​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Bir xil gap commentda
Galaktikani to'xtatinglar men tushib qolaman...🤬
Davlat berayotgan oyligiga qarab bilim berishyaptida ustozlar ham, bola ham shunga yarasha bilim olyapti, agar Alisher Qodirov prezident bolsa talim bundan ham pastlab ketadi 😂😂😂😂
ХуршидБек
Биз зарур булса жавобсурагани қурқардик хозирги боллар ўқтувчини бир тийинга омайди
MEDIC
A Б
Oylik kam bo'lgandan kegin shuda ahvol. 1000 $ bolishini kutishvotti, ertaklarga ishongandek))
Toppa to'ri aka, bitiradi oliyni ish yo'q nima keragi bor o'qib, oyligi 100$ ham emas ayrim sohalar, bu ahmoq bo'lsa o'zicha bolalarni ilmszga chiqaradi
Bunga sabab aka maktablardagi pedagoglarda bilimi borida mahorat yo'q dars o'tish mahorati qolganlarida esa bilim yuq bazilari faqat oylik chiqishiniyu yoki pensiyaga qachon chiqishini kutish bn ovora axborot asrida eski sarqitlar bn dars o'tadi bu esa hozirgi zamon o'quvchisini e'tiborini torta olmaydi yoppasiga o'qituvchilarni qayta malaka oshirishdan o'tkazish kk va kk bo'lsa har yili 15 kun bo'lsa ham yangi interfaol yoki innavatsion dars olib borish mahoratini oshirish uchun qayta tayorlovdan o'tishi ketak
MUZAFFAR
Xozir xamma oqiyapdi deyarli bularni qanday davlat ish bilan taminlarkin
O’qituvchilarni bilimini oshirish kerak. Zerikarli metodikani qiziqarlisiga almashtirish kerak. Maktabni qo’yuvring, universtitetda 80 minut faqat diktovka qiladi yozib o’turamiz. Bundan zerikarli narsani o’zi yo’q. Kserokopiya qilib tarqatib tashab qiziqarli qilib nimadirlarnidir tushuntirib dars o’tsayam bo’ladiku. To’g’risi, shunchalar tez yozamizki nima yozyotganimizni anglamaymiz. Keyin yana qanaqa qilib bilimli bo’lishi mumkin o’quvchilar. Maktablarda ham shunaqa o’qituvchilar ko’p. Hozir o’sha 56 ballni ham ololmagan o’quvchilar super- kontrakt qilib borib maktabga dars berishadi. Keyin ulardan nima kutish mumkin. Ham jamiyatimizda o’qigan bilan o‘qimaganni qadrini bir xil qilib qo’ydi, shuning uchun ham balki oquvchilarni oqigisi kelmas. Kimdir 60 mln, kimdir 70 mln beryapti o’qiyapti. Aslida bizni davlatimizda shuncha gaplarni yozishgayam arzimaydi, o’zlarini maqsadi ham shu bolalarni bilimsiz bo’lishligi.
🤣🤣🤣🤣🤣Yana Perevodchila 90 ,95 ball bn Imkoniyat soʻrasa Savodsiz boʻldi🙂🙂🙂 Yaxshiyam Perevodchila Abiturentdek tayyorgarlik koʻrmagan! 🤭🤭🤭
Super kontrak peravot hammasini endi boʻldi qilish kerak ozgina inistut qabul kvotasini kamaytirmasak hamma oʻqiyapti toʻgʻrisi shu yil masalan oʻqigan ham oʻqimagan ham talaba boʻldi shuncha kadr ish topish judda juda qiyin boʻladi inistut diplomi ham xuddi kolej diplomiday boʻlib qoladi.Super bilan peravotchilar zoʻr oʻqishiga kim ishonadi oʻqisa ham 100 tadan 2 tasi yoki 3 tasi oʻqidi.
MUZAFFAR
Undan otish balini 100 yoki 120 qilib qoyishsin
Renessansga poydevor qòyileptiku natijalar keyingi besh yilda yaxshilanib hammai zòr bòlib ketadi.
4йил реперга катнаб хам 100 бал ололмади шарманда хамма ек
MUZAFFAR
80 balni xam olavermay
Khotamov Sardor
Qimmat narsa qiymatli bòladi.
Ish haqi kam, ish sifati kam .
Òqituvchilar oyligini hech bòlmasa 5 mln qilishsa va keyin natija talab qilishsa bòladi.Balki shunda 36% bòlar
Oddiy qilib aytganda, bizda juda ham koʻp fanlar oʻtiladi. Oʻquvchini 7-sinfdan keyin mutaxassislik fanlari boʻyicha oʻqitish kerak. Masalan, matematikaga qiziqqan bolalarni bir yerga yig’ib shu bolalarga koʻproq aniq fanlar oʻtish kerak. Bunda, Tasviriy san’at, mehnat, ma’naviyat digan fanlani olib tashab shulani oʻrniga aniq fanlani qoʻyish kerak. Qoʻshimcha qilsam, koʻpchilik oʻqituvchilar oʻzlarini fanlarini yaxshi bilmidi. Oʻzi yaxshi bilmagan narsani oʻrgatish qiyin oʻquvchiga.
Buxoro hamma olimpiadani shu yutadi bitaasi man
1.O'qituvchilarni oyligini sezilarli darajada ko'tarish kk.Bu shart.Hechqayerda o'qimagan oddiy bola qoriqlashga ishga kirib 1 kun ish 1 dam olib 5-6 mln oylik oladi.Yaxshiroq korxona yoki mexmonxona qorovuliham 3 mln oladi.O'qituvchilarga 2 mln chiqadi to'liq 20 soati bo'sa.Buyuriq berishadi goroni yoki rayanodan uni amalda bajarish o'qituvchini ishi ,hamma ishni qilib 2 mln.Umuman arzimaydi.Bore db ketvorgisi keladi.Rossiyaga borib ishlab yurgan oddiy ishchilarham oyiga 5-6 mln topishadi bu o'rtacha.
Oylikni ko'tarish kk.
Oylikni ko'tarib o'qituvchilarni abiturientlarni saralagandek imtixon qilib saralash kk va katta oylik bn talabni qo'yish kk.

2.Ota-onagaham bog'liq.
3.O'quvchi yoshlarham avvalgidan saviyasi pastlashgan.
Bir narsani aniqlashtirib olaylik nimaga oddiy oʻzimizga topshirib 56.7 toʻplay olmaganlar haqida yozmaysiz nimaga bu haqida ochiq manbalar yoʻq
MEDIC
...♡...
🤣🤣🤣🤣🤣Yana Perevodchila 90 ,95 ball bn Imkoniyat soʻrasa Savodsiz boʻldi🙂🙂🙂 Yaxshiyam Perevodchila Abiturentdek tayyorgarlik koʻrmagan! 🤭🤭🤭
Shude Yaxshiyam xushnudbek o'qib qo'ygan ekan bizdaqalani xaqorat qilish un, ko'pchilik bu yilgi ishlari un dili og'ridi buni
Мерож Ханум
Мени фикрим биз мустакилликдан олдинги давр укувчиси эдик. Укитувчилар кучли ,мактабларда интизом кучли ,китоблар содда, лунда хам кизикарли булган. Билим хакконий булган. Олтин медалга битирганлар бемалол сухбат бн укишга кирган хохлаганига. Хуллас хакикат булган 100фоиз булмасада. Кейин мустакилликнинг бошларида укиш энг паст даражага тушган укитувчиларимиз хор бб юрганлар бозорчи булишиб. Хуллас илм хор булган бир пайтлар таъсири хозиргача бор ва булаверади.
Show next 100 comments