This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Bunaqa maklerlik xizmatini DXM ga yuklash kerak. Faqat talabalar uchun.
отдуши
Ассаломуалайкум ман узим хам талабаман. ТТЖ да яшаб курганман.ТТЖ да шароитлар яхши бу шароитлар учун давлат куп пул сарф қилган.Лекин шароитларни камроқ қилиб оддийроқ ттж қурса булмайдими.Мени курсдошларим 3 соат юл юрадиганлари хам бор бу жуда куп вақт.Бундай талабалар албатта вақти хам пули хам куп сарф булади натежада уқиш сифати пасаяди. Мени таклифим оддий шароитли ттж қурилса яхшибуларди ва давлатни хам пули камроқ сарф булади купроқ ттж қурса булади.
Кодирали
Хар сафар комментария очсангиз ётокхона масаласини ёзиб чарчадим, лекин Яна ёзорамиз
Xushnudbek aka bu muammoni xal qilishning yana bir yo‘li talabalar turgan kvartiralarni soliqlardan ozod etishsa balkim kvartiralar narxi tusharmidi va ko‘pchilik ham talabalarga kvartiralarini berar edimi
Shu guruhni yuksaltirsak zo'r bo'lardi. Kommentariyada yozishishdan ko'ra guruhga kiringlar. Savol-javob qilamiz
@engkopquiztestlar
@engkopquiztestlar Savollarning bari Zakreplyonniyda👆👆👆👆
Yangi kirganlar📢📢📢📢📢📢📢📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔
Ogoh bo'ling!
Ilm- bir kunlik toat-ibodatga tenglashtirilgan. Ilm yo'lida guruhimiz rivojiga hissa qo'shing👆
Assalomu aleykum, men talabalar yanvar oyida o'qishga qaytgan vaqtni o'zidayoq yuzaga kelayotgan muammo yuzasidan yechim haqida o'ylab ko'rib, turli xildagi variantlarni tuzib chiqishga harakat qildim. Agar siz uchun bu ahamiyatli bo'lsa bafurja aytib berishim kerak bo'ladi, balki meni aqlim yetmagan kamchiliklari bordir, ularni tuzatishda sizdan fikr chiqar. Agar shu muammoni hal qilishda ozgina bo'lsada yordamim tegsa xursand bo'lar edim. +998973254010 - Mehroj Kuldashev
Koroche ideani biri keldi:😎
Agar kvartirasiga talabalarni qòygani uchun ularga soliq tomonidan yoki boshqa bir tomondan imtiyozlar berilsa, kòpchilik talabalarni kvartirasiga qòygan bòlar edi
Бакиев Эркин
Бу хам энди укитувчи бечорага юкланади-кураторига Хушнудбой.
Salom ha bu mavzu menga bir necha yil oldin judda kk edi lekin u yillar ortda qoldi.Shunday bolsada o'z fikrimni aytmoqchiman.elektron tizim faqat talabbalar uchun yaratilsin va xizmat tolovi xam bo'lmsin shundagina bir foydasi yordami boladi talabalarga. Talabaligimda 4 yil mobaynida naqt 6 marta kochkanman hatto 🤪1 kunda 2 marta kochishga togri kelgan va noqulay otta noqulay vaziyatlar yuzaga kelgan. Bu muomolarni aytsam noligan bolib qolmay xullas talabalarga arzon qulay OTMga yaqin turar joy bolishi uchun xarak qilib natija bolsin boldi.Elktron tizim eng qulay va hozirgi sharoitda eng kamharj va natijali menimcha.Kamentda o'qidim soliqlardan ozod qilishxam ajoyib goya yannada osonlashadi.
Assalomu alaykum menda ham bir fikr bor edi . Menimcha turar joy muommosi shu yillarda yanada kopayib ketdi bunga sabablardan biri 5 ta joyga kirish imkoni berilgani kopchilikni bali oz yashash joyidan uzoqqa togri kelib qolgani va u osha yerda qolib oqishga majbur boladi . Agarda shularga oziga yaqin joyga yonalishi togri kelsa kochirib otkazishga ruhsat berib yaodam berilsa ham oz bolsada muommo bartaraf Etihad deb oylayman
Assalomu aleykum hammaga. Xushnudbek aka sizga bir necha savollarim bor edi. Men bo'lajak huquqshunosmsn. Olimpiadada viloyat bosqichi g'olibiman huquq fani bo'yicha. Men ham sizdek yurist bo'lmoqchiman. Sizga shogird tushsam shogirdlikka olasizmi?😊☺
Ammo men juda qaysarman va tirishqoqman. Bir narsanj aytdimmi, amalga oshirmagunimcha qo'ymayman. Siz bilan bog'lanishim kerak ustoz. Meni shogird qilib oling
@Shakhrizoda2006
Бакиев Эркин
Бу хам энди укитувчи бечорага юкланади-кураторига Хушнудбой.
туппа тугри тепадагила факат мажлис килиб буйрукни беришади куратор текинга югур югурда юруради
@Xushnudbek_Xudoyberdiyev1
Ustoz bu sizning lichkangizmi chindan ham?
Yoki sizga havas qilgan havaskornikimi?
