This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Oʻrol
Talabalar uchun avtobus ajratsa boʻladiku
Haa bo'ladi. Yaxshi bo'lardi shunday bo'lsa
Ttjdagi 2kishili xonalarni 3kishiga moljallawtrsa ham boladi.
Men xam talabaman Toshkentga borishga yuragim bezillaydi.Klop bosib ketgan xamma joyi. Qo'yliqdan o'tgandan massiv 5-6 oralarida yo'l narigi tomoniga bo'sh joylarga talabalar shaxarchasini qurish kerak nima keragi bor akay siti, tashkent sitilarni talabalarga turar joyi berishsin undan kora.O'sha shaharchaga aftobuslar qo'yilsa yoshlar qatnab o'qiyverishardi. Mening orzuim shu.
Yaxshisi stipendiya oshirish kk shunda talabalarda kvartira muammosi bo‘lmasdi
Murod Isanov
Namangan viloyati hokimi uyi kabi kontenerlardan turar joylar sonini ko'paytirish mumkin
Gulhayo Abdiraxmonovna🖤
Ttjdagi 2kishili xonalarni 3kishiga moljallawtrsa ham boladi.
3 kishi emas 4 kishiga mo'ljallasa ham sig'maydi ikkinchidan gigienik jixatdan bunday qilinmagani maqul
Dilfuza Raximova
Электрон тизимини жорий этиш яхши таклиф, буни тезрок амалга ошириш зарур.
Мени фарзандимТурин политехника университетда укийди бу олийгохда хозирда етохона умуман йук экан,2 хафтадан буен ижарага Уй топиш учун юрибди, биз хавтирда яшаяпмиз
Aynan shu bo‘yicha men biznes plan qilganman tezzz sifatli kop sig‘imga ega bo‘ladigan talabalar uylarni qurish bo‘yicha lekin unga meni pulim yetmaydi qayerga , kimga murojaat qilsam bo‘ladi shu masala bo‘yicha juda qulaylik bo‘lar edi talabalar uchun kim yordam beroladi!
Assalomu alaykum kvartira muammosi o‘g‘il bola talabalar o‘rtasida juda ham muammoli. Nega kvartira egalari o‘gil bolalar hammasi yaxshi tutmaydi xonani deb o‘ylaydi, lekin hamma bolalar ham birdek emas.
Taklif:Davlat ro‘yxatida turgan ishlanmay yotgan binolarni har bir OTM yoki hususiy tadbirkorlar o‘z sharoitidan va talabalarga qulaylik jihatdan kelib chiqqan holda binolarni sotib olib rekonstruksiya qilib topshirsa balki biz kabi o‘rtahol oila farzandlari ham sarson bo‘lib kvartira qidirib yurmasdi va qimmat kvartirada yashab ota onasini ham ancha pulini tejardi
Avvalambor assalomu alaykum. Mani taklifim Hozirgi kunda qurilayotgan kop qavatli uylar majmuasidan bir qismini talabalar uchun arzonlashtirilgan turar joy sifatida davlat qaramoĝiga otkazish kerak
シ ℳγ ℳ๐τHεℜ 彡 ℳγ LιFε ツ
Енгил конструксияли уйлар,еки Занготадаги контейнерлардан фойдаланиш керак
AKHMEDOV
Xushnidbek aka bit gapno noto'gri aytdiz talabalarga maqsadli kvartiralar qurish vaqt o'lsa ham to'liq qoplamasa ham qurish kerak.. faqat bugunning muommosi bo'lib qolmaydi bu..
Давлат ётоқхоналар қуриш учун қанча зарур бўлса шунча маблағ ажратиши керак ва талабалар учун мутлақо бепул бўлиши шарт.Келажак ёшларники ҳаммамизнинг болаларимиз бор.Эртанги президент,вазир,шифокор,ўқитувчи ва барча касб эгалари ёшлар-ку? Нима учун кўпгина самарасиз лойиҳаларга ажратилган маблағ ётоқхоналар қуриш учун топилмаяпти?
