Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Talabani olgan xonodon egalarini qandaydir soliqlarga imtiyoz qilish kerak yoki yoki boshqa tulovlargami.
Yotoqxona qurushni xususiylashtirish yaxshi lekin ularni oylik yoki yillik tulovini davlat tomonidan sharoitiga qarab belgilash kerak .
Hukumat talabalarni uotoqxona bilan ta'minlash uchun tadbirkorlar bilan shartnima qilish kerak. Tadbirkor OTM ga yaqin joydan yotoqxona quradi OTM talaba yetkazib beradi. Har holda hamma joyda har xil narx navo bòlgani kabi kvartira narxi ham qulaytoq bòladi. Bundan ham davlat, ham tadbirkor, ham talaba manfaat kòradi. Yotoqxona tadbirkorniki bòlsa yaxshiroq qaraladi yotoqxona ahvoliga.
1. Modul kredit tizimiga butkul o'tish.
2. Onlayn va oflayn ta'lim parallelligi
3. 2- kursdan keyin talabalarni xususiy va davlat ishlariga biriktirish( bu yerda mutaxassislik bo'yicha)Ham sohani o'rgansin ham pul topsin. Aynan shu yeriga -e'tibor qaratishingizni so'rayman. Bizning hozirgi tadbirkor va davlat korxona lari , banklar, soliq, pedagogika sohalariga negadir aynan diplomlilarni olishadi.3-kurs talabasini deylik 0.25- 0.35 stavkada ishga olsin. Ham amaliyot, ham nazariya birdek ketsin. Faqat buni tizimli OTM va ish beruvchi ishlab chiqishi lozim
4
Mening shaxshiy fikrimcha hamma narsani davlatga va oliy talim tizimiga tashlamasdan talaba yoshlarimizni bandligini taminlashga urgu berganimiz to turar joylarni qurguncha bolgan davrda vaziyatni bir muncha yengillashtirgan bolar edi , biroq ha deganda talabalarni ishga oladigan tashkilotlarimiz ham ha deganda topilishi muammo , shu sababdan
1- taklifim: oliy ta'limda hozirgi kunda qabul kvotasini tartibga solish masalasini korishimiz kerak deb oylayman. Yani bizda sifatga ham urgu berish vaqti keldi oliy talim tizimi va tashkilotlarimizni ozaro hamkorliglarini faqatgina qoğozda emas real hayotga ham kochirish vaqti keldi.
Talaba 1-kursini tugatdimi 2-kursdan ozining soxasida asta ishlashni boshlasin oqishining qolgan davrini amaliyot bilan boğlab nazariy bilini amaliyotdagi tatbiqi qandayligini korsin va shu orqali hech bolmaganda ozini eplab yurishi uchun daromadga ega bolsin.
Buning uchun tashkilotlarni talabalarni ish bn band qilayotganligi sababli ularga ham eng yaxshi ular uchun stimul fazifasini bajaruvchi narsa soliqdan maxsus imtiyozlarni ishlab chiqish kerak deb oylayman