This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
A QODIROV
Бу дегани талабалар уйларда ижарада турса шу уй эгалари патент олсин дегани эмасми мабода........
Xozir nimaiki qimelik bu sohadagi kamchilikni onglashga 3 yoki 4 yoki 5, 6 yillab vaqt ketadi balki bundan koproqdir. Shuning uchun mavjud muommoni dolzarbligini xisobga olib taklif qilardimki viloyatlar uchun ichki avtobuslar tashkillash talabalar uchun maxsus arzon qatnovdagi tizim bu viloyat xududidagi talabalarni ijara muommosida oz bosada xolos qiladi chetdan kelganlar uchun ijara orinlarini bowatadi bu aytarlik 10% dir balki 15% yordam boladi lekin xozirgi vaziyatni ancha onlagan bolardi
Гапларингизда жон бор Майли лекин мана мехрибонлик уйида вояга етган талабаларга хам жой бермагандан кейин Яна нима килайлик узимиз ишлаб квартира пулини тулаяпмиз. Дарсларга кеч колаяпмиз. Деганим укиш жойига якинрок уй-жой, арзонрок буса эди, андеки 0,5 ставка иш буса хам иш Билан ёрдамлашсангизлар яхши буларди. Бу хохлаганлар учун. Узок вилоятдан келаётган талабалар Ким канча буни инобатга олишмайди, ота - онаси ёк, бокувчиси ёк талаба грантга кирсаю, сен грантдасан Сенга Турар жой йук деб хайдаган кунлари булган. Буни хам инобатга олсаларинг ёмон булмасди. Балким шу масалаларда ёрдам берсаларингиз биз талабаларимизни билим даражамиз янада ошарди. Айрим талабалар кечкурун ишлаб кундузи дарсда ухлаб колаётганидан бехабар булсангиз керак. Менимча ёрдам берганимиз Билан Бир тийин дийдиганлар куп булса керак. Талабаларга Аллохдан бошкаси ёрдам бермайди. Бандасидан эмас яратганидан сураш керак. Менимча бу гапларимиз хам бекорга буса керак-а? Кани курамиз кандай ёрдам бера оларкан Хушнудбек уз вазифасини уддалаб бизларга кулидан келганча ёрдам килади деган умиддаман.
⚡⚡⚡⚡Xushnud aka bu masalada ikkinchi tamondan kelgan yaxshi, ya'ni bo'sh turgan kvartirasi yoki xonadoni bor oilalar talabalarni uyiga qancha muddatga joylashtirsa shuncha muddatga oilaga imtiyoz berilishi kerak. Mn: yo'l chiptalari (poyezd, avia, metro), soliq, mashina sotib olishda va boshqa...
Talabalarni yotoq joy bn ta'minlagan oilani mavqeini oshirish kk, shunda oilalar OTM ga o'zlari borishadi⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡
Ijaraga beruvchilarga soliq yoki shunga oxshash imtiyozlar berish kerak, shunda ijaraga beruvchilar ozlari talabalarni izlab qolishadi
Куплю квартира ташкент
90-970-76-97
Assalomu alaykum!
Xushnud aka siz yuqorida aytgan fikrlarga qo'shilaman, men ham doktaranturada o'qiyman, biz ham bir necha marotaba shunaqa muammoga duch keldik, iraga quyadigan student quymaymiz deyishadi, ilojsiz xozyaykaliga turaman desangiz oilali bo'ladi, o'zbekchilikga to'g'ri kemaydi, yoki yosh bolali bo'ladi u yerda dars qilish, o'z ustingizda ishlashni iloji yo'q. Shunaqangi tizim yaratish kerakki, talaba bo'lish niyatida yurgan yoshlarimiz ham shu muammoga duch kelishini bilib, o'qish niyatidan qaytishi mumkin, bu esa yoshlarimiz kelajagi va davlatimiz kelajagi uchun juda katta fojea.
