This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Mening singlim ToshDTexU da o‘qiydi. 1-kurs. Surxondaryodanmiz. Hamma biladi masofa uzoq. TTJ ga qo‘ymoqchi bo‘lsak, bir ikkita noinsof amaldorlar pora so‘rayapti ekan. Joying bor ekan masofani inobatga ol.
O‘zbekistonda KARRUPSIYA yo‘qolmaydi.
Mistr_X
Talabalar uchun arzon turar joylar zudlik bilan qurilishi kerak.Boshqa gap sõz yõq.
Javohir
Talabalarga uylarni zorini qurish kerak udarini qurish kerak gap yogini qurish kere tamom
Bu eng to'g'ri qaror deb oyliman chunki 2050yilgacha bizda talabalarni yotoqxona bilan to'liq taminlashni imkoni yoq. Shu sababli elektron tizm joriy qilish kerak
Мелиев Маҳмуджон
Ижарага берилувчи ётоқхоналар қуриш керак. Бунга хусусий секторни жалб қилиш керак.Шунда муаммо тез ечим топади.
Султанов Шариф
Toshkentda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarni buzish o‘rniga oz bo‘lsa ham pul berib shularni davlat hisobiga o‘tqazib yotoqxonalarga aylantirsa bo‘lmaydimi. Bekordan bekorga shuncha harajat yo‘q bb ketmasdi ana tayyor yechim. O‘ylab ko‘rsa bo‘ladigan masala menimcha.
Султанов Шариф
Bu yilning o‘zida 100dan ortiq noqonuniy uylar qurilgan deyishyapti va bari buzilish rejada ekan
Таьлим хакида гапирганизга сизни хурмат киламанда ука талабаларни хар томонлама куллайсиз Аллохни назарида булинг ИншаАллох
Xar bir shaxarda kvartiralar róyxati yani platformasini yaratish kerak
SANJAR
Termiz shahrida yangi qurilgan uylarning 50% i bòsh yotibdi. Bu uylar esa kaptivasi bor "kam ta'minlangan"larniki. Mana shu uylardan unumli foydalanish kerak.
Bosh turgan kollejlarni xam yotoqxonaga aylantirish kerak masofa uzoqroq bolishi mumkin lekin arzon narxlarda berilsa yoqdan kora yaxshi
Karantin zonalaridegi konteyner uylar boʻshagan boʻlsa talabalarga berish kerak
5000 oʻringa moʻljallangan kontinerlardan iborat karantin zonasini talabalar turar joyi sifatida foydalanish kerak
Талабалар турар жойи билан паралел равишда ижара уйларини хам ташкил этиш керак,бунда ижарага белгиланган нархда ижарага куйилган хонадонларга мулк солиги ёки коммунал имтиёз беришни урганиб чикишни таклиф этаман
Jaloldin
Яхши гаплар биринчи навбатда оила шароитини урганиб узокдан келган дехконни четда ишлаб укитаётган одамларнинг болларига шунака шароитларни килса нур устига нур боларди
airbnb ilovasidan o'rganishsa va shu kabi ilova tuzishsa yaxshi bo'lardi.Chunki unda xona rasmlari va narxlarigacha talabalarning o'zlari tanlab olishardi.
Sanjar
Elektron sayt yratish kerak ijaraga qoyadiganlar shu saytda elon berishadi talabalarham shu saytdan foydalanib kvartira topishadi xullas maklerlar aralashuvisiz qilish kerak bazi maklerlar insofini yeb yuborgan
Shokir Ro‘zmetovich
Eng asosiysi universitet qancha o‘rinli bo‘lsa shuning 80% miqdorida talabalar turar joyi bollishi shart. Buni xususiy sektor, davlat ulushi asosida bo‘lsaham amalga oshirish shart.
😊😊😊😊😊
Nima bulganda ham muomoni yechimini topsa buladi,eng muhumi yotoqxona buladimi yoki ijaraga arzon uy joymi iwqilib qulab tushmasa buldi
Koreyadan ornak olish kkmikin. Nega oldingi 9 etajli kop yotoqxonala xususiy bolib ketgan
Esleyman yoshligimda ota onam shunaqa obshetani 8 etaj 1 xonasida turishardi. Dadam aspirant edila. Hozir unaqala yoq
Narziyev Baxrom 2-IMI
Kvartiraga talabalarni qo‘yuvchilarga soliq, yoki boshqa imtiyozlar berish kerak
Show next 100 comments