This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Oybek 27-
Tugatilgan akademik litsey va kollejlarning bo’shagan binolarini OTMlarning balansiga o’tkazib, talabalar turar joyiga aylantirish kerak. Davlat byudjetiga ham foyda. Bu jarayon kamroq  vaqt talab qiladi. 
▬▅▆▇█🆂︎🆃︎🆁︎🅰︎🅽︎🅶︎🅴︎🆁︎ █▇▆▅▬
Baribir befoyda. Toshkent shahrida ijarada turgan talabalar sharoiti va vaziyatini har bir talabaning oʻzi biladi.
Bizlar oʻqishni tugatguncha ham bu muammo hal boʻlishiga ishonmayman 😬
Samandar Odilov
Menimcha oliygohlarni raqamlashtirsak yaxshi bolardi platforma yaratilib qaysi oliygoh qancha talabani yotoqxona bilan taminlay olishi aniq raqamlar bilan keltirilsa shunda qaysi oliygohda qanchalik muammo borligi aniqlanib osha yerga etibor koproq qaratilar edi
Yangi TTJlarni qurishni va undan foydalanishni hususiylashtirish kerak. Ijaraga qoʻyuvchi hususiy TTJlarga imtiyozlar berish kerak soliq toʻlamasin deganday
NILUFAR
Ha yaxshi bo'lardi talabalar uchun ijaraga joy berilsa ayniqsa kantraktda uqiydigan talabalarga hozrgi kunda ijara bir muncha qimmat
Кайсидир йил талабаларига насб килар ётокхоналар ушанда мазза кб туради.
Bizni davlatimiz faqat òqishimiz uchun kontract tuzadi
Yotoqxona bilan ham taminlayman deb emas.
Qaysi bir davlatda yotoqxona quriladi(meyordan ortiqcha)
Aksincha ularda yotoqxonalar juda qimmat va ataylab 1 chi kurslarni majburan yotoqxonada turishga majbur qiladi sababi pul ishlash uchun
Qachongacha davlatga boqmanda bolib yuramiz,(mani òzim ham talabaman 1 kurs) boldida endi.
Bu yerda kattaroq muammolarni yechish òrniga endi yotoqxona quriladimi undan kora talim sifatini yaxshilash, electron manbalarni kòpaytirsh, talabalarning joriy yakuniy baholariga qarab scholarship yoki grandlar berish haqida òylasak bolarmidi.
Qachongacha davlatga osilamiz, 4 munchamiz soģ bolsa ishlab òqishni imkoni borku.
Davlatni xalq yetaklaydi, uni òzi emas
Iltimos, odamlar, sal fikrimizni tòğirlaylik.
Òzimizga ustuvor kerak bolgan narsani anglab yetib shuni sòraylik davlatdan.
Mustaqil yoshga yetib ham bunday deyishga uyalish kerak menimcha.
(Subektiv fikrim)
Иш билан хам таминлансин укиш давомида урганиш хам булади
Хушнидбек сиз шу талабалар уйини куришни узиз назорат килинг
Млн млн пул тулаймиз ётокхона йук
Бу
Янги узбекистонку ахир
Har yili institutga boshqa viloyatdan yoki shaxardan kirish ko‘rsatkichiga qarab yotoqxona bn taminlashni o‘ylash kerak. Kvotani oshirganda shuni ham hisobga olish kerak.
Shu yotoqxonani deb ham kimlardir korrupsioner bo‘lishidan qo‘rqaman.
Яна бир муаммо хамма ижарада турадиганлар учун, уртача ойлик 1,5 2 борингки 3 млн сум, лекин энг арзон урта шароитдаги(исон яшаши учун зарур бирламчи эхтиёжлар мавжуд булган: холодильник, тв, мебель) квартира камида 2 млн (айоим холларда 1.5 млнга чикб колиши мумкин), кани бунда маъно. Уйлиманки бу албатта коррупцияга сабаб булади ёки одамлар тинмасдан 2 3 жойларда ишлашга мажбур булади
Assalomu alaykum.

1. Talaba qo'yganga soliqdan, kommunaldan imtiyozlar berilsa;
2. Talabalik guvohnomasi borni ham (elektron tekshira olsa tekshirsin), uy egasini ham "uchaskavoy" bezovta qilmasa;
3. Talabalar pulini to'lashda muammo kelib chiqishi mumkin, yoki karantin bo'lsa chiqib ketadi. Sug'urtalash mumkin bo'lsa (munosabatlarni);
4. Xulqi yaxshi bo'lmagan talabalar chiqarishi mumkin bo'lgan muammolardan uy egalari himoyalangan bo'lsa;
Pulini juda arzon qilish qiyinu, lekin bozor narxida berishga rozi bo'lishi mumkin ko'pchilik.
