​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Bundan buyog'iga ta'lim sifatimiz yildan yilga tushib ketaveradi. O'zi dabdala endi bundan battar bo'ladi endi. Bunga sabab majburiy ta'limni 12yil emas 11yil bo'lgani. Qolaversa litseylar soni keskin qisqarib ketishi. Mayli kollejlar yo'q bo'lgandayam litseylar sonini kamaytirish emas ko'paytirish kerak edi. Hozir abituriyentlar maktabdan to'g'ri borib imtixon topshirishyapti. Uzb maktablaridagi o'qituvchilarni bilimi u qadar zo'r emas, kuchli chuqur bilim bera olishmayapti sababi otam zamondagi o'qituvchilar haliyam. Ular hozirgi kirish imtixonlaridagi savollarni ko'pini ishlay olishmaydi. Nega maktabda 11yil o'qigan bola o'qishga kira olmaydiyu lekin repetitorda 2-3yil tayyorlangan abituriyentlar testda 150-200ball yig'ishadi. Bunga sabab repetitor domlalari kuchli chuqur bilimga ega. Miyyasini ochib quyib qo'yadi. Talab ham qilib oladi. Shunday o'quv markazlari bor qabulni o'ziga imtixon qilib oladi. Imtixondan o'tolmasangiz o'quv markazida o'qiy olmaysiz. Qolaversa ular har oy blok testlar o'tkazishadi. Uyam mayli oliy ta'limni ham rasvosi chiqdi. Itniyam bitniyam super kontraktkka olib yotibdi. Qisqa qilib aytadigan bolsam, testda 1ball olsayam puli ko'p bolsa super muper degan kontraktktlarni to'lab o'qishyapti. Imtixondan yiqilganlar kelasi yilga topshirishi kerak aslida. Menga qolsa super degan tushunchani yo'q qilardim.chiziqdan pastda turganlarni umumman kiritmas edim. Kontraktkka kirganlarni puli bolmasa o'rnini ochiq qoldirar edim. O'rniga hech kimni super qilib olmasdim. O'zi universiretlarda o'quv binolari yetishmayapti. Yotoqxona haqida esa og'iz ochmayman. Buniyam qo'yib turaylik:bu yil o'qishga kira olmagan abituriyentlar osongina O'rta Osiyo davlatlariga imtixonsiz firmaga 500-1000$berib kirib olishyapti. Kelasi yilga esa o'zimizga perevod qilib olyapti.Ayyorlikni qarang. 56ni ko'zini yumib taxminan belgilasayam to'play oladi. Menga qolsa eski test tizimi yaxshi edi yani 36talik test tizimi. 5-6yil oldin qiyin testlar tushardi. Abituriyentlar qiynalib kitobdan qidirib topar edi javoblarni.Zato esida qolar edi. Hozir esa vashee oson savollar. 1-avgustda hamma bir kunda test topshirib qutular edi. 20-avgustda javob chiqar edi. O'qisgga qabul qilinganlar bemalol 1-sentabrgacha kelib joy topib olar edi. Hozir esa 1-avgustda testga kirganlar 5-6sentabrgacha mandatni kutishadi.o'sha eski qiyin test tizimini qoldirib shaffoflikni kuchaytirib qo'yish kerak edi. Chetdan perevod qilib kelganlar uyoqqa imtixonsiz kirishgan bolsa bizda ertaga qanqaqa qilib yetuk kadr bo'lib chiqadi? Shu savol qiynaydi. Super bn perevodni yo'qotish kerak. Perevod bn superlar o'qishni varragini chiqarib yuborishdi. Pulni deb ta'lim sifati yo'qolib bo'ldi. Menimcha bundan buyon yetuk kadr kerakmas davlatga.Faqat pul qilish bolib qoldi. Davlat ertaga u dumbullarga qayerdan ish topib beradi. O'zi ishsizlik yuqori darajada. 4yildan keyin ishsizlik urchib ketadi. Diplom bor ish yo'q. Bilimli yetuk kadrlar qora ish qiladi yoki rossiyaga ketadi.O'rtoqlar bizga faqat oliy ma'lumotli kadrlar emas. Hunarmandlar , ustalar,tikuvchilar va hokazo kasblar ham kerak. Litsey bn kollejlarni qaytaraylik. Kasblar ham kerak bizga
