This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум! Янги бино қуришдан кўра эски тугатилган коллеж ва яна бўш турган биноларни тамирлаш керак! Шунда анча арзонроққа тушади! Масалан Тиббиёт академияси атрофида 3 та бино жами 2600 адашмасам ўринли бино бўм бўш ётибти 2 таси яқин йилларда тамирдан чиққан шунга ўхшаш бинолар кўп ўшаларни тамирлаш керак биринчи новбатда! Анча бюжет пули тежалган бўларди!
Hozirgi paytda kõpchilik talabaning fikr hayoli
1-ijara
2-pul topish
3-otmga borish(fanni yopish)
4-nimadir õrganish
Bõlib qolgan menimcha
𝓜𝓪𝓮𝓼𝓽𝓻𝓸 sнoнʀuн
Bizni davlatimiz faqat òqishimiz uchun kontract tuzadi Yotoqxona bilan ham taminlayman deb emas. Qaysi bir davlatda yotoqxona quriladi(meyordan ortiqcha) Aksincha ularda yotoqxonalar juda qimmat va ataylab 1 chi kurslarni majburan yotoqxonada turishga majbur qiladi sababi pul ishlash uchun Qachongacha davlatga boqmanda bolib yuramiz,(mani òzim ham talabaman 1 kurs) boldida endi. Bu yerda kattaroq muammolarni yechish òrniga endi yotoqxona quriladimi undan kora talim sifatini yaxshilash, electron manbalarni kòpaytirsh, talabalarning joriy yakuniy baholariga qarab scholarship yoki grandlar berish haqida òylasak bolarmidi. Qachongacha davlatga osilamiz, 4 munchamiz soģ bolsa ishlab òqishni imkoni borku. Davlatni xalq yetaklaydi, uni òzi emas Iltimos, odamlar, sal fikrimizni tòğirlaylik. Òzimizga ustuvor kerak bolgan narsani anglab yetib shuni sòraylik davlatdan. Mustaqil yoshga yetib ham bunday deyishga uyalish kerak menimcha. (Subektiv fikrim)
Ukam yozishizga qaraganda hali 1-kurs ekansiz. Esizdan chiqmasin hamma ham bir xil emas, hamma ham ijara yukini ko‘tarolmaydi ...
Grantlarga kelsak, bilimiz bo‘lsa bemalol, xohlagancha topish mumkin, eplagan olyapti ham.
Infrastruktura bo‘lmasa biznes ham rivojlanmagani kabi ta‘lim sifaini yaxshilash un ham oldin sharoitni ham yaratish kk. 8 ta talab bitta uyda tursa ilm o‘rgana oldimi, o‘z ustida ishlay oladimi, xotirjam yashay oladimi???
Omadizni bersin.
Махсуда Муродбаевна
Тез тез таклиф сураб туринг купнинг фикрларидан маъно бор. Ва тегишли вазирликларга етказишда ердам беринг.куп жойларга мурожаатларимиз эгасига етиб бормайди. Юрт бошимизда рахмат.хамма нарсага эътибор бериб келяпди.
Bo‘sh turgan davlat zahirasidagi anchagina binolarimiz bor. Kapital remont qilib yotoqxonalar qilsa bo‘ladi. Poytaxtda bunaqa binolar serob.
Davlat tashkilotlarining ba‘zilarida keragidan ortiq binolari mavjud bu variantni ham ko‘rish kerak, resurslar to‘g‘ri taqsimlanmagan.
Bu yaqin yillarda xal qilinmidi by muammolar.Bechora studentlar 4 yil.
Xushnud aka menimcha bu rektorga yuklatilishi va u o‘zi harakat qilib har bir talabaga e‘tibor berishi kk
Ra'no Taxtaxodjayeva
Nega xoxlovchilar zoomda yoki onlaynda o'qisin nega pora ololmay qoladimi? Raqamli iqtisodiyot qani?Majburlab xozir sharoitga qaralmayapti? Qatnab o'qiyapti Angren-Chirchiq qanchalik qiyin? Sharoitga talabani bolalari bor oilasi bor ozroq e'tibor berilsa yaxshi bo'lar edi.
Ha toģri fikirlayapsiz shu ģoyayizni amaliyotga tadbiģ etish kerak deb oyliman.Keyin ijaraga qoygan honodonlarni hukumat qollab quvatlashi kk masalan ijara soliqlarini olmaslikmi yokii shunga oxshash imkoniyatlarni yaratib berishsa talabalarham arzon turar joylarga ega bolishar edi
Xudayberdi
Ассалому алейкум йукоридаги гапларга озгина изох берсам аввало бизда онлайн тизим унча узини окламади хох кечги талим оладигин хох кудизги талим оладиган талабалар булсин сабаби бизда ентирнет унчалик яхши емас айникса аксарият кишлокларимизда. ОТМ Ларни хам чеккарок жойларга кучириш катта муаммо колаверса купгина вакт хам кетади.Йотоххона куришни бошлаш керак хозирдан лн унгача хам Бир бунча вакт кетади. Мани фикримча талабарни йотохона йоки арзон турар жойлар бн таминлагунча хеч булмаса талабалар учун йул хаккини жуда арзон килиб туриш керак, купчилик талабалар квартирада туриб катнашишади укишга, квартирани арзон килиб болмаябди хам униси йетмаганига маклер диганлари хам болади орада... Енг тугри ва тезкор йул йозгача болса хам талабалар учун йул хаккини бунданда арзон килиб куйиш керак назаримда. Купчилик талабалар учун катта йордам боларди.