Dilnavoz Shavkidinova
Takliflar: 1. E'lonlarda ko'rinyaptiki ijaraga qo'yuvchilar asosan 'zags'li oilalarni ijaraga qo'yishni hohlaydi. Talabalarni qo'yishni istamaydi - bunga turli sabablar bor albatta. Ijaraga aynan talabalarni qo'ygan xonadon egalari uchun soliq, va h. kabi to'lovlarga davlat tomonidan yengillik berilishi kerak. Aynan talabalar turishi haqda kontrakt taqdim etilsa ko'pchilik to'lovlardan ozod etilsa yoki yengillik berilsa talabalarni uylariga qo'yuvchilar soni oshishi mumkin. Buning Qonuniy loyihasi ishlab chiqilsa foydasi tegadi. 2. Unverstetlar bo'limlarini viloyatlarda tashkil qilish kerak , toki boshqa viloyatlardan kelib Toshkentda o'qishga majbur bo'lishmasin. 3. Talabalarning bo'sh vaqtda ishlashiga ruxsat berilishi kerak: faqat ayrim tashkilotlar yoki muassasalardan tashqari barcha joyda ishlashlariga qonuniy ruxsat berish kerak. Qaysi kursda o'qishidan qati'y nazar. Moliyaviy o'z o'zini ta'minlasa har tomlama muommolar kamayadi. 4. "Talabalarni kechikib kelsa darsga kiritmaslik" tartibini qati'yan man etish kerak !! ( xorijda bunday tartib umuman yo'q) Kech kelsa ham darsga kiririlsa talaba uzoqroqda masalan Toshkent viloyatida yashab bo'lsa ham qatnab o'qiydi. 5. Davlat bo'sh turgan binolarni talabalar uylariga aylantirishi kerak ( vaqtinchalik bo'lsa ham) 6. Yoshlar faqat biznes qilishi un emas !!! yashab ta'lim olishi un ham ko'p moliyaviy kreditlarni jalb qilish kerak. Aynan Talabalarga ko'proq kreditlar berilishi kerak. Bilimli kadrlar davlat rivojlanishi un juda muhim. 7. 'Talabaga joy ber" degan turli aksiyalar o'tkazish kerak: xalqimiz orasida saxovatpesha insonlarni aynan talabalarga joy topib berishga yordam qilishga chaqirish uchun turli tadbir va harakatlar uyushtirish kerak - "medsenat grantlari" kabi.
Siz berayotgan takliflarni minus tomonlari bor.
1-platformani o'zi yetadi qonuniy ijara shartnomasi tuzilsa bo'ldi
2-Toshkentdan viloyatlarga Otmlarni ko'chirish uchun urbanizatsiya darajasini e'tiborga olib hali erta deb o'ylayman.
3-Talabalarni ish bilan taʼminlash uchun yuqorida aytganimdek platforma orqali hal qilinsa yaxshi ham yozgi amaliyot taklifini qo'llasa faqat plus bo'ladi
4-Talabalarni o'z vaqtida darsga kelishi darslarni vaqtida yaxshi o'zlashtirishiga zamin yaratadi
5-Bo'sh turgan binolarni ma'lum bir qismini TTJlar aylantirsak ayniqsa ko'p qavatli TTJlar g'alati go'yaga o'xshab tuyuladi lekin bu mening fikrim
7-Yaxshi fikr minus tomoni aksiyalarni o'tkazish uchun reglamantga ko'p mablag' ajratiladi yaxshisi shu mablag'ni boshqa maqsadga ishlataylik
Чет га бориб укиш керак шу кантрактимизга
▂▃▄▅▆▇█▓▒░Суннатилло ░▒▓█▇▆▅▄▃▂
Хусусий секторлар томонидан фақат талабаларга мўлжалланган турар жойлар қуриш ва уларнинг нархини талабаларга мос ҳолда туришини таъминлаш керак,бунинг учун тадбиркорларга имтиёзлар бериш керак
Talabalar yotoqxonasi qurib bitkazganga yarasha sifatli qilib qurilsa..qulab tushmasin yana
Menimcha ko'pchilik hozir ishsizman deb noliydi ammo o'sha odamlarning kattagina poshpanasi bor o'sha odamlar uchun huddi olx yoki boshqacha ko'rinishdagi dastur yaratish kerak va bu dasturda uy xolati,ijara narxi,ijara shartlari,uyni joylashgan joyi ko'rsatilsa talaba boshidan ozgina pul to'lab o'sha uyni band qilib qo'yadi va uy qidirish degan muammodan qutuladi
Ассалому алайкум! Янги бино қуришдан кўра эски тугатилган коллеж ва яна бўш турган биноларни тамирлаш керак! Шунда анча арзонроққа тушади! Масалан Тиббиёт академияси атрофида 3 та бино жами 2600 адашмасам ўринли бино бўм бўш ётибти 2 таси яқин йилларда тамирдан чиққан шунга ўхшаш бинолар кўп ўшаларни тамирлаш керак биринчи новбатда! Анча бюжет пули тежалган бўларди!
Hozirgi paytda kõpchilik talabaning fikr hayoli
1-ijara
2-pul topish
3-otmga borish(fanni yopish)
4-nimadir õrganish
Bõlib qolgan menimcha
Show next 100 comments