Avvolo oʻquvchini uziga bogʻliq diyishadi bu narsa nisbatan tugʻri bulishi mumkun maktabda dars beradiganlar hozirgi kunda oʻqituvchi bulib qolgan.oʻrgatuvchi oʻqutuvchi emas balki oʻqituvci bulganda boshqa gap edi
Oybek
Juda juda ayanchli, hali 56.7 ni yani 3 baho ni olish o’ylantiryabdi
Universitetdan pachka pachka yaroqsiz pedagoglar chiqqandan keyin shu holat buladida. Ozimni kursdoshim hozir maktabga dars berishga utdi lekin 2 ga 3ni zorga qushadi endi u oqitgan boladam 4 baho olishni talab qilish ahmoqlikda
Pulatovv¹¹
Хушдунбекиз гапираверади
nima uchun uni kanaliga ulangansiz unda.comment yozish darajasida kuzatyapsiz? xushnudbek gapiraveradi deydigan odamlar ham uni shunchalik kuzatyaptimi manshu uning saviyasini ko'rsatadigan narsalar!!!
Абдуллаева Хосият Собировна
Хушнудбек ука мен хам олий маълумотлиман синфимизда 45 нафар укувчидан 8 нафаримиз ОТМ га укишга кирдик яъни хохлаганлар хозирчи 35 нафар битирувчи ОТМ га мажбурий хужжат топширишади карабсизки сиз айтган натижа узлари хохлашмайдию директор мажбур килади тестга киришга чунки юкоридан буйрук бор
Чунки Узбекистонга ижодий имтихон топширган ижодийга 3000$бериш кк булган
Tilloyev Oybek
Bitiruvchi hech bo'lmasa birlamchi tibbiy, siyosiy, tabiiy, imloviy ma'lumoti bo'lishi kerak
MEDIC
Eldor Xurramov
Zor bòladi shunaqa qilsa hech narsa bòmiydi.Tik tokni ham yòqotadi yaqinda
Ota ona ham ozgina aybdor chunki qush uyda ko'rganini qiladi, ota ona bolani to'g'ri yonaltirishi kere tarbiya borasida
زيلولا🕊
Man 101. 85bal oldm lekin oqishga kira olmadm xattoki kontraktga ham
Birinchi masala Ustozlar oyligini oshirish kerak yuqori darajada, undan so‘ng har bir o‘qituvchi kamida 60% o‘z ustida ishlaydi.
Ikkinchi masala dars
soati 45 minut bitta sinfda 30 ta o‘quvchi bitta ustoz, qanday biz kutgan natija bo‘ladi? har bir sinfda 15-16 ta o‘quvchi bo‘lsa natija ham boshqacha bo‘ladi.
Uchinchi masala dars o‘tishning O‘zbek metodini yaratish kerak.
Keyingi masala o‘quvchini o‘qituvchi urishsa ota-onasi o‘qituvchini oldiga janjalga kelishini kamaytirish kerak.
Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.
......
Talaba
Qachon kirgansiz òqishga
MEDIC
Juda suqma piyozakansz
Maga birtiyinli qizig'i yo'q haqiqatni yozdim.Haqiqat achchiq bo'ladi.Harakat qilib intilib o'qisa kiradi bo'masa fitna qilib yozib-chizib yuraveradi.Manga yozishingiz shartmas
Repetitorga qatnaydiganlar majburlikdan oʻqishi mumkin, boshqalar maktabga davomat uchungina boradi, telefon, ijtimoiy tarmoqlar qiziq ular uchun, afsuski ijtimoiy tarmoq yoshlarning vaqtini olib, fikrlarini chalgʻitib yuboryapti. 😔😔😔
Show next 100 comments