This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндларнинг «Уч савдойи» фильмини кўпчилик кўрган бўлса керак. Зўр мотивацион ва кайфият кўтарадиган фильм.

Унда таълим тизими камчиликлари, ўзи умуман инсонларнинг таълимга, илмга бўлган нотўғри қарашлари ажойиб тарзда тасвирланган. Яъни бир қолипга тушиб қолмаслик, ҳаммадан ўзгача фикрлашга ҳаракат қилиш ва бундан уялмаслик, ота-оналар ўз фарзандларининг қизиқишларини инобатга олиши кераклиги, таълим тизими роботга ўхшаган ижрочиларни эмас, балки энг аввало эркин фикрловчи ташаббускорларни тайёрлаши лозимлиги ҳақида.

Айниқса фильмда менга энг ёққан жойи — бу диплом учун эмас, билим учун ўқиш кераклиги ҳақидаги қисми. Азбаройи илм олиш мақсадида ўзганинг номидан ўқишга рози бўлган Пхуншук Вангду охир-оқибат энг машҳур ихтирочига айланади. Чунки дипломсиз билим билимсиз дипломдан 100 чандон қийматлироқ. Бугунги кунда бу янада ўз исботини топмоқда.

Ҳурматли ёшлар, илм олинг! Китоб ўқинг, дунёқарашингизни кенгайтиринг. Диплом учун ўқишга келиб-кетадиган кўзбўямачилардан бўлманг.


