This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндларнинг «Уч савдойи» фильмини кўпчилик кўрган бўлса керак. Зўр мотивацион ва кайфият кўтарадиган фильм.

Унда таълим тизими камчиликлари, ўзи умуман инсонларнинг таълимга, илмга бўлган нотўғри қарашлари ажойиб тарзда тасвирланган. Яъни бир қолипга тушиб қолмаслик, ҳаммадан ўзгача фикрлашга ҳаракат қилиш ва бундан уялмаслик, ота-оналар ўз фарзандларининг қизиқишларини инобатга олиши кераклиги, таълим тизими роботга ўхшаган ижрочиларни эмас, балки энг аввало эркин фикрловчи ташаббускорларни тайёрлаши лозимлиги ҳақида.

Айниқса фильмда менга энг ёққан жойи — бу диплом учун эмас, билим учун ўқиш кераклиги ҳақидаги қисми. Азбаройи илм олиш мақсадида ўзганинг номидан ўқишга рози бўлган Пхуншук Вангду охир-оқибат энг машҳур ихтирочига айланади. Чунки дипломсиз билим билимсиз дипломдан 100 чандон қийматлироқ. Бугунги кунда бу янада ўз исботини топмоқда.

Ҳурматли ёшлар, илм олинг! Китоб ўқинг, дунёқарашингизни кенгайтиринг. Диплом учун ўқишга келиб-кетадиган кўзбўямачилардан бўлманг.


👉 @xushnudbek 👈

218 comments

Show 100 more comments
Hadeb zamondan sharoitdan noliydigan kursdoshlarimiz bo'lardi talabalik yillarimizda. O'qish avvalo insonni o'zi tanlagan tanlov, o'z tanlovini hurmat qilgan holda ANIQ MAQSAD qo'yib o'qish bor kuch-g'ayratini ishga solib harakat qilish lozim. Shu yo'lni tutgan kursdoshlarimiz hozirda chiroyli natijalarga erishgan, poraxo'rlikdan nolib yurib tuzuk o'qimagan o'zi harakat qilmaganlar esa haliyam ishidan nolib yashashayotganini ko'ryapman. Yo Alloh deb, bilimingiz va kuchingizni ishga solib harakat qiling-chi, kim sizni oldingizga tusha olarkan😊
Kelajak hayotingiz qanday kechishi hozirgi oltin davringizda olgan bilimingiz sa'yi-harakatingiz natijasidir!
Охирида айтадию

Раж ходдас бобо айтганларидек билимли булинглар болаларим омад эса сизнинг ортингиздан югуради!!!!
Миркамол Холбеков
Диплом талабани Контракт ёки грантга киргани билан белгиланмайди. Талабанинг 4 йил давомида курсатган натижасига караб кизил ёки кук диплом берилади.
Диплом хакида эмас зачёт книжка тугрисида гапирдим, уни рангига караб устозлар муомила килаётганлиги, яъни "сен суперконтрак га кирганакансан, демак пулинг куп'- деган мазмунда.
Men eng yoqtirgan top 10 ta filmdan bittasi👍👍👍👍
Assalomu alaykum , bizda ham shunaqa saviyali filmlar ishlasa buladi-yu faqat sevgi haqida kino olmasdan. Bizda ham kamchiliklar yetarlicha topiladi.
Blogerlar faoliyatini kuchaytirish zarur aynan ular davlat boshqaruvidagi kamchiliklarni ochiq-oydin yoritishmoqda! ishlarga omad .
Malum bir qolibdan chiqarish uchun boqchadan boshlash kerak men o'qtuvchiman bollarga o'qib yodla demayman yangicha qara tushunganingni gapir deb aytaman kitobdagi fikrlar bolani qolibga solib qo'yadi..
Baxtigul Abilova(Turdiyeva)
Бугун берди,маза қилиб кўрятгандик,аммо иш бошланиб қолди
Ассалом алайкум Хушнудака
Қўшни давлатларга ўқишга топширган
Абутуриентлар ўқишни кўчириши тўғрисида тушунтириш берсангиз, билим билан перевод оладими ё пул билан калласида хеч нарса йўқ ўқувчилар переводига давлат рухсат берадими.
Жoнибек Худойбердиев
Assalomu aleykum Xushnud aka zur vedio ekan rahmat kattakon . Bu biz yoshlarga ancha motivatsiya bo‘ldi.
Yaxshi mativatsion gap bo‘ldi
Nazarov Tohir
Assalomu alaykum .Hammani oʻzini shahsiy fikri bir.Menimcha oʻqitish tizimini tilash kerak.Bollalar hududiy oʻquv markazlariga boradi oʻqishga kiradi,maktabda oʻsha oʻqtuvchida oʻqidi oʻqishga kiromidi.Hamma chuntakni oʻylab ish qilmasdan vijdonan ishlasa natija zoʻr boʻladi haqiqiy bilimlilar koʻpayadi.ota onasi kam pul topadigan oʻquvchilar ham oliygohlarda oʻqigisi keladi.Farzandiga ediryatgan nonini halolab edirish kerak.
Nazarov Tohir
Men oʻgʻlimni boshlangʻich sinfida qoʻshimcha pullik darsga qildirgandan.Oʻqituvchini gapiga koʻnib.Lekin bolamni bilimi zoʻr edi maktabga kirmasdan oʻqish yozishni bilardi,karra jadvalni yod olgandi,pullik darsga borib yursa chorak baholar 5 chiqadi,undan chiqarib olsam 3 bahoga aylanadi.Bolani kayfiyati tushadi.nohaqlikni koʻrib koʻngli oʻksidi.Shuning uchun oʻqituvchilar pulga mukkasidan ketmasdan oʻz kasbini vijdonan bajarishi kerak.Bolaligidayoq oʻquvchini qalbini yaralab jamiyatga nisbatan nafrat uygʻotmasliklari kerak.Bu narsa juda koʻp ota onalarni qiynaydi.
Charos Dusanova
Hozirda qayerga ish soʻrab borsangiz hamma diplom soʻraydi. Hech bir tashkilotni sizning bilimingiz qiziqtirmaydi. Diplom bormi boʻldi . Bilimli kishi qolib ketaveradi. Men maktabda ishlayman bu narsaga har kun duch kelaman. 20 - 30 yil ishlab haliyam oʻzini fanini tushunmagan oʻqituvchilar bor. Oʻzini ustida ishlamaydigan, kompyuterni oʻchirib yoqishni bilmagan diplomli oʻqituvchilar bor.
Hech bir maktab rahbari menimcha oʻqituvchini ishga olganda Hindistonga oʻxshab uning bilimini sinovdan oʻtkazib ishga olmaydi. Diplom boʻlsa boʻldi. Bilimi bormi yoʻqmi qiziqtirmaydi.
Maktablarda diplomi tufayli adashib yurganlar qancha.
Men faqat oʻquvchilarning loqayd , bilimsiz oʻqituvchilar sabab bilimsiz boʻlib borayotganligiga achinaman.
Haqiqatan juda ajoyib kino ham kulgili,ta'sirchan kino.Biznikilarga yo‘l bo‘lsin bunaqa kino olishga.
Murod M
Хозирда билим ва кўникма бўлмасдан дипломи олий бўлса бўлди. Дипломи ўрта бўлиб иш билим ва иш тажрибаси юқори бўлса хам бундай ходимлар лавозимга қўйилмайди.
Anvarbek
Assalomu alaykum silardan bir iltimosim bor edi ota onam 3 ta farzandini konyraktda oqityapti shuning uchun oz bolsa ham yordamlarizni ayamanglar
Show next 25 comments