Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
@engkopquiztestlar
Yangi kirganlar📢📢📢📢📢📢📢📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔
Ogoh bo'ling!
Ilm- bir kunlik toat-ibodatga tenglashtirilgan. Ilm yo'lida guruhimiz rivojiga hissa qo'shing👆
Agar kvartirasiga talabalarni qòygani uchun ularga soliq tomonidan yoki boshqa bir tomondan imtiyozlar berilsa, kòpchilik talabalarni kvartirasiga qòygan bòlar edi
Ammo men juda qaysarman va tirishqoqman. Bir narsanj aytdimmi, amalga oshirmagunimcha qo'ymayman. Siz bilan bog'lanishim kerak ustoz. Meni shogird qilib oling
@Shakhrizoda2006
Ustoz bu sizning lichkangizmi chindan ham?
Yoki sizga havas qilgan havaskornikimi?
Boyagi taklifim yerda qolmasin. Shogirdlikka olishni o'ylab ko'ring
1. Har bir OTMining iloji boricha talabalarning aksarini ( 60-70% ini) qamrab oladigan TTJ isi bólishi lozim. (Tóg'ri, davlat budjetining sarflanadigan órinlari juda kóp. TTJ qurish, uni davomiy tarzda yaxshi holatda ushlab turish iqtisodiy jihatdan ancha mushkul ish. Ammo, bu masalani hal qilish uchun bir taklifim bor: TTJ da turishga munosib ( iqtisodiy jihati shuni taqozo qiladi) deb topilgan talabalar bilan shartnoma tuzish kerak, ya'ni, ular ishlay boshlagandan sóng oylik maoshining 1 yoki 2 yoki 3 % izi aynan ana shu TTJ lar hisobiga ótkazilishi borasida shartnoma tuzish kerak. Shunda har ikki tomonga: ham talabaga, ham TTJ budjetiga foyda bóladi.
2. Yuqorida aytib ótilganidek OTM larni barcha viloyatlar bóylab tashkil qilishni yólga qóyish kerak. Hozirda aksar OTM lar Toshkent shahrida. Shundoq ham Respublika markaziligi, iqtisodiy jihatdan boshqa viloyatlarga nisbatan ancha boyligi (ya'ni ish órinlar kóp, pul topish osonroq) sababli butun viloyatlardan odamlar oqib keladi. Natijada istasangiz-istamasangiz ijara narxlari qimmatlashadi. Shuning uchun har bir OTM ining viloyatlarda filiallari bólishi kerak. (Viloyatlarga borib ishlaydigan kadr yóq yoki yetishmaydi, deya e'tiroz qilinishi mumkin. Biroq, shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, OTM larda dars berayotgan ustozlar, doktorlar, professorlarning aksariyati Toshkent shahridan emas. Shunchaki ularga yaxshi sharoit yaratib berilsa bas, qaytanga yaqinlardan uzoqda yurib qiynalishmaydi.
3. Kópchilik ijaraga arzonroq uy topib berish kerak, deyapti. Lekin, bir narsani unutmaylik, uylarning narxi arzon emas. Ijaraga bermoqchi bólayotgan uy egasi ham ósha puliga bolamni boqay, óg'limni, qizimni kontraktini tólay deydi. Siz ózingiz bólsangiz ham iloji boricha qimmatroq pulga ijaraga qóyay deysiz. Xóp unda nima qilish kerak, deyishingiz mumkin. Mening taklifim, avvalo, uylar narxini arzonlashtirishga harakat qilish kerak. E'tibor beraylik, har kuni internetda uy-joylar reklama qilinadi. Biroq, kun sayin qimmatlab boryapti. Talab taklifdan qancha kóp bólsa, tovar shuncha qimmatlashadi. Aksincha bólsa, shuncha arzonlashadi. Fikrimcha, uylarni kóproq qurib narxlarini arzonlashtirishga e'tibor qaratish kerak. Shunda faqat talabalarning emas, balki, ikki uchta óg'li bilan bitta uyda yashayotganlarning ham muammolari hal bóladi.
4. Kópchilik ijara beruvchilar, ijaraga oluvchi kim, oilami yoki talaba, deydi. Nima uchun bunday deydi, deb óylaysiz. Oila tursa, uyimni yaxshi saqlaydi, toza-ozoda tutadi, muammo chiqarmaydi, deydi. Talaba desangiz, kózining oldidan boshqacha manzara ótadi. Demak, avvalo, ana shu manzarani tóg'irlash kerak. Ósha salbiy fikrni ózgartish kerak. Buning uchun talabalar tozalik qoidalariga rioya qilishsa, odob-axloqli bólsalar, qóshnilar bilan yaxshi munosabatda bólsalar bas. Demak, bu borada talabalarning ham aybi yóq emas. (Talabalarni yomonlayapti deb óylamang. Meni ózim ham talabaman)
5. Ijaraga bermoqchi bólayotganlar ham bir oz arzonlashtirib bersalar yaxshi bólardi. Shuni tushuntirish kerak. Axir ózlari ham talaba bólishgan. Yoki talaba farzandalari bólishi mumkin.
Nima bólganda ham bu masala qanchalik sifatli hal qilinsa, ilm ahliga nechog'lik e'tibor berilsa, ilm shuncha rivojlanadi, yurt shuncha farovon bóladi.