👉 @xushnudbek 👈

218 comments

Show 100 more comments
Men eng yoqtirgan top 10 ta filmdan bittasi👍👍👍👍
Assalomu alaykum , bizda ham shunaqa saviyali filmlar ishlasa buladi-yu faqat sevgi haqida kino olmasdan. Bizda ham kamchiliklar yetarlicha topiladi.
Blogerlar faoliyatini kuchaytirish zarur aynan ular davlat boshqaruvidagi kamchiliklarni ochiq-oydin yoritishmoqda! ishlarga omad .
Malum bir qolibdan chiqarish uchun boqchadan boshlash kerak men o'qtuvchiman bollarga o'qib yodla demayman yangicha qara tushunganingni gapir deb aytaman kitobdagi fikrlar bolani qolibga solib qo'yadi..
Baxtigul Abilova(Turdiyeva)
Бугун берди,маза қилиб кўрятгандик,аммо иш бошланиб қолди
Ассалом алайкум Хушнудака
Қўшни давлатларга ўқишга топширган
Абутуриентлар ўқишни кўчириши тўғрисида тушунтириш берсангиз, билим билан перевод оладими ё пул билан калласида хеч нарса йўқ ўқувчилар переводига давлат рухсат берадими.
Жoнибек Худойбердиев
Assalomu aleykum Xushnud aka zur vedio ekan rahmat kattakon . Bu biz yoshlarga ancha motivatsiya bo‘ldi.
Yaxshi mativatsion gap bo‘ldi
Nazarov Tohir
Assalomu alaykum .Hammani oʻzini shahsiy fikri bir.Menimcha oʻqitish tizimini tilash kerak.Bollalar hududiy oʻquv markazlariga boradi oʻqishga kiradi,maktabda oʻsha oʻqtuvchida oʻqidi oʻqishga kiromidi.Hamma chuntakni oʻylab ish qilmasdan vijdonan ishlasa natija zoʻr boʻladi haqiqiy bilimlilar koʻpayadi.ota onasi kam pul topadigan oʻquvchilar ham oliygohlarda oʻqigisi keladi.Farzandiga ediryatgan nonini halolab edirish kerak.
Nazarov Tohir
Men oʻgʻlimni boshlangʻich sinfida qoʻshimcha pullik darsga qildirgandan.Oʻqituvchini gapiga koʻnib.Lekin bolamni bilimi zoʻr edi maktabga kirmasdan oʻqish yozishni bilardi,karra jadvalni yod olgandi,pullik darsga borib yursa chorak baholar 5 chiqadi,undan chiqarib olsam 3 bahoga aylanadi.Bolani kayfiyati tushadi.nohaqlikni koʻrib koʻngli oʻksidi.Shuning uchun oʻqituvchilar pulga mukkasidan ketmasdan oʻz kasbini vijdonan bajarishi kerak.Bolaligidayoq oʻquvchini qalbini yaralab jamiyatga nisbatan nafrat uygʻotmasliklari kerak.Bu narsa juda koʻp ota onalarni qiynaydi.
Charos Dusanova
Hozirda qayerga ish soʻrab borsangiz hamma diplom soʻraydi. Hech bir tashkilotni sizning bilimingiz qiziqtirmaydi. Diplom bormi boʻldi . Bilimli kishi qolib ketaveradi. Men maktabda ishlayman bu narsaga har kun duch kelaman. 20 - 30 yil ishlab haliyam oʻzini fanini tushunmagan oʻqituvchilar bor. Oʻzini ustida ishlamaydigan, kompyuterni oʻchirib yoqishni bilmagan diplomli oʻqituvchilar bor.
Hech bir maktab rahbari menimcha oʻqituvchini ishga olganda Hindistonga oʻxshab uning bilimini sinovdan oʻtkazib ishga olmaydi. Diplom boʻlsa boʻldi. Bilimi bormi yoʻqmi qiziqtirmaydi.
Maktablarda diplomi tufayli adashib yurganlar qancha.
Men faqat oʻquvchilarning loqayd , bilimsiz oʻqituvchilar sabab bilimsiz boʻlib borayotganligiga achinaman.
Haqiqatan juda ajoyib kino ham kulgili,ta'sirchan kino.Biznikilarga yo‘l bo‘lsin bunaqa kino olishga.
Murod M
Хозирда билим ва кўникма бўлмасдан дипломи олий бўлса бўлди. Дипломи ўрта бўлиб иш билим ва иш тажрибаси юқори бўлса хам бундай ходимлар лавозимга қўйилмайди.
Anvarbek
Assalomu alaykum silardan bir iltimosim bor edi ota onam 3 ta farzandini konyraktda oqityapti shuning uchun oz bolsa ham yordamlarizni ayamanglar
Mening eng sevimli filmim shu.Darhiqaqat kino juda ajoyib va tom ma'noda motivatsion harakterga ega.Menga eng yoqqan joyi qahramon dòstlarini ismlarini qo'shib ilmiy atamaga òxshash sòz yasab direktorni izlanishga majbur qilgani.Juda ajoyib 2ala qahramon reaksiyasi👌👌
Bizda bunaqa bòlsa nima bòlishini hamma juda yaxshi biladi.
Kino esa yana bir bor shunchaki SUPER
𝐌𝐮𝐱𝐭𝐚𝐬𝐚𝐫 𝐙𝐚𝐲𝐧𝐢𝐝𝐝𝐢𝐧𝐨𝐯𝐧𝐚
Менинг ҳам энг севимли кинофилмим. Қаҳрамонлар, «вирус» устози, хуллас инсонда илм олишга бўлган ҳавасни, иштиёқни оширадиган кино....Мана ҳозир ҳам шу кинони кўрдим....
Ўқиш жафоли -кети вафоли ....дейишган...албатта қийналиб ўқиган албатта ёруғликка, зиёга эришади....
Biznikilar xuddi wunday diplom un òqishadi buning ham sababi bor diplom bòmasa iw topiw ham qiyin bop qoldida
Farrux
Mativatsiya ogan odam guv etib yonib piiiiis etib o’chadi. Odamni hayolida majburiyatlari yurishi kerak degankan Abdukarim Mirziyayev. Shu gapni eshitganimdan keyin o’ylab qarasam shunaqa ekan.
Show next 21 comments