This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Ra'no Taxtaxodjayeva
Xudayberdi
Ассалому алейкум йукоридаги гапларга озгина изох берсам аввало бизда онлайн тизим унча узини окламади хох кечги талим оладигин хох кудизги талим оладиган талабалар булсин сабаби бизда ентирнет унчалик яхши емас айникса аксарият кишлокларимизда. ОТМ Ларни хам чеккарок жойларга кучириш катта муаммо колаверса купгина вакт хам кетади.Йотоххона куришни бошлаш керак хозирдан лн унгача хам Бир бунча вакт кетади. Мани фикримча талабарни йотохона йоки арзон турар жойлар бн таминлагунча хеч булмаса талабалар учун йул хаккини жуда арзон килиб туриш керак, купчилик талабалар квартирада туриб катнашишади укишга, квартирани арзон килиб болмаябди хам униси йетмаганига маклер диганлари хам болади орада... Енг тугри ва тезкор йул йозгача болса хам талабалар учун йул хаккини бунданда арзон килиб куйиш керак назаримда. Купчилик талабалар учун катта йордам боларди.
Talabalar ko'chama kocha 650 000 dan kvartira topisha olishmayapti
Ra'no Taxtaxodjayeva
1 xonada 6 kishi turishi gigiyenaga xam to'g'ri kelmaydi sharoitga qarab zoomda yoki onlaynda o'qishsa xam bo'lar edi kunlik yo'lkira 50000 so'mdan xavo sovusa yana oshadi yana o'qishlari tushlikdan keyin 6 gacha
Viloyatdan kelgan talabalarga umumiy yotoqhonani bir joydan qurish noto'g'ri deb xisobleyman.
Jamoatchilik nazorati kuchayishi uchun axoli orasida yotoqxonalar qurish lozim.
2. Yotoqxonalar qurib bitkazulganga qadar yagona turar joy xizmatini tqshkil etish kerak, bunda jumladan talaba ijaraga uy topa olsin va uy egasi bilan tegishli shartnoma imzolansin, kelishilgan narxning qanchadur foizini (deylik 30% ini ) OTM yoki davlat to'lab bersin. Bu taklif yetarlicha yotoqxonalar qurilgunga qadar amal qilsin degan ma'noda.
3. Yosh oila va farzandlari bor talabalar (ikkisiham nazarda tutilebdi) o'rganib chiqilib ularga ijaraga uy olishda moliyaviy ko'maklashish tashkil qilinsin.
Usmonov Navròz
Rektor xar bitta talabaga joy topib berishi xam mumkun sharoit degan narsalar xam bor kimgadir yoqadi bu imgadir yoqmaydi muammo ustiga muamo boladi sabr qilish kk sekin astalik bn bu muamo bartaraf etiladi bu tez bo‘laydigan ish emas
Ra'no Taxtaxodjayeva
Nega xoxlovchilar zoomda yoki onlaynda o'qisin nega pora ololmay qoladimi? Raqamli iqtisodiyot qani?Majburlab xozir sharoitga qaralmayapti? Qatnab o'qiyapti Angren-Chirchiq qanchalik qiyin? Sharoitga talabani bolalari bor oilasi bor ozroq e'tibor berilsa yaxshi bo'lar edi.
An'anaviy talim majburiy qilib belgilandikuu keyin fikringizga qoshilmayman kop talabalar online talimda fanlarni yaxshi ozlashtira olmadi.Online talim davomida talabalar pul topish bilan mashģul bolishdi òqish esa 2 chi darajalik bolib qoldii.talaba darsda otirsa ozi hoxlamagan taqdirdaham oziga bir nima olib ketadim menimcha online talim bizga toģri kelmas ekan
Barcha oliygohlarda online va offline ta'limni birgalikda yo'lga qo'yish kerak. Kantrakt otni kallasidek, stipendiya esa kvartira puliga yetmaydi, talaba til o'rganishiga, kiyinishiga, oziq-ovqatiga pulni qayerdan oladi. Moddiy sharoiti og'ir bo'lsa. Online va offline ta'lim birgalikda olib borilsa ko'pchilikka yengillik bo'lardi,
Assalom alekum . Mani fikrimcha Har bir oliy ta’lim muassasalari o’zlarini Turar joylar bilan taminlashi kerak.Buning uchun oddiy misol yiliga super kontraktlardan ortacha 10 mlrdan ko’p pul tushumlari Oliy ta’lim ixtiyoriga tushadi shu mablag’larni maqsadli yo’naltirish kerak. Hozir biz Tadbirkorlarga yuklasak tadbirkorlarimizga uzi shundog’am kop vazifa yuklanyapti. Yer olish uchun bog’cha qurib berasan va hakozo...
