❗️11 кун қолди

Бугун, 4 июнь. Қабул жараёнлари бошланишига атиги 11 кун қолди.

Бироздан кейин, аниқроғи соат 12:00 да Бош вазир ўринбосари Бехзод Мусаев раҳбарлигида 2020/2021 ўқув йили қабул жараёнига бағишланган онлайн брифинг бошланади.

Онлайн брифингда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Иномжон Мажидов, Давлат тест маркази директори Маджит Каримов, Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов, бир гуруҳ ОТМ ректорлари ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этади.

Тадбирда 2020/2021 ўқув йили қабул жараёнини ташкил этиш, қабул параметрлари ҳамда кириш тест синовларини ўтказиш билан боғлиқ барча саволларга атрофлича жавоб берилиши кутилмоқда.

Брифинг “Ўзбекистон24” телеканали ҳамда радиоси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.


👉 @xushnudbek 👈

695 comments

Show 61 more comments
Yaxshi yangiliklar kutib qolamiz. Xushnudbek.uz–🔥🚀!!!! Iwlarizga omad akajon!
Asalomu alaykum bu yili xujjat topshirish online bòladimi hujjat topshirish uchun asosan shaxsni tastiqlovchi hujjat bòlsa bòldimi yoki boshqa hujjatlar ham kerakmi
Malikova
Bugungi brifingda ham "rejalashtirilmoqda" degan sozni ishlatishmaydi degan umidaman! Hamma narsaga aniq ravshan javob berishsa maqsadga muvofiq bolardi!
Tayinli gap bo‘lmaydi
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Hozir o'qib qoldim yashil hududlarda to'garaklar qayta faoliyatini boshlar ekan. Agar sariq va qizil hududlardagi abituriyentlar tayyorlanishni boshlamasa ular qanday o'qishga kirsin. Bu adolatsizlik hisoblanmaydimi? Iltimos shu fikrlarni ham ko'tarsayiz. Zora inobatga olishsa
nega shuni oxiriga taqab aytishadi oldinroq hal qilishsa bòlmasmikan. Ta'limga "kuchli" e'tibormi bu yoki boshqa narsa?!
brifingda ishqilib aniq va bo'ladigan javoblar kk umumiy gaplar emas!
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Meni bitta savol qiynayapti nega endi yashil hududlarda markazlar ochiladi axir bu insofsizlik nimaga endi qizil hududdagilar òqiyolmaydimi ular markazda qizillar esa uyda
Bu yilgi 11 sinf bitiruvchilari uchun qanaqangi imtiyozlar bòladi biz 11 sinflar tayorgarlik kòrishga yetarlicha vaqt bòlmadi imtiyozlar bormi
Show next 100 comments