This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Assalamu alaykum. Talabalar turar joyini ko'paytirish kerak albatta. Va talabalar turar joyiga mana shu joyga ehtiyoji bo'lganlarni joylash zarur. Ba'zan bunday hollarda sustkashlik holatlari ko'p. Ularni joylab bo'lgandan keyin, oilada ikki yoki undan ortiq kontraktda o'qiydigan talabalarni joylash yaxshi bo'lardi. Yana bir taklif iltimos talabalar joyida turadi degani tayyor ishchi degani emas. Üni ham yotoqxonaga ham fakultetning xo'jalik ishlariga jalb qilish kerak emas. Xo'jalik ishlari uchun mas'ullar bor, bu ularning ıshi. Meni taklifim iltimos talaba ham inson, üni yotoqxonada turgani uchun har qanday ishlariga jalb qilib vaqtini olish, kelajakda Vatanımız uchun bir manfaatli kadrning poydevorini sindirishdir.
Meni asosan taklifim yotoqxonada sharoitlar yaxshi men bilganlarimda albatta. İltimos yotoqxona mas'ullari bu ish sizga ishonib topshirilgan. Talabalar turar joyini muhtoj insonlarga bering. Qanchadir mablag' evaziga o'zingizni ishingizga va vijdoningizga qarshi bormang
Talabalar turgan kvartíralarga qandaydur yengillik va sharoit qilib berish kerak shunday yotoqhona bilan taminlamagan talaba kvartirada bemalol tura oladi kvartira narxi juda qimmat ayniqsa institut va unversitet atrofida sharoiti bólmasa ham qimmat baribir turadi Deb oylaydi keyin talaba bilan sharnoma tuzmaydi daromad soligi tolamaydi ham 4 kishilik honaga 7yo 8ta odam qoyadi katta ehtiol bilan. Bu meni fikrim
Давронбек Тухтабеков
Контейнерлардан фойдаланса арзон бўлади. Худди коронавирус касалхонаси каби. Тез қуриш мм ва мобилизация қилиш ҳам осон. Ижара ҳақи ҳам талаба учун арзон бди
Viloyatlarda bôsh turgan kollej binolarini OTM larga filial sifatida topshirilsa, tasavvur qiling transport, tibbiyot , yuridik va boshqa OTM larni har bir viloyatda filiallari bôlsa, viloyatlardagi talabalarning 60-80 foizi ôz viloyatida ôqishni afzal kôrishadi.
Hozirgi OTMlar uchun yangi TTJ lar qurish kôp mablaĝ talab qiladi, biz foydalanilmayotgan bino inshoat resurslardan foydalanish kerak
salom alaykum Xushnud aka hozirgi kunda studentlarga hammayam kvartira bermaydi
JAHONGIR Bobojonov
Men ham talabaman meni fikrimcha xususiy talabalar uyi qurilsa yaxshi bo'lardi tadbirkorga berilsa sharoitini to'g'rlab orzon qilib qilib qo'ysa yaxshi
F Inomov
To'g'ri talabalar turar joylari qurish natijasida barcha talabalarni yotoqxona bilan taminlash qiyindir lekin buning natijasida holat ancha yaxshilanadi. Boshqa narsalarga chalg'ishni nima keragi bor? Talabalar turar joylari qurish doimo muhokamada bo'lgan, lekin amaliy xarakatlar esa nolga teng. Agarda bu ishlarni oldindan yani 2-3 yil oldin boshlanganda edi vaziyat bu darajada bo'lmas edi. Ya'ni aytmoqchiman-ki hozir ham faqat gap-gapdan boshqa narsa bo'layotgani yoq. Agar ayni damdan amaliy harakatlar boshlansa bir necha yillardan so'ng mehnatlar zoya ketmaganini ko'rishimiz mumkin.
Ey sekin bo'lsayam bu muammolarni negizidan boshlab hal qilishga harakat qilish kerak. Shunaqa qilinmasakan bugungidek voqealar har joyda vaqt oralab bo'laveradi. Tabiiy boyliklarga boy, xalqi ishchan, cho'pdan daraxt qiladigan, birni ikki qiladigan davlatning ahvolini ko'rib yig'laging keladi
╠B╣╠a╣╠t╣╠i╣
Assalomu alaykum.elektron platforma tuzilishi kerak.Masalan Toshkent shaxri axolisi tomonidan kim uyiga ijarachi qo'ymoqchi bo'lsa uyi haqidagi malumotlarni va ijara haqqi miqdorlarini joylash kerak.Takabalar saytga kirib tanlab olaveradi o'ziga keragini.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men talabaman taklifiz talabalarga muntazam transport joriy qilinsa maxsus faqat talabalar uchun shunda talabalar OTM dan sal uzoq bulsa ham yashayverishadi.
Yana bir iltimos ijara muammosi juda ko'p gapiriladigan muammo. Üni mablag'idan ham hozirgi kumda ijara uy topish muammo bo'lib bormoqda.
Bilakis davlatimiz tomonidan qurilayotgan namunali uylar kabı talabalar uchun ijara summasiga yaqin turar joylar qurilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Talabalarni ko'p vaqti kvartira izlash bilan o'tib ketayapti
Men talabaman masalan kivartirasini sharoiti yaxshi bo'lmasa baribir sharoit qilish qiyintku hammaga shaorit qiyin bu vaziyat og'ir
Албатта бир иш бошлаш учун, бир фожиа бўлиши шартми?
Қачонлардан бери айтилёбди бу муоммо.
Касални даволагандан кўра олдини олган авфзал.
Universitet atrofida kvartera narxlari ancha yuqori.Agar talabalar uchun avtobus yoʻl kirasini bepul qilsa, uzoqiroq joylardan oʻzlari topib oladilar arzon kvarteralarni
Marg'uba Ermatova
Тугри,хамма ОТМ ётокхона куриши керак. ОТМ га якин жойга,яъни худудини ичига. Шунда хар томонлама ОТМ укитувчилари учун уз талабаларини назорат килиш осон булади
AZIZBEK Eshmurodov
Kvartira ayniqsa òğil bolalarga topiwni umuman iloji yoq wuniham kòrib chiqiw kere
Marg'uba Ermatova
ОТМлар кредит олиб ётокхона курса булади
Toshkent shaxri misolida olsak.: Maklerlar otning kallasidek narxga uy topishadi va shu arzimagan ishi uchun katta pul oladi, o'z navbatida talaba va ijarachi o'rtasidagi huquq va majburiyatlar ham nazoratdan chiqib ketadi, 1 kursga kelgan va shart - sharoitlarni yaxshi bilmagan talabalar iste`molchilik huquqlari buziladi, ulardan oldindan to'lovlarni undirib olish va boshqa qo'shimcha shart - sharoitlar talab qilinadi.
Shundog'am puli yetadi
Ikki yilda xarajatini chiqarib oladi bemalol
ElMaBoM
Тендирдан уй жой куриш учун анча мунча югуришади куллаб кувватлашади маблаг сарфлашади ютиб олишга
Биздагилар фойдани кетидан шунака чопишади
Талабалар фожиасидан кейин бундай масалалар вактинчалик куриб чикилади деб уйлайман
Яна билмадим
Талабалар учун шароитлар яратишга хали ааааанча бор
Show next 100 comments