To'g'ri bu masalani birdaniga bartaraf etish oson ish emas. Siz aytgan platformali tizimni OTM sini o'zida baza yaratish kerak, talabalani ma'lumotlarini ob'ektivka singari kiritish, ijaraga qo'yuvchiyam ma'lumotlarni baza orqali aniqlashi va OTM orqali shartnoma asosida ijaraga qo'yiladi. Shartnomada ijaraga qo'yiladigan uy barcha shart-sharoitlar ko'rsatilib, texnika xavfsizlik qoidalariga ham rioya etilgani ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Shunda talabalar ham OTM va ijarachi nazorati ostida bo'ladi.
Ijarachiga yuqoridagi sharoitlarni yaratishda, xavfsizlik xujjatlarini qilishda hamda soliqlar va boshqa to'lovlarni amalga oshirishda imtiyozlar yaratib berish kerak. Shunda talabalarga ham engil bo'ladi.
Vagif
Uzoqqa bormagan xolda Toshkent tibbiyot akademiyasi misolida gaplashaylik hamma masalani hal qilishga harak qilayotgandek koʻrsatadi oʻzini lekin bizni academyamizda asosiy binomiz qariyb 10 yildan beri tamirdan chiqmayabdi bitta bino ham 10 yil tamirlanadimi hech zamonda
Buning natijasida avval yotoqxona binosi boʻlgan 5ta bino oʻquv binosi qilingan asosiy bino bitsa yotoqxona uchun moʻljallangan joylarga talabalar joylashishadi
Men Xushnudbekka koʻp marotaba murojat qilganman lekin biror marta javob yoki yechim topmaganman abiturentligimda 10lab habarlar yozgandim endi talaba boʻlib ham yana yozyabman garchi foydasi yoʻqligini bilsam ham raqamim 90 183 47 02 shu masalada yordam bera oladigan insonlar boʻlsa kutib qolamiz
Ilhom Akbarov
Шунака муаммолар бир сабаб булиб юзага чикмаса хеч ким эьтибор килмайдими.
NBD
Куплю квартира ташкент
Eng qulay yondashuv yangi yotoqxona qurish.
Agar hozirgi holni zudlik bilan o'zgartish kerak bo'lsa buni amalga oshirish qiyin.
Studentlarga o'zi ijara topish kundan kunga muammo bo'lib bormoqda.
Student qo'ygan xonadan uy joy solig'idan ozod etilsa, bo'sh turgan joylar ham student qo'yadi.
Va studentlarga kvartira ham arzon bo'ladi. Kvartira topish juda qiyin masala kuniga 3-4paradan darsdan chiqib kvartira topish charchaganda yoqmaydi, qidirasiz shuncha qidirgancha yaxshi joy topsangiz ku yaxshi topmasangiz bundan yomoni yõq. Uzoq viloyotdan kelib Toshkent Samarqandga kelib õqiymiz . Ŏzimizning vatanimizda õzimizga IIB xodimlari kelib rõyxatdan õtmagansan deb soliq solishadi, bu nima degani õz yurtingda talaba bõlib õqib yana soliq tõlasang bu nima degani nima qilishimiz kerak ? Xushnudbek aka nima deysiz? Oliygohlarga 10 qavatli talabalar turar joyi qurish kerak chunki ancha joy ekonom bulib kup talabalar joy bilan taminlanadi.
Оля
Ilhom Akbarov
Шунака муаммолар бир сабаб булиб юзага чикмаса хеч ким эьтибор килмайдими.
Узим хам Тошкентда укиганман. Лекин хозиргидек талабалар уйи долзарб муаммо эмас эди. Бир вилоятдан бориб хеч жойни билмаган, яна контрактда укийдиган талабага жуда кийин. Талабага ота она шартнома пулини, ейиш ичишини кийим кечагини, олийгохда укигандан кейин бари бир айрим китоблар,брошюралар олиш учун, дустларини тугилган кунлари учун, йул чипталари учун ва кушимча квартира учун хар ойига 500000 сум пул жуда кийин эмасми. Шунинг учун квартирада турадиган талабаларга ётокхонага бериладиган пулдан ташкарисини олийгох томонидан тулаб берилса жуда яхши буларди .Масалан ётокхона учун 1млн сум 10 ойга туланадиган булса, квартирада турадиган талаба 10 ой укиш мобайнида 5 млн тулайди. Эшитиб куркиб кетасан ота онага жуда кийин. Лекин фарзанд ширин, кечаю кундуз ухламасдан пул топишни уйлайди. Фарзандим яхши инсон булсин,мамлакатимизга бирон бир фойдаси тегсин деб. Сизга катта рахмат шундай муаммони кутарганингиз учун. Йигитларни жойлари жаннатдан булсин,ота онасига сабр берсин илохим.
