This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Ha bu fikrlar yaxwi ln samara berishi ham kk hozi hammasi shunchaki qoģozbozlik bu qoģozbozlikni yiģishtirib kòproq harakat qilish kk bunaqa kòngilsiz vaziyatga boshqalar ham uchramasligi uchun
Global muammo ko‘tarilibdi xalqni ham o‘ylanglarr talabalarga qiyin shapka olib yotoqxonaga qo‘yishlani ham nazoratga olishga kerak
Studentlarni ijaraga uy topish muammosiga o'zlari aybdor. Juda ko'p studentlar uyni rasvosini chiqarib tashlashadi. Bir oyda bir tozalasa katta gap. Studentlar yashaydigan uyni har yili remont qilish kerak. Agar o'z uyidey qarab tozalab yaxshi tutganda, hechkim uy topishdan qiynalmasdi
1. Har bir OTM kredit olib yotoqxona qurishi kerak. OTM lar uchun uzogi 15 daqiqa piyoda yolida yaqin xudutdan yer ajratish.

2. Talabalarni ijaraga berish tizimini yaratish. Talabalarga Ijara beruvchilarga 100% soliq chegirmasini kiritish. Boshqa turdagi imtiyozlar kiritish.

3. Kvotalarni OTM imkoniyatidan belgilash.

4. Viloyatlarda OTM larni ko'paytirish.
Саодат Мирзакаримова
Талабалар учун йотокхоналар масаласи 2020 йил август - сентябрь ойларида роса шов шувли масала булиб кутарилди лекин хеч ким ахамият хам бермади. Бизларда бирор бир масалани хал килиш учун албатта тавба килдиму бирор бир улим ходисаси руй берсагина жиддий караш билан бошланади. Нима учун?
Эргашжон Абдирохмонов
Talabaman.Qanchadan qancha kursdoshlarimda ham faqat doimiy turar joy muammosi.Kvartiralarni narxi keragidan oshganda ham topilmayapti.Shu yil bunaqangi holatlar har yilgidan ko'p uchrayapti.
77777 Sh
City pity qurgandan ko'ra talabalar yotoqxonasi qurish kerak. Axir usha talaba shu vatanni ravnaqi uchun bilim oladi. Talabani oddiy yotoqxona bilan ta'minlay olmas ekanmiz renessans deb osmonga uchishdan foyda yo
Таклифим шундан иборат: Ҳозирда жуда кўп кўп қаватли турар жой мажмуалари қурилмоқда, биламизки уларнинг ҳаммасидан ҳам фойдаланилмаяпти. Шу сабаб талабалар учун ўша уйларни ижарага бериш керак, барибир у хонадонларнинг ҳаммаси ҳам эгали эмас. Вилоятдан келиб ўқиётган талабаларнинг тоифалари ҳар хил (масалан, бой, ўрта ҳол, кам таъминланган оила фарзанди) ҳеч бўлмаганда шуларни инобатга олган ҳолда ижара нархи белгиланиб талабаларга ижарага бериш керак.
Assalomu aleykum Xushnud aka!
Men bugun Abdukarim Mirzayevni bir videolarini ko'rib qoldim. Unda "Turkiyada Kvartira narxlarini davlat belgilaydi, Makler yoki uy egasi ijara haqini o'zboshimchalik bilan oshirishga haqqi yoq" shu mazmunda fikr keltirilgan.
Menimcha haqiqatdan ham ijara haqlarini optimallashtirib qanaqadur tizimga solish kerak.
Hozir o'zim ham 4 kursman TDPU da Kvartira uchun 4 kishi 350$ to'laymiz ikki xonali uyga, yana Kamunallari o'zimizni bo'ynimizda. Bu bir kishiga 87.5$ degani Hammasi bo'lib bir oyda bir kishiga 1 200 000 ga tushyapti Kvartira, yana nimaga Og'il bola bo'lganimiz uchun ekan😁😁😁
Oilaga 200$ ga bemalol beradigan uyni 4ta og'il bolaga 350$ ga ham zo'rg'a beryapti. Nima emish? Qizla tartibli turarmush.
REAL MADRID
Hurmatli Xushnudbek aka sizni anchadan buyon kanalizni va postlarizni korib boraman, sizga katta rahmat ta'limni hurmat qilasiz. Sizni gapizga fikr bildirar ekanman quyidagicha fikrim bor.
Bizni davlatimiz qudratli davlat albatta talabalar turar joyini qurishni eplay olishadi, masalan 4 mingta talabasi bor oliy ta'limni misol keltirsak yiliga 500 orin uchun turar joy qursak albatta 5 yilda talabalarni turar joy bilan qamrab olsak boladi. Bu ishlarni davlat-xususiy sherikchilik amaliyotini qollasak ham maqsadga muvoffiq boladi degan umiddaman. Xushnudbek aka qanchadan qancha domlar quriliyapti yaxshi koz tegmasin ammo shu ishlarni bir yilga kamaytirib yoki sezilarli ravishda ta'limga investitsiya qilinsa hamma talabalar muommosini bartaraf etsa boladiku. Yana bir gap har yili oliy ta'limni ozi 100 kishilik talabalar turar joyi qursa, davlat 300, xususiy sektor 300 qursa Jami 700 talaba deganiku. Shu fikrlarimni qattiq oylap korib 5 yillik yoki qisqa muddatli yul xarita tuzsak Nima deysiz. Fikrimni oylap korib davlat planiga olib kirolsangiz hursand bolar edim.
