❗️Ота-оналарга яна бир бор маслаҳат!Илтимос, фарзандингизни хорижга, айниқса қўшни давлатларга ўқишга юборишдан олдин яхшилаб ўйланг. 4 йил хорижда ўқитишга розимисиз, бунга шароитингиз борми, бораётган университетида тайинли билим бериладими ўзи, нуфузли олийгоҳми, таълим сифати қанақа, эртага ўғлингиз ёки қизингиз хорижда Сиздан узоқда қийналиб қолмайдими, шуларни яхшилаб ҳисоб-китоб қилинг.
“Майли, ҳозир бораверсин, кейинги йил бир амаллаб “перевод” қиволамиз” деган алдамчи хаёлларга берилманг. Фарзандингиз тестда жорий йилги ўтиш балини тўплай оладими ёки йўқми, шуни ўйлаб кўринг ва кейингина қарор қабул қилинг.
‼️Яна ва яна қайтараман: хорижга ўқишга бориш ёмон иш эмас, аксинча, қанийди кўпроқ ёшларимиз нуфузли хорижий университетларда ўқиб қайтишса, дунё кўриб, ривожланган жамиятлар ҳавосидан нафас олиб келишса, зўр бўларди-ку. Аммо ўқиш учун эмас, балки “перевод” қилиш учунгина хорижга боришни тавсия қилмайман.
ℹ️ Эслатма: жорий йилда ўқишни кўчиришда ўтиш бали йўналишларга қараб
56,7 балдан 105 баллгача белгиланган эди. Энг катта қисмида эса
66,1 балл этиб белгиланди. Мана шундай нисбатан паст балл бўлишига қарамасдан, хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг
72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади.
👉 @xushnudbek 👈
Shukir qil dunyo gamin gam yema
бунча2ерга
Agar noto‘g‘ri gapirsam uzr so‘rayman
Xushnedbek aka aytgan gapni o'ylab ko'raylik to'ppa to'g'ri gap aytganla
Qo'ydimi o'sha instga raz o'sha inst top 1000 talikka kiradimi o'qiyla 4 yil o'shega
Ko'p gapirmasdan jaaa aqilli qimasdan
🤐🤐🤐
Oooo zor bo'libdi.
Adolatli bo'libdi.
Ana adolat.
Endi faqat bilimlilar oqishini ko'chira oladi.
Raxmat szga Toshqulov domla
Degan kommentariyalarni o'qib qolyapmiz.
66.1 balldan yoki 100 ball dan yuqori ball olib oddiy yo'nalishlarga yoki tibbiyotga o'qishini ko'chirayotganlar adolatli ish qimiyaptii ekanuu lkn o'zimizda 50 yoki 45 ball to'plab keyin esa falon summa bilan suppeeeer kontrak to'lab oqishga kirayotganlar adolatli qilayapti ekan a.
Shu 50 ball bilan super kantrak to'lab hech qanday bilimsiz kotta pul evaziga(super kontrak) oqishga kirsa mumkunu lkn chetdan 66.1 yoki 100 balni olib kelsa bu mumkunmas wunaqami.
Adolat degan joyida adashib qolmiyapmzmi.
Puling bolsa boldi bilimga egamisan yoqmisan super kantrak ni to'lada oqiii.
Mayli bunisiyam maylikuya
Yana bitta gap bolgandi.
Xorijdan oqishini kochirishda yetarli ballni toplay olmaganlargayam super kontrakni to'lab oqishiga ruxsat berilgandi.
Tasavvur qiling 66 ni toplolmadi ammo 65 topladi yoki 50 topladida superga pulni to'ladida qonuniy qilib oqishini kochirdii... Hosh buyam adolatszlikmi.....
Nma maqsad pulni to'la o'qi shunaqami.
Xullas adolat adolat demanglar.
Ozimizni oliygohlargayam 50 bal olib super narxini tolab hech qanday bilimga ega bolmaganlar ham talaygina. Mana bu yerda aytsa bo'ladi Adolat qani deb.
Masalan bir sharoiti ogir oilani farzandi oqib 150 ball bilan kirolmadi lkn bilimi bor anchagina bilimga ega. Lkn super tolashga imkoniyati yoq.
Yana bir boy oilani bolasi 90 ball topladi. Bilimi esa yetarli emas. Lkn puli bor super to'lab oqiyapti. Lkn osha 150 bal olib kirolmagan bola bilan 90 ball olib super tolab oqiyotgan bolani taqqoslasak kmda bilim kuchli. 150 toplagan bolaniki. Nma uchun u oqiyolmayaptida 90 ball olgan puli kop bola bilimsz bolsa ham oqiyapti NMAGA????
Nma puling bo'lsa bo'ldi oqiysan
PULING yoq bolsa qolasan.... Yo'lni puli borlarga ochib qo'y.
Gap juda kop.
Perevodchilarni tanqid qilishga xaqqimiz yoq. Osha consultinglar orqasidan nufuzli universitetga kirayotganlar ham talaygina. Faqat yomon tarafiga qarasak yomon tarafi chiqayveradi. Ammo yaxshi tomonlari ham bor.
Hammaga raxmat. Xulosa ozingizdan
Kimda oʻqib boʻlingan Paygʻambarimizning yoshlarga nasihatlari , Yaxshilik va siylayi rahm hamda Odoblar xazinasi va boshqa shunga oʻxshash kitoblar bor
Iltimos menga keyin ish masalasida yordam kerak edi. Oʻzim talabaman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz sharotim oʻgʻir. Hamma IT oʻrgan deyapti unga esa kompyuter kerak ekan
AVVALO UMIDIM ALLOHDAN YORDAM BERINGLAR INSHAALLOH ARAB TILINI OʻRGANYAPMAN HOZIR TAVJIDNI YARIMIDA KETYAPMMAN INSHAALLOH QUR'ONI KARIMGA TUSHAMAN