Viloyatdan kelgan talabalarga umumiy yotoqhonani bir joydan qurish noto'g'ri deb xisobleyman. 
Jamoatchilik nazorati kuchayishi uchun axoli orasida yotoqxonalar qurish lozim.
2. Yotoqxonalar qurib bitkazulganga qadar yagona turar joy xizmatini tqshkil etish kerak, bunda jumladan talaba ijaraga uy topa olsin va uy egasi bilan tegishli shartnoma imzolansin, kelishilgan narxning qanchadur foizini (deylik 30% ini ) OTM yoki davlat to'lab bersin. Bu taklif yetarlicha yotoqxonalar qurilgunga qadar amal qilsin degan ma'noda. 
3. Yosh oila va farzandlari bor talabalar (ikkisiham nazarda tutilebdi) o'rganib chiqilib ularga ijaraga uy olishda moliyaviy ko'maklashish tashkil qilinsin.
Men Ispaniyaga oʻqishga kelishimdan oldin yashash uchun joy qidira boshladim. Menda 3 ta variant bor edi:
1. Universitet bilan hamkorlikda "tanlov"dan oʻtib, yolgʻiz qariyalar uyida yashash va ijara haqqidan tashqari xarajalarni boʻlib toʻlash.
2. Yotoqxona.
3. Ijarga uy topish.
Covid--19 sababli 1 variant boʻlmadi. Men oʻqiyotgan shaharda 10 tacha yotoqxona bor ekan, shundan 6 tasiga yozdim, avgustda allaqachon joy qolmagan ekan. Buning ustiga juda qimmat!
3. Ijarga uy izladim, lekin masofadan turib bu ishni ijobiy hal qilishimga koʻzim yetmadi, firibgarlarga uchrab qolishdan qoʻrqdim. Shunda universitet ijtimoiy ishlar boʻlimi yoʻllagan xat esimga tushib qoldi. Ular yashash joyi topishga yordam berishlarini aytishgandi. Bogʻlandim. Uy egasi kontaktlarini berishdi. Gaplashdim. Hozir shu yerda yashayapman.
Buni bir yilda xal qilib bulmaydi.Lekin talabalarga ijaraga uy topishga kumaklashish yaxshi ģoya .chunki ijaraga uy qidirsangiz oilani quyaman talaba kerak emas olmayman deydi.Maklerga yana boshlanishiga pul tulash kerak .
Talabani olgan xonodon egalarini qandaydir soliqlarga imtiyoz qilish kerak yoki yoki boshqa tulovlargami.
Yotoqxona qurushni xususiylashtirish yaxshi lekin ularni oylik yoki yillik tulovini davlat tomonidan sharoitiga qarab belgilash kerak .
OQITUVCHILARGA HAM OILAVIY OPISHTA QURISH MASALASINIYAM QOSHING
barbir hamma talabaga joy topib berib bulmaydi shu sabab online talimni yaxshi yulga quyish kk shunda xoxlovchi talaba online uqigach har nma 10 % turar joy kerak bulgan 10 % kamayadi shunda bu masala ancha yengilashadi
Hamma oliygohlarida foydalanmay boʻsh turgan binolarni yotoqxonaga aylantirsa boʻladi. Masalan Andijon qishloq xoʻjalik institutida ham boʻsh binolari bor
Mr.Architect👷‍♂️
Bu ixtiyoriy talim aka menham sizdek oylar edim keyin prorektor bilan suxbatdan keyin umuman fikrim ozgardii
Ha men ham suhbatlashganman. Dekanlar bilan ham, prorektorlar bilan ham. Talabalar bilan ishlash bo'yicha prorektordan yotoqxonaga joylashtirishini, moddiy ahvolim Toshkentda kvartira narxini ko'tarishga qiyinligini aytganimda quvib solgandi, sen kabilarga vaqtim yo'q deb. Akademik ta'til olib rusga ketginda o'sherdan pul ishlab kelib o'qi degandi
Роман
Студентларга общежитьядан жой етмаётганини хал кила олмасангиз, илтимос у́злари хохлаган квартирада ижарада яшашига халакит килманг. Агарда ижара квартираниям ОТМ топиб берса, бечораларни факат уша квартираларда яшашга мажбур килиши аник. Шунинг учун ётокхона билан таминлай олмасангиз, квартирада яшашига халакит килманг.
Show next 100 comments