This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Bosh turgan kollejlarni xam yotoqxonaga aylantirish kerak masofa uzoqroq bolishi mumkin lekin arzon narxlarda berilsa yoqdan kora yaxshi
Karantin zonalaridegi konteyner uylar boʻshagan boʻlsa talabalarga berish kerak
5000 oʻringa moʻljallangan kontinerlardan iborat karantin zonasini talabalar turar joyi sifatida foydalanish kerak
Талабалар турар жойи билан паралел равишда ижара уйларини хам ташкил этиш керак,бунда ижарага белгиланган нархда ижарага куйилган хонадонларга мулк солиги ёки коммунал имтиёз беришни урганиб чикишни таклиф этаман
Jaloldin
Яхши гаплар биринчи навбатда оила шароитини урганиб узокдан келган дехконни четда ишлаб укитаётган одамларнинг болларига шунака шароитларни килса нур устига нур боларди
airbnb ilovasidan o'rganishsa va shu kabi ilova tuzishsa yaxshi bo'lardi.Chunki unda xona rasmlari va narxlarigacha talabalarning o'zlari tanlab olishardi.
Sanjar
Elektron sayt yratish kerak ijaraga qoyadiganlar shu saytda elon berishadi talabalarham shu saytdan foydalanib kvartira topishadi xullas maklerlar aralashuvisiz qilish kerak bazi maklerlar insofini yeb yuborgan
Shokir Ro‘zmetovich
Eng asosiysi universitet qancha o‘rinli bo‘lsa shuning 80% miqdorida talabalar turar joyi bollishi shart. Buni xususiy sektor, davlat ulushi asosida bo‘lsaham amalga oshirish shart.
😊😊😊😊😊
Nima bulganda ham muomoni yechimini topsa buladi,eng muhumi yotoqxona buladimi yoki ijaraga arzon uy joymi iwqilib qulab tushmasa buldi
Koreyadan ornak olish kkmikin. Nega oldingi 9 etajli kop yotoqxonala xususiy bolib ketgan
Esleyman yoshligimda ota onam shunaqa obshetani 8 etaj 1 xonasida turishardi. Dadam aspirant edila. Hozir unaqala yoq
Narziyev Baxrom 2-IMI
Kvartiraga talabalarni qo‘yuvchilarga soliq, yoki boshqa imtiyozlar berish kerak
Gaprgan blan foydasi bolarmkan. Attak platforma zor.
Rovshan Elto'rayev
Albatda yotoxona qurilishi yaxshi lekin hozirgi kunda maktablar 11 yilik hajimga o'tib kolij yotoxonalari bushab qolgan shulardan foydalanish kk.
Joylashtirishni O'quv yurtiga emas davlat xizmatlariga berish kerak
гулзайнаб
Фикрингизга тулик кушилган холда сиздаги таклифни куллаб кувватлайман, ма'сул ташкилот тузиш керак, укув юртини вазири буни назорат киломиди, бошка муаммолари куп деб уйлиман
Assalomu alaykum. Avvalam bor mavjud talabni oʻrganib chiqish kerak. Buning uchun har bir OTM lari fakultet talabalarining yotoqxonalarga boʻlgan talabini shuningdek, atrofdagi kvartiralar sigʻimini ( bugungi kunda koʻplab uy egalari ijarachi olmaydi bu yildan yilga oshib bormoqda va bu TTJ boʻlgan talabni oshiradi) hisobga olish kerak. Bugungi kunda OTM lardagi talabalarning umumiy soniga nisbatan 10 %i ham TTJ bilan taʼminlanmagan. Buning sababi esa TTJ yetarli mavjud emas. Koʻr-koʻrona yondashmasdan bu masalaga kompleks yondashsa tegishli tashkilotlar va tegishli shaxslar masala yechimi talabni qondirishi mumkin.
Assalomu allaykum hurmatli mushtarilar ijara turayotgan talabarni uy egasi qonun buyicha vaqtinchalik prapeskaga qo'yishi kerak ekin ular bunday qilmaydi chunki ular bunday qilsa qoshimcha to'lovlar tolash kerak buladi shunga talabalar IIV hodimlarini korsa qochin yurishadi shunday holda nima qilsa buladi yoki yangi bir qonun yozish kerakmi . TTJ bilan taminlamasa ham unversitet nomiga uchutga qoyish kerakmi yo nimadir qilish kerakda hamma uyidan qatnay olmaydiku.shu masalaga to'xtalish kerak .
Ассалому алайкум Хушнудбек.
Саволим бор эди,фарзандим бюджетда у́кийди, бюджетдагиларга ётокхона берилмасмиш, шундай карорми,коидами борми.
Уларнинг айби нима
Bektemirova 44-18
Assalom alaykum! Men oilali talabalar sifatida shumday taklif kiritmoqchiman.universitetda oilali talabalar kop.ikkala taraf ham talaba bolgan oilali talabalarga ham alohida yotoqxonalarni tashkil qilishsa...
Sanjar_ bek
Халк таьлимига карашли бу́ш каровсиз турган ёки унумли фойдаланилмаётган биноларни талабалар ётокхонасига айлантириш керак.
Show next 100 comments