Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Xushnud aka siz yuqorida aytgan fikrlarga qo'shilaman, men ham doktaranturada o'qiyman, biz ham bir necha marotaba shunaqa muammoga duch keldik, iraga quyadigan student quymaymiz deyishadi, ilojsiz xozyaykaliga turaman desangiz oilali bo'ladi, o'zbekchilikga to'g'ri kemaydi, yoki yosh bolali bo'ladi u yerda dars qilish, o'z ustingizda ishlashni iloji yo'q. Shunaqangi tizim yaratish kerakki, talaba bo'lish niyatida yurgan yoshlarimiz ham shu muammoga duch kelishini bilib, o'qish niyatidan qaytishi mumkin, bu esa yoshlarimiz kelajagi va davlatimiz kelajagi uchun juda katta fojea.
To'g'ri bu masalani birdaniga bartaraf etish oson ish emas. Siz aytgan platformali tizimni OTM sini o'zida baza yaratish kerak, talabalani ma'lumotlarini ob'ektivka singari kiritish, ijaraga qo'yuvchiyam ma'lumotlarni baza orqali aniqlashi va OTM orqali shartnoma asosida ijaraga qo'yiladi. Shartnomada ijaraga qo'yiladigan uy barcha shart-sharoitlar ko'rsatilib, texnika xavfsizlik qoidalariga ham rioya etilgani ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Shunda talabalar ham OTM va ijarachi nazorati ostida bo'ladi.
Ijarachiga yuqoridagi sharoitlarni yaratishda, xavfsizlik xujjatlarini qilishda hamda soliqlar va boshqa to'lovlarni amalga oshirishda imtiyozlar yaratib berish kerak. Shunda talabalarga ham engil bo'ladi.
Buning natijasida avval yotoqxona binosi boʻlgan 5ta bino oʻquv binosi qilingan asosiy bino bitsa yotoqxona uchun moʻljallangan joylarga talabalar joylashishadi
Men Xushnudbekka koʻp marotaba murojat qilganman lekin biror marta javob yoki yechim topmaganman abiturentligimda 10lab habarlar yozgandim endi talaba boʻlib ham yana yozyabman garchi foydasi yoʻqligini bilsam ham raqamim 90 183 47 02 shu masalada yordam bera oladigan insonlar boʻlsa kutib qolamiz
Agar hozirgi holni zudlik bilan o'zgartish kerak bo'lsa buni amalga oshirish qiyin.
Studentlarga o'zi ijara topish kundan kunga muammo bo'lib bormoqda.
Student qo'ygan xonadan uy joy solig'idan ozod etilsa, bo'sh turgan joylar ham student qo'yadi.
Va studentlarga kvartira ham arzon bo'ladi. Kvartira topish juda qiyin masala kuniga 3-4paradan darsdan chiqib kvartira topish charchaganda yoqmaydi, qidirasiz shuncha qidirgancha yaxshi joy topsangiz ku yaxshi topmasangiz bundan yomoni yõq. Uzoq viloyotdan kelib Toshkent Samarqandga kelib õqiymiz . Ŏzimizning vatanimizda õzimizga IIB xodimlari kelib rõyxatdan õtmagansan deb soliq solishadi, bu nima degani õz yurtingda talaba bõlib õqib yana soliq tõlasang bu nima degani nima qilishimiz kerak ? Xushnudbek aka nima deysiz? Oliygohlarga 10 qavatli talabalar turar joyi qurish kerak chunki ancha joy ekonom bulib kup talabalar joy bilan taminlanadi.
Agar ijara beruvchilar talabalarni ijaraga quyadigan bo'lsa ulardan daromad solig'i undirilmasligi kerak.
Bu taklif ularga maqul bo'ladi.
Talabalarga ham chunki shartnoma tuzilgandan so'ng talabalarni ham uy egasi hohlagan vaqti chiqarib yubormaydi.
Bu narsa amalga oshadigan bo'lsa
Siz aytgan sayt orqali e'lon beriladi. Ijaraga bermoqchi bo'lgan
Uyni tegishli odamlar borib har tamondan tekshirib yashashga yaroqli bo'lsa shartnoma tuziladi.
Katta rahmat sizga o'xshagan xalqni o'ylaydigan insonlar ko'paysin Inshallah
Talaba bõlsak studentiskimiz bulsa xam yana olib ketyapti. Nima qilaylik? Yana shtaraf xam solishadi. Õzimizning yurtimizda yashasak yana talaba bõlsak shu mashmashalar kerakmi?
Insitutining yotoqxonasidan joy yetishmaydi, shunga zõrğa kvartira topib turib yana darsdan charchab kelib yana quruqdan quruq addelda turib sõroq berish kimga kerak? Nima qilaylik? Talaba xam odamku. Yoki ular zvaniyasini oshirish uchun talabaga shtaraf solib davlat budjetiga õz xissasini qõshyapmi. Xushnudbek aka shu masalani bir tomonlama ijobiy tomonga xalqilishingiz kutib qolamiz biz talabalar.