Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Davlat tashkilotlarining ba‘zilarida keragidan ortiq binolari mavjud bu variantni ham ko‘rish kerak, resurslar to‘g‘ri taqsimlanmagan.
Jamoatchilik nazorati kuchayishi uchun axoli orasida yotoqxonalar qurish lozim.
2. Yotoqxonalar qurib bitkazulganga qadar yagona turar joy xizmatini tqshkil etish kerak, bunda jumladan talaba ijaraga uy topa olsin va uy egasi bilan tegishli shartnoma imzolansin, kelishilgan narxning qanchadur foizini (deylik 30% ini ) OTM yoki davlat to'lab bersin. Bu taklif yetarlicha yotoqxonalar qurilgunga qadar amal qilsin degan ma'noda.
3. Yosh oila va farzandlari bor talabalar (ikkisiham nazarda tutilebdi) o'rganib chiqilib ularga ijaraga uy olishda moliyaviy ko'maklashish tashkil qilinsin.

1. Universitet bilan hamkorlikda "tanlov"dan oʻtib, yolgʻiz qariyalar uyida yashash va ijara haqqidan tashqari xarajalarni boʻlib toʻlash.
2. Yotoqxona.
3. Ijarga uy topish.
Covid--19 sababli 1 variant boʻlmadi. Men oʻqiyotgan shaharda 10 tacha yotoqxona bor ekan, shundan 6 tasiga yozdim, avgustda allaqachon joy qolmagan ekan. Buning ustiga juda qimmat!
3. Ijarga uy izladim, lekin masofadan turib bu ishni ijobiy hal qilishimga koʻzim yetmadi, firibgarlarga uchrab qolishdan qoʻrqdim. Shunda universitet ijtimoiy ishlar boʻlimi yoʻllagan xat esimga tushib qoldi. Ular yashash joyi topishga yordam berishlarini aytishgandi. Bogʻlandim. Uy egasi kontaktlarini berishdi. Gaplashdim. Hozir shu yerda yashayapman.