This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ««Freelance истиқболи» онлайн форумининг 4-қисмида иштирок этганим ҳақида аввалроқ хабар бергандим.

Онлайн форум давомида интернет тезлиги ҳақида ҳам савол берилди ва бу бўйича ўз фикрларим билан ўртоқлашдим.

Кўпчилик муштарийлар интернет тезлиги ва нархи ҳақида каналимда ҳам муносабат билдиришимни сўраб, мурожаат қилишаётгани сабабли онлайн форумда айтган айрим фикрларимни бироз қисқартирган ҳолда эълон қиляпман.

Тўлиқ видеони мана бу манзилдан томоша қилишингиз мумкин:
https://youtu.be/BJwyshHBYWU

Сизнинг бу борада фикрингиз қандай?
Юртимиздаги интернет тезлиги ва нархи Сизни қониқтирадими?

Фикрларингизни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 94 more comments
Maruf Tojiyev
Bizda ham shu ahvol G yoki E yonadi dastavval keyin H ga zurga o'tadi mobil internet. Trafiklar qimmat tezlik nol. Tungi paketlar arzon tezlik bir oz kutariladi. Lekin har doim ham tunda internetga kirolmeyman. Tezlikni oshirib narxni arzonlatsa bulardi kompaniyalar.
Jaa yomonlormaanglar doʻslar zato kament yozyapmizkuu😂😂😂😂
Toʻgʻri bizda tezlik pas lekin sahroi kabirda undanam pas boʻsa kerak 😂
Internet tezligi borgan sari pasayib ketmoqda!
Mana Uzmobile 4G

Yaqinda qo‘yildi.

Sekundiga 29 MB ishlayapti
Muxriddin Fozilkarimov
Internet tezligini shu xolatdan yuqorilatish kerak . Avval pastlatib, keyin koʻtarish emas )) hazil oʼz yoʼligaku aytamanda !!? 🤣🤣🤣
Silardayam antena toʻla 4G chiqib turadi lekin telegramga kirganlaringda 10 minut "Connecting..." boʻliiiib tuuuradimi?😂😂😂😂
Internet bir tekisda ishlamaydi agar hovlini bir tomonida turib ikkinchi tomoniga o'tsa ishlamay qoladigan darajada ishlamaydi. Hamma kampaniyalar bir biridan o'tgan antena yoq. Shaxarda yaxshasamham internet durst ishlamaydi qishloqqa borib qolsa internetni unitsaham bòladi.
Xatirchi tumanida internet tezligi mutlaqo talabga javob bermaydi. Ayniqsa chekka qishloqlarda internetni yoqishga yoqasiz E ham hattoki bir soatlarsiz chiqmaydi
Улуғбек ألوغبيك
29
Oʻoʻoʻ mincha mazza sizga havas qildim ooozgina xasadam ketdi lekin)))
Judayam dolzarb muamo ko'tarilibdi bu borada kun.uz muhbirlariya bir necha maqolalar tayorlashibdi lekin bitta savol tug'iladi shu yozilayotgan fikir va muhokamalarni tegishl tashkilot rahbarlari inobatga olishyaptimikan?
Misol uchun bizni mahalaga wi fi kabelini bohcha va maktabgacha olib kelishdi ungaham 2 oydan oshdi uztelecom kampanyasiniki edi ulardan so'raganimda yozgacha o'zimis tortib qo'yib ketamiz deyishgandi mana yoz ham kelyapti ammo hech qanaqa haraktlar yo'q.
Chiroqchiliklar bormi? Chiroqchida internet markazda ham tayinli ishlamaydi. Chekka-chekka qishloqlarda internet sifatini gapirmasa ham bo‘ladi. Eski hammom, eski tos. Bizda beelinega antenna qurilganiga 5 yil bo‘ldi. Internetni qachon yoqasilar desa 5 yildan beri modernizatsiya ishlari ketmoqda deydi🤣🤣🤣 Topib olgan bahonasi shu
Davronbek
Internet mg boshqa davlatlarga nisbatan qimmat va tezligi juda pas texnlogiyadan juda orqadamiz mashinalarni nahimi yoki boshqa texnikaler va oyliklar ham. . .
Rixsiboy. Davlatov.
Ilhomjon Yusubbayev
Ucellda umuman dabdala bulib buldi lekin noshukur bulmaslik kerak tugrisini aytish kerak faqat uzmoball zur ishlayatti malum bir joygacha undan keyin uham hiralashadi boshqa Mfy utsang uyoqda ucell yaxshi bilmaymanu qanaqa bular
Usellni operatori bn gaplashmoqchi boʻlib telefon qildim, ( kutganingiz uchun rahmat yaqin fursatda sizga javob beradi- deydi) vaqtim bemalol edi bir soat kutdim javob bermay oʻchdi.
Buni bir yoqli qilish kerak maʼsullar.
.Абдусаломов.Ф.
internet muammosi muammolar orasida dolzarbligi darajasi yuqori hisoblanadi.Hukumatimiz, mutasadilar bu masalani aktual muammo sifatida qarashlari kerak.Turli xil muammaolar borligi yani suniy yoldoshning yoqligi va boshqa vajlarni chetga surib,turli vadalarni "5G" bermasdan real imkoniyatlarimizdan unumli foydalnishimiz kerak.Respublikamizning barcha hududlariga bir xilda 5G ni emas 3G mksimal darajda ishlashini taminlasak ham bu taqsinga sazovor holat hisoblandi.Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda internet havoday zarur.Budjetni samrali dolzarb muammolrga qaratsag xalqimiz ham hursand bolar edi.Davlatimiz tomonidan qilinayotga ishlar hammasi xalqimiz uchun emasmi....
Yashang zo'r gapiribsiz kimdir gapirishi kerak edi qachongacha ko'z yumamiz bu muammolarga
⭕Bir kuni toshbaqa, shilliqurt va Oʻzbdagi internet tezligi poyga oʻynabdi. Internet qarasa toshbaqa bilan shilliqurt orqasida ekan internet haa yetvonglara desa shilliqurt uka biz bir kurug oldindamiz debdi
Internet tezligi nimaga buni men sezmadim desa shilliqurt u payti sen qotib qoganding degan ekan !
Assalomu aleykum.Bizda internet tezligi hududlarga ajratilgan hattoki umuman ishlamasligini ham kuzatamiz.Bunday holatda tezligi haqida gapirishga ham fikr qoldirishga ham vijdoning qiynaladi.
А.Ахмедов
А. Ахмедов мобил интернет тезлиги, нархи сифати умуман хозирги талаб ва даврга умуман мос эмас. Кишлокларда йук хисоб.
Show next 100 comments