Ra'no Taxtaxodjayeva
Xudayberdi
Ассалому алейкум йукоридаги гапларга озгина изох берсам аввало бизда онлайн тизим унча узини окламади хох кечги талим оладигин хох кудизги талим оладиган талабалар булсин сабаби бизда ентирнет унчалик яхши емас айникса аксарият кишлокларимизда. ОТМ Ларни хам чеккарок жойларга кучириш катта муаммо колаверса купгина вакт хам кетади.Йотоххона куришни бошлаш керак хозирдан лн унгача хам Бир бунча вакт кетади. Мани фикримча талабарни йотохона йоки арзон турар жойлар бн таминлагунча хеч булмаса талабалар учун йул хаккини жуда арзон килиб туриш керак, купчилик талабалар квартирада туриб катнашишади укишга, квартирани арзон килиб болмаябди хам униси йетмаганига маклер диганлари хам болади орада... Енг тугри ва тезкор йул йозгача болса хам талабалар учун йул хаккини бунданда арзон килиб куйиш керак назаримда. Купчилик талабалар учун катта йордам боларди.
Talabalar ko'chama kocha 650 000 dan kvartira topisha olishmayapti
Ra'no Taxtaxodjayeva
1 xonada 6 kishi turishi gigiyenaga xam to'g'ri kelmaydi sharoitga qarab zoomda yoki onlaynda o'qishsa xam bo'lar edi kunlik yo'lkira 50000 so'mdan xavo sovusa yana oshadi yana o'qishlari tushlikdan keyin 6 gacha
Viloyatdan kelgan talabalarga umumiy yotoqhonani bir joydan qurish noto'g'ri deb xisobleyman.
Jamoatchilik nazorati kuchayishi uchun axoli orasida yotoqxonalar qurish lozim.
2. Yotoqxonalar qurib bitkazulganga qadar yagona turar joy xizmatini tqshkil etish kerak, bunda jumladan talaba ijaraga uy topa olsin va uy egasi bilan tegishli shartnoma imzolansin, kelishilgan narxning qanchadur foizini (deylik 30% ini ) OTM yoki davlat to'lab bersin. Bu taklif yetarlicha yotoqxonalar qurilgunga qadar amal qilsin degan ma'noda.
3. Yosh oila va farzandlari bor talabalar (ikkisiham nazarda tutilebdi) o'rganib chiqilib ularga ijaraga uy olishda moliyaviy ko'maklashish tashkil qilinsin.
Usmonov Navròz
Rektor xar bitta talabaga joy topib berishi xam mumkun sharoit degan narsalar xam bor kimgadir yoqadi bu imgadir yoqmaydi muammo ustiga muamo boladi sabr qilish kk sekin astalik bn bu muamo bartaraf etiladi bu tez bo‘laydigan ish emas
Ra'no Taxtaxodjayeva
Nega xoxlovchilar zoomda yoki onlaynda o'qisin nega pora ololmay qoladimi? Raqamli iqtisodiyot qani?Majburlab xozir sharoitga qaralmayapti? Qatnab o'qiyapti Angren-Chirchiq qanchalik qiyin? Sharoitga talabani bolalari bor oilasi bor ozroq e'tibor berilsa yaxshi bo'lar edi.
An'anaviy talim majburiy qilib belgilandikuu keyin fikringizga qoshilmayman kop talabalar online talimda fanlarni yaxshi ozlashtira olmadi.Online talim davomida talabalar pul topish bilan mashģul bolishdi òqish esa 2 chi darajalik bolib qoldii.talaba darsda otirsa ozi hoxlamagan taqdirdaham oziga bir nima olib ketadim menimcha online talim bizga toģri kelmas ekan
Barcha oliygohlarda online va offline ta'limni birgalikda yo'lga qo'yish kerak. Kantrakt otni kallasidek, stipendiya esa kvartira puliga yetmaydi, talaba til o'rganishiga, kiyinishiga, oziq-ovqatiga pulni qayerdan oladi. Moddiy sharoiti og'ir bo'lsa. Online va offline ta'lim birgalikda olib borilsa ko'pchilikka yengillik bo'lardi,
Assalom alekum . Mani fikrimcha Har bir oliy ta’lim muassasalari o’zlarini Turar joylar bilan taminlashi kerak.Buning uchun oddiy misol yiliga super kontraktlardan ortacha 10 mlrdan ko’p pul tushumlari Oliy ta’lim ixtiyoriga tushadi shu mablag’larni maqsadli yo’naltirish kerak. Hozir biz Tadbirkorlarga yuklasak tadbirkorlarimizga uzi shundog’am kop vazifa yuklanyapti. Yer olish uchun bog’cha qurib berasan va hakozo...
Show next 100 comments