan pulni shu sohaga sarflasak minglab talabalar qiynalmasdan o'qishardi, masalanda😉)Talabalar huquqlarini himoya qilish uchun o'qish davri uchun shartnoma qiladigan tizimni ishlab chiqish kerak. Eng asosiysi ijarachilar tomonidan talabalarga yomon ko'z bilan qaralmasligi uchun ularga ham ijara shartnomasi va kommunal tolovlar va boshqa soliqlar uchun imtiyoz berish kerak. Ularga ham yengillik berilsa, "Studentga vopshem uy yoq" qabilidagi ko'ngilni xira qiladigan so'zlarni ko'rmaymiz. Manfaatdorlik bolsa ular ham rad qilmaydi.
O'ta shaxsiy fikrlar bilan TDYU talabasi Shamsuddinxon Xolmominov.
Bizlar oʻqishni tugatguncha ham bu muammo hal boʻlishiga ishonmayman 😬
Yotoqxona bilan ham taminlayman deb emas.
Qaysi bir davlatda yotoqxona quriladi(meyordan ortiqcha)
Aksincha ularda yotoqxonalar juda qimmat va ataylab 1 chi kurslarni majburan yotoqxonada turishga majbur qiladi sababi pul ishlash uchun
Qachongacha davlatga boqmanda bolib yuramiz,(mani òzim ham talabaman 1 kurs) boldida endi.
Bu yerda kattaroq muammolarni yechish òrniga endi yotoqxona quriladimi undan kora talim sifatini yaxshilash, electron manbalarni kòpaytirsh, talabalarning joriy yakuniy baholariga qarab scholarship yoki grandlar berish haqida òylasak bolarmidi.
Qachongacha davlatga osilamiz, 4 munchamiz soģ bolsa ishlab òqishni imkoni borku.
Davlatni xalq yetaklaydi, uni òzi emas
Iltimos, odamlar, sal fikrimizni tòğirlaylik.
Òzimizga ustuvor kerak bolgan narsani anglab yetib shuni sòraylik davlatdan.
Mustaqil yoshga yetib ham bunday deyishga uyalish kerak menimcha.
(Subektiv fikrim)
Хушнидбек сиз шу талабалар уйини куришни узиз назорат килинг
Бу
Янги узбекистонку ахир
1. Talaba qo'yganga soliqdan, kommunaldan imtiyozlar berilsa;
2. Talabalik guvohnomasi borni ham (elektron tekshira olsa tekshirsin), uy egasini ham "uchaskavoy" bezovta qilmasa;
3. Talabalar pulini to'lashda muammo kelib chiqishi mumkin, yoki karantin bo'lsa chiqib ketadi. Sug'urtalash mumkin bo'lsa (munosabatlarni);
4. Xulqi yaxshi bo'lmagan talabalar chiqarishi mumkin bo'lgan muammolardan uy egalari himoyalangan bo'lsa;
Pulini juda arzon qilish qiyinu, lekin bozor narxida berishga rozi bo'lishi mumkin ko'pchilik.
1-platformani o'zi yetadi qonuniy ijara shartnomasi tuzilsa bo'ldi
2-Toshkentdan viloyatlarga Otmlarni ko'chirish uchun urbanizatsiya darajasini e'tiborga olib hali erta deb o'ylayman.
3-Talabalarni ish bilan taʼminlash uchun yuqorida aytganimdek platforma orqali hal qilinsa yaxshi ham yozgi amaliyot taklifini qo'llasa faqat plus bo'ladi
4-Talabalarni o'z vaqtida darsga kelishi darslarni vaqtida yaxshi o'zlashtirishiga zamin yaratadi
5-Bo'sh turgan binolarni ma'lum bir qismini TTJlar aylantirsak ayniqsa ko'p qavatli TTJlar g'alati go'yaga o'xshab tuyuladi lekin bu mening fikrim
7-Yaxshi fikr minus tomoni aksiyalarni o'tkazish uchun reglamantga ko'p mablag' ajratiladi yaxshisi shu mablag'ni boshqa maqsadga ishlataylik