This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Izzat Sharipov
Bir tarafdan to'g'ri Eektron tarizda shakilantirish kerak va bu bazaning asosiy kv topadigan mahalallar rayisi òzining mahalasida ijaraga beriladigan kv topib doimiy ravishda ularni o'zi nazorat qilishi kerak
Нафакат талабаларга балки ахолига хам ижара пули киммат Узбекистонда жудаям куп уйлар курилаяпти лекин бирор инсон рози булгани йук жудаям киммат оддий укитувчи уй ололмайди кредитга олса хам ахволига маймунлар йиглайди уй кураётган хожиакалар тендерда бир амаллаб соккасини бериб ишни бошлайди колганига 2 млрд фойда билан чикади буни ислох килиш керак шу хакида ёзинг сизда имконият бор курук карсаклар карсаклар демасдан
Saparniyazov Inomjan
Talabalarni uyida ijarada saqlagani uchun ularga kommunal xizmatlardan engilliklar berilsa, talabalar arzonroq ijarada turardi. Talaba qo‘yish va ularga sharoit yaratishga ijobiy yondoshuv bo‘lardi
Talabalar turar joylarini qurishni tadbirkorlarga berish kerak va iloji boricha kattaroq hajmda TTJ larni qurish kerak shunda talabalar ko'proq bir joyga joylashishadi
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o'g'li
Assalomu alekum Hushnudbek aka juda yaxshi kanalizi kuzatib boraman . Ushbu talabalar muomosini ko'targanizga raxmat. Menimcha xamma oliy ta'limlarda turar joy masalasi boyicha muamolar ko'p. Talabalar birovlarni uylarida noilojlikdan turishadi. Masalan men 160 km ga borib kelaman. Iltimos shu masalada aniq maqsad qoyib aniq vazifalarni bajarish kerak.
Hurmat bilan ADU magistranti Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o'g'li.
450ming stipendiya oladigan student,(kontraktlar stipendiya olmaydi ham) 700mingga kvartirada turadi, hot lanch tami ozgacha mazali!!! Ana adolat ana kelajakni ahvoli
Talabalar yotoqxonasi yo kvartira topish boyicha qanaqadir vazirlik, yo qòmita tuzish kk deb oylayman, elektron tizim foyda bermaydi
Talabalarni turarjoy bilan taminlashdi OTM lar bn hamkorlikda olib borish kerak..masalan talaba topgan kvarterani OTM hodimlari borib ko‘zdan kechirib keyin talabani joylashtirsa shunda talaba aldanmaydi,har xil nomaqul narsalar ham bo‘lmaydi..menimcha.!!!
Isomiddin Shamsudinov
Univerlarni boshqa viloyatdan ochish kerak va o‘sha joyda ham ttj qurish kerak toshkentga tiqovirmasdan. Keyin elektrontizim yaxshi variant chunki kv topish uchun maklerga yo‘liqishga to‘g‘ri keladi u pulli yarmini talab qiladi
men Xushnudbekni fikriga 100%qushilaman.lekinchi blogerlar yordam beradi.zur
Shuhrat Mamarasulov Po'latvich FIZIKA
Ijaraga qoygan ijarachilarga imtiyozlar ajratilsa soliqdan shunga oxshash shunda ijaraga qoyadiganlar soni oshadi.
Коллежд талабалар турар жойларини отм талабаларига бериш керак. Жуда куп коллежд етокхоналари мавжуд булса. Барибир коллеждлар епилган булса
Talabalar uchun TTJ da joy yetishmasligining katta sababi deyarli 80 foiz OTM lar Toshkentda. Respublikada OTM lar "juda" notekis joylashgan. Respublikadagi boshqa viloyatlarga ham OTMlarni kôpaytirilsa, kôpchilik ôzini viloyatida ôqishni xohlaydi, bu esa Toshkentda ijarada turadigan talabalar soni kamayib ijara narxlarini kamayishiga, boshqa viloyatlarda ham talabalar sonini ortishi ya'ni bôlajak ziyoli qatlamning kôpayishiga sabab bôladi.
Viloyatlarda faqat ish ôrni, EIZ lar emas OTM larni kôpaytirish zarur.
Bu mening shaxsiy fikrim
Elbek
uybor.uz sayti ham bor, lekin bu bilan masala hal bo'lishi qiyin chunki talab taklifdan ancha ko'p, yaxshisi qo'shimcha talabalar uchun turar joylar qurish kerak
Misol uchun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi asosiy bino 12 yildan beri ta'mirda bo'lganligi uchun yotoqxona binolari darsxonaga aylantirilgan. Shuni hisobiga 3-kursdan yuqori talabalar ijarada turishga majbur. Bunaqa misollar ko'p!!!
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o'g'li
Oliy ta'lim muassasini bo'sh turgan joylariga ko'p etajli binolar qurilsa edi. Doktarantura xam o'qigan bo'lardim.
ARMY OF UZBEKISTAN
Toshkentga viloyatlardan kelib oʻqiydigan talabalarga birmuncha qiyin albatta yuqoridagi fikrlar ham juda toʻgʻri ularga OTM lar atrofidan bosh yoki ijaraga beradigan kvartiralar topishida yordamlashish kerak va topilgan kvartiralarni narxini sal pasaytirsa ham yaxshi boʻlardi
Махамаджонов
Вилоятларда Тошкентдаги барча университет ва институтларнинг филиални очиш керак. Мисол учун Шимкентда 10 зиед олий талим муассаси бор биз булса хаммаси Пойтахтда Вилоятларда купи билан 3 та еки 4 та бу жуда хам кам ахолини сони хисоб оладиган булса, Вилоятларда камида 10 та 15 та булиш керак шунда бу ижара, талабалар етокхонаси муаммоси 60-70% фоизга камаяди.
Man Nukusda òqiyman yotoqxonani òzi osmonimiz musaffo hech qanaqa muammo yòq Xushnudbek hammasi yaxshi bòladi omad
مُنَوْوَرَ
Togri fikr qollab quvvatlayman)
Show next 100 comments