This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Usmonov Navròz
Rektor xar bitta talabaga joy topib berishi xam mumkun sharoit degan narsalar xam bor kimgadir yoqadi bu imgadir yoqmaydi muammo ustiga muamo boladi sabr qilish kk sekin astalik bn bu muamo bartaraf etiladi bu tez bo‘laydigan ish emas
Ra'no Taxtaxodjayeva
Nega xoxlovchilar zoomda yoki onlaynda o'qisin nega pora ololmay qoladimi? Raqamli iqtisodiyot qani?Majburlab xozir sharoitga qaralmayapti? Qatnab o'qiyapti Angren-Chirchiq qanchalik qiyin? Sharoitga talabani bolalari bor oilasi bor ozroq e'tibor berilsa yaxshi bo'lar edi.
An'anaviy talim majburiy qilib belgilandikuu keyin fikringizga qoshilmayman kop talabalar online talimda fanlarni yaxshi ozlashtira olmadi.Online talim davomida talabalar pul topish bilan mashģul bolishdi òqish esa 2 chi darajalik bolib qoldii.talaba darsda otirsa ozi hoxlamagan taqdirdaham oziga bir nima olib ketadim menimcha online talim bizga toģri kelmas ekan
Barcha oliygohlarda online va offline ta'limni birgalikda yo'lga qo'yish kerak. Kantrakt otni kallasidek, stipendiya esa kvartira puliga yetmaydi, talaba til o'rganishiga, kiyinishiga, oziq-ovqatiga pulni qayerdan oladi. Moddiy sharoiti og'ir bo'lsa. Online va offline ta'lim birgalikda olib borilsa ko'pchilikka yengillik bo'lardi,
Assalom alekum . Mani fikrimcha Har bir oliy ta’lim muassasalari o’zlarini Turar joylar bilan taminlashi kerak.Buning uchun oddiy misol yiliga super kontraktlardan ortacha 10 mlrdan ko’p pul tushumlari Oliy ta’lim ixtiyoriga tushadi shu mablag’larni maqsadli yo’naltirish kerak. Hozir biz Tadbirkorlarga yuklasak tadbirkorlarimizga uzi shundog’am kop vazifa yuklanyapti. Yer olish uchun bog’cha qurib berasan va hakozo...
Viloyatdan kelgan talabalarga umumiy yotoqhonani bir joydan qurish noto'g'ri deb xisobleyman. 
Jamoatchilik nazorati kuchayishi uchun axoli orasida yotoqxonalar qurish lozim.
2. Yotoqxonalar qurib bitkazulganga qadar yagona turar joy xizmatini tqshkil etish kerak, bunda jumladan talaba ijaraga uy topa olsin va uy egasi bilan tegishli shartnoma imzolansin, kelishilgan narxning qanchadur foizini (deylik 30% ini ) OTM yoki davlat to'lab bersin. Bu taklif yetarlicha yotoqxonalar qurilgunga qadar amal qilsin degan ma'noda. 
3. Yosh oila va farzandlari bor talabalar (ikkisiham nazarda tutilebdi) o'rganib chiqilib ularga ijaraga uy olishda moliyaviy ko'maklashish tashkil qilinsin.
Men Ispaniyaga oʻqishga kelishimdan oldin yashash uchun joy qidira boshladim. Menda 3 ta variant bor edi:
1. Universitet bilan hamkorlikda "tanlov"dan oʻtib, yolgʻiz qariyalar uyida yashash va ijara haqqidan tashqari xarajalarni boʻlib toʻlash.
2. Yotoqxona.
3. Ijarga uy topish.
Covid--19 sababli 1 variant boʻlmadi. Men oʻqiyotgan shaharda 10 tacha yotoqxona bor ekan, shundan 6 tasiga yozdim, avgustda allaqachon joy qolmagan ekan. Buning ustiga juda qimmat!
3. Ijarga uy izladim, lekin masofadan turib bu ishni ijobiy hal qilishimga koʻzim yetmadi, firibgarlarga uchrab qolishdan qoʻrqdim. Shunda universitet ijtimoiy ishlar boʻlimi yoʻllagan xat esimga tushib qoldi. Ular yashash joyi topishga yordam berishlarini aytishgandi. Bogʻlandim. Uy egasi kontaktlarini berishdi. Gaplashdim. Hozir shu yerda yashayapman.
Buni bir yilda xal qilib bulmaydi.Lekin talabalarga ijaraga uy topishga kumaklashish yaxshi ģoya .chunki ijaraga uy qidirsangiz oilani quyaman talaba kerak emas olmayman deydi.Maklerga yana boshlanishiga pul tulash kerak .
Talabani olgan xonodon egalarini qandaydir soliqlarga imtiyoz qilish kerak yoki yoki boshqa tulovlargami.
Yotoqxona qurushni xususiylashtirish yaxshi lekin ularni oylik yoki yillik tulovini davlat tomonidan sharoitiga qarab belgilash kerak .
