This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
🌼Мунира🌼
Ассалому алейкум мен хам 2 талаба ни онасиман хақиқатдан хам турар жойлар муаммо.Турар жой нархларини тушириш кк ойига 270 мингдан тўланади.Сизлардан илтимос 2 ва ундан ортиқ талаба ўқитаётганларга имтиёз беришса.Турар жойларни олиш таниш билиш.Бечора талабаларни пулини шилишади.Бермаса юкларини кўтариб иложи борича ижарага жойлашадилар.
Abbos Fayzullayev
Xushnud aka olx da ham bor samarqandda ularni hammasi kuchmas mulkga qarashli 50 % ularga ham berish kerak..samarqanda shunday. Boshqa viloyatlarnj bilmayman juda qimmat kvartiralar samarqanda har yili kamida 90 % oshadi narxi
1-dan talaba qaysi OTM da o'qisa shu OTM joylashgan shaxarda u ro'yxatsiz yashash tizimini ko'rib chiqishi kerak (ayni vaqtda ham ijarada turuvchi talaba vaqtincha yashash hududiga ro'yxatga qo'yilmasa u jarimaga tortiladi)
2-dan Ijarachi xonadon egasi agar ijara shartnomasini qilsa u soliq to'lashi lozim bu esa ijara narxini oshishiga sabab bo'ladi.

Taklif: TTJlar bilan to'liq qamrab olish mushkul ish chunki o'rtacha OTM da 15-20 ming talaba taxsil oladi ularni hammasiga TTJ qurish qiyin, lekin OTM joylashgan hudud atrofidagi aholi ham ijaraga talabalarni qo'yishda muammolarga duch kelmasa ijarachi xonadonlar soni oshadi
Отабек
Талабалар турадиган ётокхоналарни купайтириш ва куриш керак
RAVSHAN QODIROV
Bir taklifim bor bosh turgan kasb-hunar kollejlarni vaqtinchalik talbalar turar joyi qilib tursa boladi bekor bosh turubdi kop kollejlar
Jamiyat tashkil etib, talabalarni ijaraga qo'ymoqchi bo'lgan xonadonlarni a'zolikka qabul qilib ro'yxatini shakllantirish kerak. Aynan jamiyatga a'zo bilgan xonadonlarni tegishli tashkilotlar (gaz, elektroset, suv, mchs v.h.) doimiy borib kamchiliklarni bartaraf etishsa. Ya'ni jamiyatga a'zolikdan xonadon egasi ham talaba ham manfaatdor bo'lishi kerak.
Umidjon
Talabalarga moslab uylar qurilgunga qadar talabalarga kavartirasini arendaga bergan fuqarolarga har hil soliqlardan ozgina imtiyoz berilsa kvartiraga qoyuvchilarni soni oshar edi va narx o'z o'zizdan pasayardi balki
Birinchidan gap yotoq joy muammosida emas gap ovqatlanishda. Yani ular ovqatlanishdan zaharlangan, tok urishdan yoki yong'indan emas. Talabalarni moddiy qo'llab quvvatlaydigan stipendiya esa yer bilan barobar (kontakt o'qiydiganlar shuni ham olmaydi), ish yo'q (har bir ish bor deb e'lon beruvchi o'z e'loni oxiriiga "talabar bezovta qilmasin" deb yozib qo'yadi), davlat vada qilayotgan "Ta'lim krediti" va "Biznes ishlanmalarni qo'llab quvvatlsh" imtiyozli kreditlari esa faqat qog'ozda bor. Shunday ekan pulsiz, ishsiz va och talabalar topganini yeyishga majbur bo'lmoqda. Chinovniklarimiz esa talabalarni moddiy qo'llab quvvatash o'rniga qog'ozda ishi bitadigan tekshirishlarni boshlayapdi. Mana sizga "Yangi O'zbekiston" talabalarining ahvoli va hukumatning ularga bo'lgan munosabati.
Durdona💫
Ajoyib taklif👍👍👍👍
Izzat Sharipov
Bir tarafdan to'g'ri Eektron tarizda shakilantirish kerak va bu bazaning asosiy kv topadigan mahalallar rayisi òzining mahalasida ijaraga beriladigan kv topib doimiy ravishda ularni o'zi nazorat qilishi kerak
Нафакат талабаларга балки ахолига хам ижара пули киммат Узбекистонда жудаям куп уйлар курилаяпти лекин бирор инсон рози булгани йук жудаям киммат оддий укитувчи уй ололмайди кредитга олса хам ахволига маймунлар йиглайди уй кураётган хожиакалар тендерда бир амаллаб соккасини бериб ишни бошлайди колганига 2 млрд фойда билан чикади буни ислох килиш керак шу хакида ёзинг сизда имконият бор курук карсаклар карсаклар демасдан
Saparniyazov Inomjan
Talabalarni uyida ijarada saqlagani uchun ularga kommunal xizmatlardan engilliklar berilsa, talabalar arzonroq ijarada turardi. Talaba qo‘yish va ularga sharoit yaratishga ijobiy yondoshuv bo‘lardi
Talabalar turar joylarini qurishni tadbirkorlarga berish kerak va iloji boricha kattaroq hajmda TTJ larni qurish kerak shunda talabalar ko'proq bir joyga joylashishadi
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o'g'li
Assalomu alekum Hushnudbek aka juda yaxshi kanalizi kuzatib boraman . Ushbu talabalar muomosini ko'targanizga raxmat. Menimcha xamma oliy ta'limlarda turar joy masalasi boyicha muamolar ko'p. Talabalar birovlarni uylarida noilojlikdan turishadi. Masalan men 160 km ga borib kelaman. Iltimos shu masalada aniq maqsad qoyib aniq vazifalarni bajarish kerak.
Hurmat bilan ADU magistranti Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o'g'li.
450ming stipendiya oladigan student,(kontraktlar stipendiya olmaydi ham) 700mingga kvartirada turadi, hot lanch tami ozgacha mazali!!! Ana adolat ana kelajakni ahvoli
Talabalar yotoqxonasi yo kvartira topish boyicha qanaqadir vazirlik, yo qòmita tuzish kk deb oylayman, elektron tizim foyda bermaydi
Talabalarni turarjoy bilan taminlashdi OTM lar bn hamkorlikda olib borish kerak..masalan talaba topgan kvarterani OTM hodimlari borib ko‘zdan kechirib keyin talabani joylashtirsa shunda talaba aldanmaydi,har xil nomaqul narsalar ham bo‘lmaydi..menimcha.!!!
Isomiddin Shamsudinov
Univerlarni boshqa viloyatdan ochish kerak va o‘sha joyda ham ttj qurish kerak toshkentga tiqovirmasdan. Keyin elektrontizim yaxshi variant chunki kv topish uchun maklerga yo‘liqishga to‘g‘ri keladi u pulli yarmini talab qiladi
men Xushnudbekni fikriga 100%qushilaman.lekinchi blogerlar yordam beradi.zur
Shuhrat Mamarasulov Po'latvich FIZIKA
Ijaraga qoygan ijarachilarga imtiyozlar ajratilsa soliqdan shunga oxshash shunda ijaraga qoyadiganlar soni oshadi.
Show next 100 comments