This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Jasur
Bjj
Assalomu aleykum aka shu yuqorida aytgan proyiktni biz qilib bersak buladimi yoki kimdir qilobdimi
Assalomu aleykum men ham 6 yil Toshkentda yashaganman. Hatto kvartira topishga qiynalgan paytlarimiz bo'lgan. Maklerlar orqali narxi va manzili jihatdan qulay uylar izlar edik. Mening taklifim, imkoni bo'lsa metsenat.uz loyihasi kabi domstudent.uz / hostfamily.uz kabi loyiha tuzish kerak. Loyiha shaffof, ishonchlili, xavfsizlik xodimlari va jamoatchilik nazorati ostida ishlansa, nisbattan samarasini beradi. Makler puli kabi talaba uchun ortiqcha chiqimlar, Kvartirada turadigan talabalarni monitoringgi kabi rasmiyatchiliklar, ishonchli ijarachilarni topish, propiskaga qo'yish, kvartirantlar soni muammolari birmuncha bartaraf etilishi mumkin. Toshkentda shunday rayonlar borki talabalar yaqin joyiga ham bormasin deysiz. Loyiha asosan hududga qarab, mahalla posbonlari nazoratini kuchaytirgan holda bo'lsa, shu kabi rayonlar hma yaxshilanib ketar edi.
Zafar
1.Талабалар мехмонхонаси (хостел) қуриш керак қурган қурувчига хам, тадбиркорга хам, имтиёзни хамма нарсага бериш керак.
2.Olx.uz,уйбор.уз да талабалар учун бериладиган уйлар тўғрисида блок очиш керак уйни нотариус орқали энг ками бир йилга ижарага бериш керак.Уй эгасига солиқдан, комунал туловлардан имтиёз бериш еерае.
Assalomualaykum men milliy unversiteti 1chi bosqich talabasiman oylamizda 3ta kantirak amo menga joy berilmaga lekin opshitada men bilaman bujet va o‘rta miyona hatoki boyroq bollar ham bor buni qanday tushunish kk uyda dada odiy fermer va bir o‘zlari ishlaydilar bir o‘zlari 15000000 so‘m pul va yana yashashga yana shuncha bu nimasi kim tasavur qiloladi
Xususiy yotoqxonalar qurish kerak
Nilufar Tojibоyeva
Махалла прафилактика инспектори ... ижарадаги талабаларга яна к,ийин буларканда
Маклерларнинг ўрнига университетнинг ўзи талабаларга жой топиб бериши ва ижара берувчилар билан талабалар ўртасида қайсидир маънода воситачиликни йўлга қўйиши керак.
Assalomu alaykum! Bugungi kunda talaba uchun kvartira topish juda muommo bo‘layabdi, kvartira topib borganingizda ham talaba ekanliginizni bilgach, talabani qo‘ymayman degan javob bilan qaytishadi. Topilganda narxi qimmat bo‘ladi, kiyin talaba nima qiladi? U o‘qishni o‘ylamaydi pul topishni o‘yladi.
Ha yana bir narsa bor maklerlar o‘yini. Bi ikki oy turgandan so‘ng chiqiylar uy sotiladi deydi. Kiyin ular yana boshqani qo‘yadida 50dollor pulini oladi, shu bilan yana qo‘shimcha pul ishlashadi...
Shu masala bilan shug‘ilanadigan alohida tashkilot tuzish kerak.
Farruxbek
Juda kop takliflarda ortiqcha qogozbozlikdan boshqa narsa keltirilmagan. Agar yolga qoyilsa ham 3 yoki 4 yil ish beradi xolos. Xususiy xostellar boshqa narsa shuni oylab korish kk. Ijara hamisha bolgan bolib qoladi. Lekin shartnoma qilishmidi. Sababi katta ehtimol bilan soliq tolashdan qochiladi. Taklifim ijara beruvchilarni ijara daromadi soligidan ozod qilish. Shunda soliq qomitasini ozida ijarada yashovchi talabalarnjng elektron royhati tayyor boladi. Shubroyhatni ichki ishlargayam talim vazirligigayam beriladi tamom
Тошкентдаги курилишларни бир киши секин аста назоратига олмокда ва у кишини фирмалари барча курилишларни курмокда.
Тугриси билмай колаяпман.
Кассаапаратни узгартириш керак деб кимнингдир фирмаси олиб кирган кассаапаратлар жорий килинган эди.
Талабаларга турар жой керак деб бошланган гоя аслида кимнингдир бошка максадда бошлаган гоясига ухшайди.
S.S.Abdurasulov.
Фикр билдириш жойи тугрими
Ashur Norqulov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Fikrlarizga qushilaman yaxshi bulardi siz aytgandek Toshkent da qilish mumkin lekin viloyatlardaham joriy bulsa yaxshi bulardi Sirdaryo viloyat Yangiyer shaharda uqiymiz Qashqadaryo viloyat dan kelib uqiymiz kvartira muammosi juda qiyin
S.S.Abdurasulov.
Хакикат таалабар турар жойини укийдиган олий таълим муассаси текшириш керак кизимга жой сураганмиз ётокхона бермаганди афсус кизим 2019 йил автохалокат туфайли оламдан утди таълим вазирли эътирлирок булса яхш и буларди
Assalomu alaykum Xushnud aka. Asosiysi talabalardan propiska sòrashmasin pps hodimlari. Talabalik guvohnomasini kòrsatishni òzi yetarlik qilib qòyishsin ILTIMOS.
Aziza Sh
Менимча вилоятларда барча отм.ларни филиалларини очиб ,пойтахтга вилоятлардан укишга бориш шарт эмас, биз оналар хам хотиржам буламиз.
Ётокхона куриш кк.
O'tgan yili ushbu muammo yuzasidan bir loyiha qilgandim amma ko'pchilikka yoqmadi ammo mana Shu yil joy masalasi muammosi keskin yuqoriladi. Demak mani fikrimcha Talabalar mehmonxonasi tashkil etish kerak va bu mehmonxona barchaga sharoitlarga mos holda va albatta narx jihatidan barchaga maqul keladigan bulishi Kutubxona,oshxona...
Adham
Zangotadagi bolnitsadagidaqa konteyner uylar qurish, umumiy ovqatlanish uchun stolovoy, dars qilish uchun zal qurish kerak.
shunday katta oliy dargohlar kantrakt pullarini olishadiyu , o'z talabalarga turar joy qurishmaydi birmarta qurilsa aaanchaga yetadi menimcha. Oliy dargohlarning 1 yillik kantrakt puliga qursa boladi menimcha .Mayli tekin emas qimmat ham emas narx qo'yishsa ham.Bekorgayam qandaydr sitylar qurilmoqda ammo kelajak yoshlariga oddiy yotoqxona qurishga ham qurbi yetmaydimi.
Ijaraga uy topiw qiyn topsak ham juda qimmat shuni bironta Mobil programa orqali toadigan qilib qôysi talabalar kochada qolib qetmaydi
Show next 100 comments