OQITUVCHILARGA HAM OILAVIY OPISHTA QURISH MASALASINIYAM QOSHING
barbir hamma talabaga joy topib berib bulmaydi shu sabab online talimni yaxshi yulga quyish kk shunda xoxlovchi talaba online uqigach har nma 10 % turar joy kerak bulgan 10 % kamayadi shunda bu masala ancha yengilashadi
Hamma oliygohlarida foydalanmay boʻsh turgan binolarni yotoqxonaga aylantirsa boʻladi. Masalan Andijon qishloq xoʻjalik institutida ham boʻsh binolari bor
Mr.Architect👷‍♂️
Bu ixtiyoriy talim aka menham sizdek oylar edim keyin prorektor bilan suxbatdan keyin umuman fikrim ozgardii
Ha men ham suhbatlashganman. Dekanlar bilan ham, prorektorlar bilan ham. Talabalar bilan ishlash bo'yicha prorektordan yotoqxonaga joylashtirishini, moddiy ahvolim Toshkentda kvartira narxini ko'tarishga qiyinligini aytganimda quvib solgandi, sen kabilarga vaqtim yo'q deb. Akademik ta'til olib rusga ketginda o'sherdan pul ishlab kelib o'qi degandi
Роман
Студентларга общежитьядан жой етмаётганини хал кила олмасангиз, илтимос у́злари хохлаган квартирада ижарада яшашига халакит килманг. Агарда ижара квартираниям ОТМ топиб берса, бечораларни факат уша квартираларда яшашга мажбур килиши аник. Шунинг учун ётокхона билан таминлай олмасангиз, квартирада яшашига халакит килманг.
Yotoqxona bilan baribir hammani 100%ta'minlab bo'lmaydi, baribir kvartiraga turish kerak bo'ladi kvartira qimmat, stipendiya kam kiyim kechakni o'ylamasayam bo'ladi oziq-ovqatga arang yetadi. Stipendiyani ko'paytirish kerak. Mani fikrim...
Talabalar òqishi uchun universitet va kontrakt narxi belgilash oson lekin bundan maqsad biznes bòlyabti talabalar moddiy jihatdan juda kòp harajatga qolyabti bunaqada òqishni kuchli istagan isnon ham òqishni tashlab qoyib ishlashni boshlaydi talaba ham inson uni ham òz ehtiyojlari oilasi bor talabalar esa oilasiga yordam bera olish tugul òzi uchun pulini yetkazishi kk ishqilib talabalar uchun uy qurish davlat uchun muammo bòlishi g'alati axir budjetdan ta'lim uchun qanchadan qancha pullar ajratilyabti agar talabalarga sharoit qilib berishmasa talab qilishlari malakali kadr istashlari befoyda talaba diqqati doim turar joy va boshqa maishiy muammolar bilan bant bòlib qoladi uni kòzidagi ilmga nisbatan nur istak sònadi demak pulsiz va bazi narasalarsiz bilimimni òzi yetarlimas ekan deydi yurtimizda talabalar uchun sharoit qilish uchun hamma sharoit bor yurtimiz hamma tomonlama boy ham tabiat resurslar bòyicha ham insonlari mehribon yaxshi shuning uchun masullar chindan istasa bu imkonsizmas
А.А.Ю
Талабаларга уй ва ётокхона куриш керак бир хонали оддий ва арендага бериш керак мисол учун ойига хар бир болага 250 минг сумдан шунда копланади бари бир качондир
Online qilish kk onasini emsin
Menda taklif bor talabalar yotoqxonasi tògrisida.
Hukumat talabalarni uotoqxona bilan ta'minlash uchun tadbirkorlar bilan shartnima qilish kerak. Tadbirkor OTM ga yaqin joydan yotoqxona quradi OTM talaba yetkazib beradi. Har holda hamma joyda har xil narx navo bòlgani kabi kvartira narxi ham qulaytoq bòladi. Bundan ham davlat, ham tadbirkor, ham talaba manfaat kòradi. Yotoqxona tadbirkorniki bòlsa yaxshiroq qaraladi yotoqxona ahvoliga.
Hamdambek Soliyev
Assalomu alaykum. Hozirgi paytda hamma shaharlarda baland imoratlar qurilib kòplari bekor foydalanilmaydi. Balki shunday baland imoratlarni universitet yoki institut atroflaridan qurib 2 yoki 3 xonali qilib arzonroq narxda talabalarga yashashga berishsayam talabalarga biroz yengillik berilgan bòlarmidi. Hozirgi vaqtda hamma yoqda kvartiralar narxi osmonda sharoiti yaxshi bòlmasayam qimmat. Sovuq kunlari judayam qiyin. Har bir fakultetda talabalar yashash joyi topishga yordam beradigan biror shaxsni masul qilib qóyishsa ancha yengil bòladi.
Show next 100 comments