Boyagi taklifim yerda qolmasin. Shogirdlikka olishni o'ylab ko'ring
Mahammatova N
Doim kech harakat qilinadi,biror katta fojia yuz beradi,so'ng e'tibor,choralar... Essiz shunday aqlli yigitlar.Ikkita o'glim Toshkentda,student,yuragimizni hovuchlab turamiz Olloh o'zi adrasiz,Yotoq muammosinini bilaman.Ayniqsa,chetdan talabalar ko'chirilgach ,bu muammo yanada avjga chiqdi,o'qishlar ikki smenaga aylandi.Sifat buzildi...
Humoyun Nodirov
Assalomu alaykum. Haqiqatda talabalar turar joyi masalasi juda dolzarb. Ilmni rivoljlantirish uchun, avvalo, ilm ahliga qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Mening shu yurtning bir fuqarosi sifatida mazkur muammoni hal etishi mumkin deb bilgan choralarim quyidagilar:
1. Har bir OTMining iloji boricha talabalarning aksarini ( 60-70% ini) qamrab oladigan TTJ isi bólishi lozim. (Tóg'ri, davlat budjetining sarflanadigan órinlari juda kóp. TTJ qurish, uni davomiy tarzda yaxshi holatda ushlab turish iqtisodiy jihatdan ancha mushkul ish. Ammo, bu masalani hal qilish uchun bir taklifim bor: TTJ da turishga munosib ( iqtisodiy jihati shuni taqozo qiladi) deb topilgan talabalar bilan shartnoma tuzish kerak, ya'ni, ular ishlay boshlagandan sóng oylik maoshining 1 yoki 2 yoki 3 % izi aynan ana shu TTJ lar hisobiga ótkazilishi borasida shartnoma tuzish kerak. Shunda har ikki tomonga: ham talabaga, ham TTJ budjetiga foyda bóladi.
2. Yuqorida aytib ótilganidek OTM larni barcha viloyatlar bóylab tashkil qilishni yólga qóyish kerak. Hozirda aksar OTM lar Toshkent shahrida. Shundoq ham Respublika markaziligi, iqtisodiy jihatdan boshqa viloyatlarga nisbatan ancha boyligi (ya'ni ish órinlar kóp, pul topish osonroq) sababli butun viloyatlardan odamlar oqib keladi. Natijada istasangiz-istamasangiz ijara narxlari qimmatlashadi. Shuning uchun har bir OTM ining viloyatlarda filiallari bólishi kerak. (Viloyatlarga borib ishlaydigan kadr yóq yoki yetishmaydi, deya e'tiroz qilinishi mumkin. Biroq, shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, OTM larda dars berayotgan ustozlar, doktorlar, professorlarning aksariyati Toshkent shahridan emas. Shunchaki ularga yaxshi sharoit yaratib berilsa bas, qaytanga yaqinlardan uzoqda yurib qiynalishmaydi.
3. Kópchilik ijaraga arzonroq uy topib berish kerak, deyapti. Lekin, bir narsani unutmaylik, uylarning narxi arzon emas. Ijaraga bermoqchi bólayotgan uy egasi ham ósha puliga bolamni boqay, óg'limni, qizimni kontraktini tólay deydi. Siz ózingiz bólsangiz ham iloji boricha qimmatroq pulga ijaraga qóyay deysiz. Xóp unda nima qilish kerak, deyishingiz mumkin. Mening taklifim, avvalo, uylar narxini arzonlashtirishga harakat qilish kerak. E'tibor beraylik, har kuni internetda uy-joylar reklama qilinadi. Biroq, kun sayin qimmatlab boryapti. Talab taklifdan qancha kóp bólsa, tovar shuncha qimmatlashadi. Aksincha bólsa, shuncha arzonlashadi. Fikrimcha, uylarni kóproq qurib narxlarini arzonlashtirishga e'tibor qaratish kerak. Shunda faqat talabalarning emas, balki, ikki uchta óg'li bilan bitta uyda yashayotganlarning ham muammolari hal bóladi.
4. Kópchilik ijara beruvchilar, ijaraga oluvchi kim, oilami yoki talaba, deydi. Nima uchun bunday deydi, deb óylaysiz. Oila tursa, uyimni yaxshi saqlaydi, toza-ozoda tutadi, muammo chiqarmaydi, deydi. Talaba desangiz, kózining oldidan boshqacha manzara ótadi. Demak, avvalo, ana shu manzarani tóg'irlash kerak. Ósha salbiy fikrni ózgartish kerak. Buning uchun talabalar tozalik qoidalariga rioya qilishsa, odob-axloqli bólsalar, qóshnilar bilan yaxshi munosabatda bólsalar bas. Demak, bu borada talabalarning ham aybi yóq emas. (Talabalarni yomonlayapti deb óylamang. Meni ózim ham talabaman)
5. Ijaraga bermoqchi bólayotganlar ham bir oz arzonlashtirib bersalar yaxshi bólardi. Shuni tushuntirish kerak. Axir ózlari ham talaba bólishgan. Yoki talaba farzandalari bólishi mumkin.
Nima bólganda ham bu masala qanchalik sifatli hal qilinsa, ilm ahliga nechog'lik e'tibor berilsa, ilm shuncha rivojlanadi, yurt shuncha farovon bóladi.
Assalomu alaykum! Meni taklifim kim uyiga talabani ijaraga qoysa qandaydir uyga tegiwli bolgan soliqdan ozod qilinsa narxi belgilangan holda
Faqat Toshkentda yangi oliygohlarni ochavermasdan viloyatlardayam ochish kk Navoiyda Buxoroda boshqa joylarda ochish kk bizni rahbarla faqat toshkentga yopishib qogan
Show next 100 comments