This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Nilufar Tojibоyeva
Махалла прафилактика инспектори ... ижарадаги талабаларга яна к,ийин буларканда
Маклерларнинг ўрнига университетнинг ўзи талабаларга жой топиб бериши ва ижара берувчилар билан талабалар ўртасида қайсидир маънода воситачиликни йўлга қўйиши керак.
Assalomu alaykum! Bugungi kunda talaba uchun kvartira topish juda muommo bo‘layabdi, kvartira topib borganingizda ham talaba ekanliginizni bilgach, talabani qo‘ymayman degan javob bilan qaytishadi. Topilganda narxi qimmat bo‘ladi, kiyin talaba nima qiladi? U o‘qishni o‘ylamaydi pul topishni o‘yladi.
Ha yana bir narsa bor maklerlar o‘yini. Bi ikki oy turgandan so‘ng chiqiylar uy sotiladi deydi. Kiyin ular yana boshqani qo‘yadida 50dollor pulini oladi, shu bilan yana qo‘shimcha pul ishlashadi...
Shu masala bilan shug‘ilanadigan alohida tashkilot tuzish kerak.
Farruxbek
Juda kop takliflarda ortiqcha qogozbozlikdan boshqa narsa keltirilmagan. Agar yolga qoyilsa ham 3 yoki 4 yil ish beradi xolos. Xususiy xostellar boshqa narsa shuni oylab korish kk. Ijara hamisha bolgan bolib qoladi. Lekin shartnoma qilishmidi. Sababi katta ehtimol bilan soliq tolashdan qochiladi. Taklifim ijara beruvchilarni ijara daromadi soligidan ozod qilish. Shunda soliq qomitasini ozida ijarada yashovchi talabalarnjng elektron royhati tayyor boladi. Shubroyhatni ichki ishlargayam talim vazirligigayam beriladi tamom
Тошкентдаги курилишларни бир киши секин аста назоратига олмокда ва у кишини фирмалари барча курилишларни курмокда.
Тугриси билмай колаяпман.
Кассаапаратни узгартириш керак деб кимнингдир фирмаси олиб кирган кассаапаратлар жорий килинган эди.
Талабаларга турар жой керак деб бошланган гоя аслида кимнингдир бошка максадда бошлаган гоясига ухшайди.
S.S.Abdurasulov.
Фикр билдириш жойи тугрими
Ashur Norqulov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Fikrlarizga qushilaman yaxshi bulardi siz aytgandek Toshkent da qilish mumkin lekin viloyatlardaham joriy bulsa yaxshi bulardi Sirdaryo viloyat Yangiyer shaharda uqiymiz Qashqadaryo viloyat dan kelib uqiymiz kvartira muammosi juda qiyin
S.S.Abdurasulov.
Хакикат таалабар турар жойини укийдиган олий таълим муассаси текшириш керак кизимга жой сураганмиз ётокхона бермаганди афсус кизим 2019 йил автохалокат туфайли оламдан утди таълим вазирли эътирлирок булса яхш и буларди
Assalomu alaykum Xushnud aka. Asosiysi talabalardan propiska sòrashmasin pps hodimlari. Talabalik guvohnomasini kòrsatishni òzi yetarlik qilib qòyishsin ILTIMOS.
Aziza Sh
Менимча вилоятларда барча отм.ларни филиалларини очиб ,пойтахтга вилоятлардан укишга бориш шарт эмас, биз оналар хам хотиржам буламиз.
Ётокхона куриш кк.
O'tgan yili ushbu muammo yuzasidan bir loyiha qilgandim amma ko'pchilikka yoqmadi ammo mana Shu yil joy masalasi muammosi keskin yuqoriladi. Demak mani fikrimcha Talabalar mehmonxonasi tashkil etish kerak va bu mehmonxona barchaga sharoitlarga mos holda va albatta narx jihatidan barchaga maqul keladigan bulishi Kutubxona,oshxona...
Adham
Zangotadagi bolnitsadagidaqa konteyner uylar qurish, umumiy ovqatlanish uchun stolovoy, dars qilish uchun zal qurish kerak.
shunday katta oliy dargohlar kantrakt pullarini olishadiyu , o'z talabalarga turar joy qurishmaydi birmarta qurilsa aaanchaga yetadi menimcha. Oliy dargohlarning 1 yillik kantrakt puliga qursa boladi menimcha .Mayli tekin emas qimmat ham emas narx qo'yishsa ham.Bekorgayam qandaydr sitylar qurilmoqda ammo kelajak yoshlariga oddiy yotoqxona qurishga ham qurbi yetmaydimi.
Ijaraga uy topiw qiyn topsak ham juda qimmat shuni bironta Mobil programa orqali toadigan qilib qôysi talabalar kochada qolib qetmaydi
Shokirjon Giyosov Mubinaxon
Qani endi bu fikrlar biror nimani uzgartirsa.
Biroz vaqt o'tib shu raxmatli talabalarni ishi xal bulgandan keyin yana usha-usha xolicha qoladi ming Afsus...
Eng avvalo Toshkentda va viloyat markazlarida uylari bor kishilar, uyga ijara qo'yadigan studentlarga insoniylik bilan munosabatda bo'lishi, va yaxshi munosabatda qarashi kerak, lekin bizda ming afsus unaqa emas, go'yoki Student eng past tabaqa vakiliyu undan hech ham foyda bo'lmaydi, ularni uyiga qo'yishga 100 odamdan 99 tasi qarshi, bir kishi rozi bo'lsa ham u ham qimmat narxda va shart lari juda ko'p, xullas bu muammo hech qachon hal bo'lmasa kerak bu yurtda, chunki ta'limga e'tibor birinchi o'ringa chiqmas ekan boshqa harakatlarni hammasi befoyda, buni xalqimiz ham yaxshi tushunib yetishsa juda yaxshi bo'lardi, lekin bizda unday emas hamma pul topish dardida, Student oladigan 428ming pul esa uni abediga ham yetmaydi hatto, kvartiraga pul topish uchun esa albatta ishlash kerak, kunlik darsdan tashqari 5,6,7,8 soatlab ishlaydi va albatta o'qish ikkinchi yoki uchinchi darajada qolib ketadi, hozirda o'qiyotgan talabalarni nazorat qilish uchun ularga sharoit yaratib bergandan keyin ularni nazorat qilsa arziydi, ppx bilan ularni quvmasdan, afsus bizda bu Mavzu o'zgarmasa kerak?
Muhammadjon Samadov
Biz Toshkentliklarni ozgina mehrliroq,maklerlarni insofliroq bo‘lishini xoxlardik. 5 - 6 ta tarbiyasiz talabani deb hamma talabalarning nomi qora.Kotta qilib " Studentlar bezota qilmasin faqat odamlarga beriladi"- deb yozib qo‘yishadi.Shu ham insofdanmi
Assalomu aleykum mening fikrimcha ijaraga qoyilgan uylarni kommunal to'lovlarga qandeydir chegirma va yengilliklar berish kerak davlat tomonidan shunda ularham arzonroq qoyisharmidi
Assalomu alaykum hammaga.Talabalar turar joyi hamma institutlarda bolishi mumkin lekin 5-6%gina talabar un joy bor.Ayniqsa Toshkentda juda qimmat.Bu yil otgan yildagidan kora talabalar kopayadi.bu muammoni tezroq Hal qilish kerak.
Show next 100 comments