シ ℳγ ℳ๐τHεℜ 彡 ℳγ LιFε ツ
Енгил конструксияли уйлар,еки Занготадаги контейнерлардан фойдаланиш керак
Шунга ухшаш нарсалардан фойдаланса яхши боларди шахарни уртасида контейнер эмас, балки янги бинолар куриб топширишса яхши боларди
Qaysi oliy o'quv yurtiga bo'lishidan qat'iy nazar yuqori ball bilan kirgan talaba Toshkentga kelganidan so'ng birinchi bo'lib uning ro'hiyatini sindiradigan holat bu uning "kvartira" topa olmasligi, ikkinchisi esa, oliy o'quv yurtiga qatnab yo'lda umri o'tib ketayotganidan vijdon azobi va universitetdagi tizimdir. Misol uchun Tdyuda yotoqxona joy kamligidan talabalarini yarmidan ko'pi koko'chada sarson. Turli oliy o'quv yurtini 5 6ta talabasi 1 yoki 2 xonali kv da palon pulga turganidan kiyin dars sifati qanday bo'lardi. Meni subyektiv fikrim shuki, talabalarga o'qish tizimini masofaviy yoki ananaviy tanlash imkonini berish kerak va talabni qattiq qo'yish zarur. Hududlarga optik tolali WiFi larni olib borish maqsadga muvofiq. Har holda bu yotoqxona qurib berishdan arzonroq tushadi. Shunda o'zida xohish bo'lgan, yuqori ball to'plab kirgan talabaning ro'hiyati sinmasdan o'z uyida fanni samarali o'rganishi davom ettirishi mumkin. Qani endi imkon bo'lsa Universitetning ichida talabalarga qulay yotxona va ichida sport bilan qisman mashxo'l bo'lishlari uchun dala sport maydonchasi qurib berilsa(JIDU dagidek, Shaxsan men JIDU kutibxonasida ertalabgacha dars qilib chiqqan xolatlarim ham bo'lgan, chunki kutubxonasi 24 soat ishlaydi va boshqa talabalarga ham kirishga ruxsat berardi. O'qishni xoxlagan talablar uchun ajoyib qulaylik.) Xullas hamma oliy o'quv yurtida bunday imkoniyatni qilish imkonsiz. Shu sababli yuqoridagi fikrimni maqullayman.
Хоразм
Таклифим талабаларни ижарга куйган ижарачиларни даромад солигидан озод килиш буйича карор чикариш назоратини давлат хизматларигами ё бошкагами юклаш юклаш МИБ буганда улар бцларди
Хушнудбек сизга раҳмат. Талабалар учун энг кўп қайғурадиган инсонлардан бирисиз. Мен талаба эмасман. Талабалик даври қийинчиликларини тушунаман. Битта таклиф электрон излаш яхши. Кимдир жой борлигини айтади. Кимдир жой кераклигини ёзади. Ажойиб
Rustamjon
Талабалар бу борада сарсон саргадон.Хеч ким бу маслада чин дилдан бош қотирмайди. Бу масалага давлат даражасидаги эътибор керак.Фақат квоталарни ошириш эмас,балки уларнинг ўқиши учун заруршароитлар ҳам яратиш керак.Хусусий тадбиркорларни шу сохага жалб қилиш керак.Уларга имтиёзлар бериш керак.Шахсан мени 3 нафар фарзандим талаба. Мен учун бу мухим масала,чунки муаммларни ўз кўзим билан кўриб турибман
Asslaom alaykum. Talabalar turar joyi kerak, ularga sharoit yaratiw kerak digani bilan muammolar hal bolavermaydi. Hamma narsa faqat ogizda qolib ketmasligi shart va zarur. Koproq joy ajratiw kerek. Tjy borasidayam faqat birinchi kursda beriladi( undayam judaham qiyin oliw muammolar) yana 2kursdayam soni cheklangan va uzoq joydagi yotoqxonadan joy ajratiladi. Kvartirlar borasida esa judayam kop muammoli vaziyatlar. Oquv joyiga yaqin kvlar qimmat. Uzoq joydagilar bilan bir xil. Yaqindagilarni qimmatligini tuwunsa boladi lekin uzoq masofaga yana yol haqi tolab boriw har qanday talaba uchun qiyin bolsa kerak. Shuning uchun uzoqdagi kvlar arzonlawtirsa yaxshi boladi
Show next 100 comments