This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Yosh Fizik
Shahar ichida Talabalar shaharchasini qurish kerak ko'p vaqt qilmaydi . Sardobani tiklash uchun 5 oy vaqt sarlandimi demak bunga ham 5 oy ketar 1 yil ketar yoshlar kelajagimizmi kerak bo'lsa talabalar shaharchasi qurish kerak!!!!!!!!
Kvartira egasi bn otm shartnoma tuzsa daromad ko'ryotgan tomon daromad solig'i, yana allambalo xarajatlari kopayib ketadi keyin uni qayerdan qoplaydi albatta studentdan yana tayoq studentni bo'ynida sinadi. Hech kimga sir emas hozirgi kunda kopchilik kvartira lar noqonuniy ishlaydida. Yaniki kvartiraga odam qoyishning ham qonun qoidasi bor. Ulardan qochib qonunni chetlab o'tadi. Shuni uchun sixam kabobam kuymedigon tizim yaratish kerak. Masalan toshkenda 2xonali bo'ladigan kv 250$ sof cho'ntagiga tushadi uy egasini. Endi uyni egasi otm bn kelishib ishlasa summani kamaytish kk va davlatga soliq tulashi kk. O'ylemanki kvartira egalari rozi bo'lish edi
Azamatova Sevinch
Assalomu aleykum uzoq viloydagi talabalar online uqishiga ruxsat berilsa ham bulardi ijtimoiy vaziyatiga qarab,hozirda kvartira egalari tulovni narxini yuqori qilib quyishgan.
Nurik_boy
Assalomu alekum. Yotoqxonalarni kopaytirish va borini ham sifatiga ishlash kerak deb oylayman. Kvartiralar topishga kelsak elektron tizim yaxshi natija bermasa kerak deb oylayman chunki bu kvartira qay ahvolda kimlarga tegishliligi muammo bolib qolaveradi baribir. Elektron tizim qilishda meni taklifim har bir institut yoki markazga tegishli kvartiralarni elon qilishga imkoni bor telegram kanalllari yoki gruppalari tashkil qilish kerak shunda natija bolishi mumkin. Lekin bu yotoqxonalarchalik arzon bolmaydi baribir kvartiralar. Eng maqbul yechim yotoqxonalarga etibor qaratish kerak deb oylayman.
😊😊😊😊😊
Balkim fikrz tugridir,lekin aynan talabalar un maxsus kvartira qurulmas ekan,ijaraji har yul bn uzini narxini quyib undirib oladi unga elektiron tizim qilaszmi,wartnoma qilaszmi bu befoyda bu mani waxsim fikrim chunki kvarterada turib bunaqalani kurganman
😊😊😊😊😊
Faqat elrktron tizim bn talabalarga tez kvartera topiwga yordam beroliw mumkun
Mana yotoqxonadagi cheklovlar. 24 soatning 7 soatida elektr berishadi. Kontrakt pullarini to'lasak. Hozir imtihonlar bo'lsa bu nima ahvol. Avval kechquring 10 dan keyin o'chardi, bu cheklov nimasi bo'ldi. Bizada tejalsa uzoq tumanlarga svet boradimi shunaqa bo'lsa mayli lekin bir nima deyishga ojissan
Азимбоевна
100% тўғри гап,фақат буни тезроқ амалга ошириш керак,сенатга ўзингиз бу фикрларингизни зудлик б н ёзма равишда тақдим қилишни иложи бормикан,депутатлар бу ҳақиқатни англаб сенатда кӯриб чиқамиз дегунларича 100 йил ӯтиб кетса керак, шу учун сиздан илтимос худди шу масалани кӯтари тел/е да чиқиш қилинг,блогерларам бу бўйича халқни фикрини қӯлила микрофон б н ёзиб олсалар зӯр бўларди, Хушнудбек сиз б н телефонда гаплашишни иложи борми ӯзи.илтимос вақт топиб менга тел қилсангиз. Фикрлашимиз деярли бир хил, бир фикр алмашсак яхши бӯларди. Мени тел ном:93 288 28 45
manimcha talabalarni ijaraga qoymoqchi bolgan kvartiralarni mulk soligi stavkasini qanchadir miqdorda kamaytirish talabalarni kvartira tolovini kamroq tolashiga sabab bolardi hamda kvartira qoymoqchi bolganlar kvartirasini sharoiti tolovi qulayliklari va talablari haqida batafsil malumot qoldirishlari maqsadga muvofiq bolardi.
Men yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman. Menga ma'qul bo‘lgani:
1. Markazlashtirishdan qochish kerak.
2. Agar markazlashtirish imkonsiz bo‘lsa, talabalar shaharchasini kengaytirish kerak. Albatta bu katta xarajat. Shunga yarasha daromadli hamdir. Hozir Toskentda bitta talaba ijaraga o‘rtacha 500 ming so‘m to'layfi.
Talabalar turar joyi 150-200 ming bo‘lsa, hamma jon-jon deb turadi.(narxlar taxminiy)
Mening singlim ToshDTexU da o‘qiydi. 1-kurs. Surxondaryodanmiz. Hamma biladi masofa uzoq. TTJ ga qo‘ymoqchi bo‘lsak, bir ikkita noinsof amaldorlar pora so‘rayapti ekan. Joying bor ekan masofani inobatga ol.
O‘zbekistonda KARRUPSIYA yo‘qolmaydi.
Mistr_X
Talabalar uchun arzon turar joylar zudlik bilan qurilishi kerak.Boshqa gap sõz yõq.
Javohir
Talabalarga uylarni zorini qurish kerak udarini qurish kerak gap yogini qurish kere tamom
Bu eng to'g'ri qaror deb oyliman chunki 2050yilgacha bizda talabalarni yotoqxona bilan to'liq taminlashni imkoni yoq. Shu sababli elektron tizm joriy qilish kerak
Мелиев Маҳмуджон
Ижарага берилувчи ётоқхоналар қуриш керак. Бунга хусусий секторни жалб қилиш керак.Шунда муаммо тез ечим топади.
Султанов Шариф
Toshkentda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarni buzish o‘rniga oz bo‘lsa ham pul berib shularni davlat hisobiga o‘tqazib yotoqxonalarga aylantirsa bo‘lmaydimi. Bekordan bekorga shuncha harajat yo‘q bb ketmasdi ana tayyor yechim. O‘ylab ko‘rsa bo‘ladigan masala menimcha.
Султанов Шариф
Bu yilning o‘zida 100dan ortiq noqonuniy uylar qurilgan deyishyapti va bari buzilish rejada ekan
Таьлим хакида гапирганизга сизни хурмат киламанда ука талабаларни хар томонлама куллайсиз Аллохни назарида булинг ИншаАллох
Xar bir shaxarda kvartiralar róyxati yani platformasini yaratish kerak
SANJAR
Termiz shahrida yangi qurilgan uylarning 50% i bòsh yotibdi. Bu uylar esa kaptivasi bor "kam ta'minlangan"larniki. Mana shu uylardan unumli foydalanish kerak.
Bosh turgan kollejlarni xam yotoqxonaga aylantirish kerak masofa uzoqroq bolishi mumkin lekin arzon narxlarda berilsa yoqdan kora yaxshi
Show next 100 comments