❗️11 кун қолди

Бугун, 4 июнь. Қабул жараёнлари бошланишига атиги 11 кун қолди.

Бироздан кейин, аниқроғи соат 12:00 да Бош вазир ўринбосари Бехзод Мусаев раҳбарлигида 2020/2021 ўқув йили қабул жараёнига бағишланган онлайн брифинг бошланади.

Онлайн брифингда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Иномжон Мажидов, Давлат тест маркази директори Маджит Каримов, Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов, бир гуруҳ ОТМ ректорлари ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этади.

Тадбирда 2020/2021 ўқув йили қабул жараёнини ташкил этиш, қабул параметрлари ҳамда кириш тест синовларини ўтказиш билан боғлиқ барча саволларга атрофлича жавоб берилиши кутилмоқда.

Брифинг “Ўзбекистон24” телеканали ҳамда радиоси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.


👉 @xushnudbek 👈

695 comments

Show 58 more comments
Brifingda aytiladigan gaplar iloji boricha oldingilaridan farq qiladi degan umiddamiz. Brifingda Oliy Talim Muassasalarini ro'yxati aniq aytiladi deb o'ylaymiz Biz abituriyentlar uchun juda kerakli bolgan ma'lumotlar eshitamiz degan umiddamiz. Xushnud aka rahmat.
Mani taklifim boshqa mavzuda DTM ga aloqasi yoʻq. Aniqrogʻi kimga yozishni bilmadim. Yaʼni "Qizil", "Sariq","Yashil" toifadagi hududlarni yangilangan roʻyxatini har kun e'lon qilish kk. Chunki tushunmovchiliklar boʻlyapti.
Yaxshi yangiliklar kutib qolamiz. Xushnudbek.uz–🔥🚀!!!! Iwlarizga omad akajon!
Asalomu alaykum bu yili xujjat topshirish online bòladimi hujjat topshirish uchun asosan shaxsni tastiqlovchi hujjat bòlsa bòldimi yoki boshqa hujjatlar ham kerakmi
Malikova
Bugungi brifingda ham "rejalashtirilmoqda" degan sozni ishlatishmaydi degan umidaman! Hamma narsaga aniq ravshan javob berishsa maqsadga muvofiq bolardi!
Tayinli gap bo‘lmaydi
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Hozir o'qib qoldim yashil hududlarda to'garaklar qayta faoliyatini boshlar ekan. Agar sariq va qizil hududlardagi abituriyentlar tayyorlanishni boshlamasa ular qanday o'qishga kirsin. Bu adolatsizlik hisoblanmaydimi? Iltimos shu fikrlarni ham ko'tarsayiz. Zora inobatga olishsa
nega shuni oxiriga taqab aytishadi oldinroq hal qilishsa bòlmasmikan. Ta'limga "kuchli" e'tibormi bu yoki boshqa narsa?!
brifingda ishqilib aniq va bo'ladigan javoblar kk umumiy gaplar emas!
Show next 100 comments