Ramazonbek
Assalamualaikum Xushnudbek aka menda aniq bir taklif bor.
Agar ijara beruvchilar talabalarni ijaraga quyadigan bo'lsa ulardan daromad solig'i undirilmasligi kerak.
Bu taklif ularga maqul bo'ladi.
Talabalarga ham chunki shartnoma tuzilgandan so'ng talabalarni ham uy egasi hohlagan vaqti chiqarib yubormaydi.
Bu narsa amalga oshadigan bo'lsa
Siz aytgan sayt orqali e'lon beriladi. Ijaraga bermoqchi bo'lgan
Uyni tegishli odamlar borib har tamondan tekshirib yashashga yaroqli bo'lsa shartnoma tuziladi.
Katta rahmat sizga o'xshagan xalqni o'ylaydigan insonlar ko'paysin Inshallah
Xushvaqtov Hasan
OTM ga qarashli qandaydir shab ochish kerakki ijara qo'yadigan odamlar internetda ham borib ham men ijara qo'yaman, ijara kerak odam uy kerak dep xoxlagan joyida xoxlagan uyini tanlap olishi kerak. Ijara turadiganlarni asosiy qismi talabalar bo'lsa kerak, hozir ularni ishini maklerlar qilayapti bita bolaga uy topib bersa 50$ uy egasi keladi aytip ketad, uy kerak odam topib uy kerak desa borip korsatadi qiladigan ishi, yoqmasa korsatgani uchun ham pul to'laydi yetmaganiga
Xushvaqtov Hasan
Bizada biron bir fojia bo'ladi kiyin ko'z ochiladi, misol uchun suv ombori, yorildi kiyin qoganlarni tekshirip chiqishdi, bunga o'xshagan misollar juda ko'p kochadagi simyog'ochlar rassiya payti qo'yilgan birinchi chiroq kegan vaqti. Meni fikrim ruvojlangan mamlakatni bitasini tanlash kerakda o'rganip nima qilgan bo'lsa qilish kerak xullas o'sha yo'ldan yurish kerak.
Жойлардаги хокимиятлар балансида турган бўш тураржойларни берсин
Янги ташкил қилинётган олий талим юртлари 100 талабага квотаси бўлса 2оо та ётоқ жой бўсин акфа
☆ S I R O J I D D I N ☆
Xushnudbek aka sõrovnoma bulyapti bizning sõrovlar ham inobatga olinadimi
☆ S I R O J I D D I N ☆
Yana vazirga taklif degan bot ochilgan kõp takliflar bildirildi lekin javob kelmadi
Asalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz Samarqandda õqiymiz obshitadan joy ololmadik , kvartirada turibmiz kvartiramizdan har haftasiga IIB xodimlari kelib olib ketib sen kimsan? nima qilib yuribsan? deb har kun bezor qilib yubordi nima qilishimiz kerak? Xushnudbek aka.
Talaba bõlsak studentiskimiz bulsa xam yana olib ketyapti. Nima qilaylik? Yana shtaraf xam solishadi. Õzimizning yurtimizda yashasak yana talaba bõlsak shu mashmashalar kerakmi?
Insitutining yotoqxonasidan joy yetishmaydi, shunga zõrğa kvartira topib turib yana darsdan charchab kelib yana quruqdan quruq addelda turib sõroq berish kimga kerak? Nima qilaylik? Talaba xam odamku. Yoki ular zvaniyasini oshirish uchun talabaga shtaraf solib davlat budjetiga õz xissasini qõshyapmi. Xushnudbek aka shu masalani bir tomonlama ijobiy tomonga xalqilishingiz kutib qolamiz biz talabalar.
Show next 9 comments