Assalamu alaykum. Talabalar turar joyini ko'paytirish kerak albatta. Va talabalar turar joyiga mana shu joyga ehtiyoji bo'lganlarni joylash zarur. Ba'zan bunday hollarda sustkashlik holatlari ko'p. Ularni joylab bo'lgandan keyin, oilada ikki yoki undan ortiq kontraktda o'qiydigan talabalarni joylash yaxshi bo'lardi. Yana bir taklif iltimos talabalar joyida turadi degani tayyor ishchi degani emas. Üni ham yotoqxonaga ham fakultetning xo'jalik ishlariga jalb qilish kerak emas. Xo'jalik ishlari uchun mas'ullar bor, bu ularning ıshi. Meni taklifim iltimos talaba ham inson, üni yotoqxonada turgani uchun har qanday ishlariga jalb qilib vaqtini olish, kelajakda Vatanımız uchun bir manfaatli kadrning poydevorini sindirishdir.
Meni asosan taklifim yotoqxonada sharoitlar yaxshi men bilganlarimda albatta. İltimos yotoqxona mas'ullari bu ish sizga ishonib topshirilgan. Talabalar turar joyini muhtoj insonlarga bering. Qanchadir mablag' evaziga o'zingizni ishingizga va vijdoningizga qarshi bormang
Talabalar turgan kvartíralarga qandaydur yengillik va sharoit qilib berish kerak shunday yotoqhona bilan taminlamagan talaba kvartirada bemalol tura oladi kvartira narxi juda qimmat ayniqsa institut va unversitet atrofida sharoiti bólmasa ham qimmat baribir turadi Deb oylaydi keyin talaba bilan sharnoma tuzmaydi daromad soligi tolamaydi ham 4 kishilik honaga 7yo 8ta odam qoyadi katta ehtiol bilan. Bu meni fikrim
Давронбек Тухтабеков
Контейнерлардан фойдаланса арзон бўлади. Худди коронавирус касалхонаси каби. Тез қуриш мм ва мобилизация қилиш ҳам осон. Ижара ҳақи ҳам талаба учун арзон бди
Viloyatlarda bôsh turgan kollej binolarini OTM larga filial sifatida topshirilsa, tasavvur qiling transport, tibbiyot , yuridik va boshqa OTM larni har bir viloyatda filiallari bôlsa, viloyatlardagi talabalarning 60-80 foizi ôz viloyatida ôqishni afzal kôrishadi.
Hozirgi OTMlar uchun yangi TTJ lar qurish kôp mablaĝ talab qiladi, biz foydalanilmayotgan bino inshoat resurslardan foydalanish kerak
salom alaykum Xushnud aka hozirgi kunda studentlarga hammayam kvartira bermaydi
JAHONGIR Bobojonov
Men ham talabaman meni fikrimcha xususiy talabalar uyi qurilsa yaxshi bo'lardi tadbirkorga berilsa sharoitini to'g'rlab orzon qilib qilib qo'ysa yaxshi
F Inomov
To'g'ri talabalar turar joylari qurish natijasida barcha talabalarni yotoqxona bilan taminlash qiyindir lekin buning natijasida holat ancha yaxshilanadi. Boshqa narsalarga chalg'ishni nima keragi bor? Talabalar turar joylari qurish doimo muhokamada bo'lgan, lekin amaliy xarakatlar esa nolga teng. Agarda bu ishlarni oldindan yani 2-3 yil oldin boshlanganda edi vaziyat bu darajada bo'lmas edi. Ya'ni aytmoqchiman-ki hozir ham faqat gap-gapdan boshqa narsa bo'layotgani yoq. Agar ayni damdan amaliy harakatlar boshlansa bir necha yillardan so'ng mehnatlar zoya ketmaganini ko'rishimiz mumkin.
Ey sekin bo'lsayam bu muammolarni negizidan boshlab hal qilishga harakat qilish kerak. Shunaqa qilinmasakan bugungidek voqealar har joyda vaqt oralab bo'laveradi. Tabiiy boyliklarga boy, xalqi ishchan, cho'pdan daraxt qiladigan, birni ikki qiladigan davlatning ahvolini ko'rib yig'laging keladi
╠B╣╠a╣╠t╣╠i╣
Assalomu alaykum.elektron platforma tuzilishi kerak.Masalan Toshkent shaxri axolisi tomonidan kim uyiga ijarachi qo'ymoqchi bo'lsa uyi haqidagi malumotlarni va ijara haqqi miqdorlarini joylash kerak.Takabalar saytga kirib tanlab olaveradi o'ziga keragini.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men talabaman taklifiz talabalarga muntazam transport joriy qilinsa maxsus faqat talabalar uchun shunda talabalar OTM dan sal uzoq bulsa ham yashayverishadi.
Yana bir iltimos ijara muammosi juda ko'p gapiriladigan muammo. Üni mablag'idan ham hozirgi kumda ijara uy topish muammo bo'lib bormoqda.
Bilakis davlatimiz tomonidan qurilayotgan namunali uylar kabı talabalar uchun ijara summasiga yaqin turar joylar qurilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Talabalarni ko'p vaqti kvartira izlash bilan o'tib ketayapti
Show next 100 comments