This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
《G.Qodirova》
Talabalarni turar joy bilan ta‘minlash masalasi tezroq hal qilinishi kerak.Buning uchun bu fojiani kutish shart emasdi.Siti-pitilar qurguncha bechora talabalarni ham avvalroq o‘ylash kerak edi.Talabalar uchun arzonroq yashash uylari qurgan tadbirkorlar zarar ko‘rmasa kerak
Dilnoza Radjabova Ziyodilloyevna
Talabani kõpaytiryapmizu lekin qayerda yotib turadi hech kimni ishi yõq
🌹🌹🌹🌹
Вилоятларда ахоли сонидан келиб чикиб институт ва университет филиалларини очиш керак. Шунда улар тошкентда ота-онасидан узокда булмайди. Бу мени фикрим. Айникса кизлар ота-онаси енида булади.
Kontrakt biznesidan davlat foyda qilishdan ko‘ra , kam ,sifatli kadrlar chiqarsin , nima kerak 100 ta cho‘pon o‘rniga 1ta dasturchi chiqarishsin. Talabalar Toshkent shaxriga o‘quv yili boshida xar oy 2mlndan pul sarflaydi kamida 3 oy . Talabani oilasi o‘qitish uchun 3-4 oy moddiy siqilishga olib keladi. Davlat organlari xodimlarini 40 % chet elda o‘qib kelgan ,katta lavozimdagi amaldorlar . Ular talabalar bilan ishi ham yo‘q , davlat xalqaro qarzlari uchun kunma-kun yangi qonunlarni o‘ylab topishadi .O‘zbekiston ta‘lim sifatini Sobiq Sovet davridagi ta‘lim bn xech nimaga erisha olmasligimizni qachon tushinib yetganda rivojlanamiz.ungacha yig‘ilish, majlis,selektor lar o‘tkazib yuraveramiz . Aniq maqsadsiz harakat qilyabmiz , xcitylar qurib , shu pulni ta'limga kiritishsin.....
https://t.me/maksudkhon/464 shu maqolada yaxshi fikrlar bayon qilingan.
Men TDTU da 1-kursda o'qiyman 250$ ga 5 kishi kamunal to'lovlarning barchasini o'zimiz to'laymiz. Beltepada turamiz 1 oyda o'rtacha 90 000 so'm yo'l kiraga sarflaymiz. Yeb ichishga ham 300 000 so'm. Umiy hisoblaganda 1 kishiga 1 oyga 1 mln so'm ketiyapti. Shuni o'ylagan holda TTJ dan bo'lmasa ham institutga yaqin joyga arzonroqga kvartira topib beradigan biron tizim joriy etilsa yaxshi bo‘lardi.
Oʻrol
Talabalar uchun avtobus ajratsa boʻladiku
Haa bo'ladi. Yaxshi bo'lardi shunday bo'lsa
Ttjdagi 2kishili xonalarni 3kishiga moljallawtrsa ham boladi.
Men xam talabaman Toshkentga borishga yuragim bezillaydi.Klop bosib ketgan xamma joyi. Qo'yliqdan o'tgandan massiv 5-6 oralarida yo'l narigi tomoniga bo'sh joylarga talabalar shaxarchasini qurish kerak nima keragi bor akay siti, tashkent sitilarni talabalarga turar joyi berishsin undan kora.O'sha shaharchaga aftobuslar qo'yilsa yoshlar qatnab o'qiyverishardi. Mening orzuim shu.
Yaxshisi stipendiya oshirish kk shunda talabalarda kvartira muammosi bo‘lmasdi
Murod Isanov
Namangan viloyati hokimi uyi kabi kontenerlardan turar joylar sonini ko'paytirish mumkin
Gulhayo Abdiraxmonovna🖤
Ttjdagi 2kishili xonalarni 3kishiga moljallawtrsa ham boladi.
3 kishi emas 4 kishiga mo'ljallasa ham sig'maydi ikkinchidan gigienik jixatdan bunday qilinmagani maqul
Dilfuza Raximova
Электрон тизимини жорий этиш яхши таклиф, буни тезрок амалга ошириш зарур.
Мени фарзандимТурин политехника университетда укийди бу олийгохда хозирда етохона умуман йук экан,2 хафтадан буен ижарага Уй топиш учун юрибди, биз хавтирда яшаяпмиз
Aynan shu bo‘yicha men biznes plan qilganman tezzz sifatli kop sig‘imga ega bo‘ladigan talabalar uylarni qurish bo‘yicha lekin unga meni pulim yetmaydi qayerga , kimga murojaat qilsam bo‘ladi shu masala bo‘yicha juda qulaylik bo‘lar edi talabalar uchun kim yordam beroladi!
Assalomu alaykum kvartira muammosi o‘g‘il bola talabalar o‘rtasida juda ham muammoli. Nega kvartira egalari o‘gil bolalar hammasi yaxshi tutmaydi xonani deb o‘ylaydi, lekin hamma bolalar ham birdek emas.
Taklif:Davlat ro‘yxatida turgan ishlanmay yotgan binolarni har bir OTM yoki hususiy tadbirkorlar o‘z sharoitidan va talabalarga qulaylik jihatdan kelib chiqqan holda binolarni sotib olib rekonstruksiya qilib topshirsa balki biz kabi o‘rtahol oila farzandlari ham sarson bo‘lib kvartira qidirib yurmasdi va qimmat kvartirada yashab ota onasini ham ancha pulini tejardi
Avvalambor assalomu alaykum. Mani taklifim Hozirgi kunda qurilayotgan kop qavatli uylar majmuasidan bir qismini talabalar uchun arzonlashtirilgan turar joy sifatida davlat qaramoĝiga otkazish kerak
シ ℳγ ℳ๐τHεℜ 彡 ℳγ LιFε ツ
Енгил конструксияли уйлар,еки Занготадаги контейнерлардан фойдаланиш керак
AKHMEDOV
Xushnidbek aka bit gapno noto'gri aytdiz talabalarga maqsadli kvartiralar qurish vaqt o'lsa ham to'liq qoplamasa ham qurish kerak.. faqat bugunning muommosi bo'lib qolmaydi bu..
Давлат ётоқхоналар қуриш учун қанча зарур бўлса шунча маблағ ажратиши керак ва талабалар учун мутлақо бепул бўлиши шарт.Келажак ёшларники ҳаммамизнинг болаларимиз бор.Эртанги президент,вазир,шифокор,ўқитувчи ва барча касб эгалари ёшлар-ку? Нима учун кўпгина самарасиз лойиҳаларга ажратилган маблағ ётоқхоналар қуриш учун топилмаяпти?
Show next 100 comments