⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
꧁☬ รค๓คภ๔คг ⁞͜͡⁞͜͡⁞͜͡⁞🇺🇿͜͡⁞͜͡⁞͜͡⁞͜͡⁞͜͡⁞✯̠̠̠̠
❄
Savolisni aniqroq yozing
Manimchi bu kishi bunday demoqchi ona tili adabiyot yo'nalishiga topshirish haqida aytyaptilar shekilli agar ona tili va tarix bolda asosiylar institute ga
Agar ona tili va chet tili bo'lsa universitet ga dimoqchilar
Мохиста+Шахноза 018-78гр
Нимага саволларимизга изох берилмаяпти
2020-yildan boshlab Abituriyentlar 5 ta emas, 2 ta fandan imtihon topshiradi degan reja qabul qildi dtm o'z saytida. Sabab - karantin munosabati bilan yoshlar sogligini o'ylash. Bu judayam to'g'ri yo'l hozirgi kunda. Bizda esa boshqa taklif bor. Ya'ni majburiy oqiganlarni norozi qilmagan holda Quyidagi rejani Ishlab chiqdik :
1. Mutaxassislik fanidan 30 tadan savol. Lekin qiyinligi birinchi darajali bo'lgan savollar 15 tagacha ko'paytirilishi kerak va har bir Mutaxassislik fani uchun 45 daqiqadan jami 90 daqiqa vaqt.
2. Majburiy 3 ta fandan 15 tadan emas, Balki 10 tadan savollar berilishi va har bitta savolga 1 daqiqadan jami 30 daqiqa.
3..Shunda bizda jami 90 ta savol (umumiy ball =249) bo'ladi va DTM O'Z SAYTIDA AYTGANDEK 3 SOAT emas 2 Soat Vaqt beriladi.
4. Maxsus fanga bu vaqt Kam degan savol tug'ilishi tabiiy. 45 daqiqa 30 ta savol uchun Bemalol yetadi. Chunki bizda 15 ta 1-darajali savol bor. Bu degani qolgan savollar 4-darajalii emas, ular ham 2-va3-darajali savollar bo'ladi.
SHUNI BIR O'YLAB KORILAR YAXSHI BO'LADI MENIMCHA. SHUNDA HAMMA UCHUN ADOLATLI QAROR BOLADI. MAJBURIY QOLADI ORNIDA.
Sirojiddin Nazirov
Ko'lej maktab imtxonlari qanday tarizda bo'ladi. Keyin dakimet qachon topshiramiza
Assalamu alaykum bu gapim balki yetib borar balki yo'q lekin kechiktirish imtixonni manimcha eng to'g'ri yo'l,chunki bir qator sabablari bor,tushundingiz manimcha
Assalomu Aleykum
Bu yil sharq tillari boyica qabul bomidimi islom akademiyasidayam arab tili sharqshunoslidayam tilla boyica xc qanaqa fakultet cqmayapti abitur.dtm.uz da
Yana qaysidir manbada tarix+ chet tili - sharq tillari va adabiyotida db etilgan
Nega qabul fakultetlani oldindan elon qliwmidi wu yonaliw boyica oqiw xohlab wunga tayllanb yurgan qanca abituriyentla bor tosatdan ozgartrb fakultetlani yopb qoylgan bolwi mumkunmi yoki fanla majmuasiNi ozgartrwligi
Нечи баллдан булади булар
Асосий фанлар
Наргиз
Ассалом алейкум утган йили амалий булган имтихонлар хакида кимни хабари бор
Наргиз
Бу йил хам амалий булармикин
Dilshodbek Salimov
Muxlisa Abduraxmonova
Kerak bolsa hammasini òqish kk edi. Sizga ham savolim majburiy fanlar bòlishini nimasi yomon majburiy fanlar 1 darajadagi savollar tushadi deyilgan shuni ishlolmaydimi hech kim mablaĝi yetmaslik bu baxona izlagan imkon topar izlamagan baxona òsha mablaĝi yetmaydiganlar maktab òqituvchilaridanmi yoki bòsh1a oqiydigan tanishlaridanmi iltimos qilib ozgina yalinsa ham shular tushuntirib beradi 5 ta fan bolishi hech kimga halaqit bermaydi siz òqimagan ekansizda oo 5 tafanni siz oqimagan bòlsangiz biz òqiganmiz shuncha vaqtimizni sarflab
Siz sal ozizni bosvoling tuxmat qilish yaxshimas. Fol ochmeng. Mani nechta fan oqiganimga. Man 5 tamas 6 ta fan tayarlanganman ishonish ishonmasli sizdan. Man buyoda 2 ta fan tarafdoriman demaganman. Yana qaytaraman miyelani ishlatila devomman. karochi aqlli boseng ozingga 1 darajalini ishlomidimi devossan sanham ishlomisan man javob beraman. Agar rpttr ga bormaganingda ishlomasding. Sal etibor bn oqigin gapni manosini chungin.
Dilshodbek Salimov
Muxlisa Abduraxmonova
Keyin qòshtirnoq ichidagi adolat talabgorlari emas haqiqattan ham adolat talabgorlarimiz sizlardan farqli òlaroq
Aaa xop. Adolatli boseng shu qaror chqaanda qatteding. Nega ushanda janjal qmading. Dekabrdaham ozgarish kiritaslami deb.
Dilshodbek Salimov
Asadbek Teshaboyev
To'g'ri aytasiz. 5 ta fan kamchilikka ega Buni bizda sinab korishyaptida Aka, Togrimi? Yana bir narsa 2 TA FAN DEB HAMMAYOQGA JAR SOLAYOTGANLAR QACHONDAN BOSHLAB DTMNI aytganini qiladigan bop qoldilar, shunga javob berilar. Ollohga shukur 5 ta emas hamma fanni oqiganmiz MAKTABDA. Buning un repetitorlar shartmas. Yoki Internet Yoq joylarda Maktab ham yoqmi. Keyin PREZIDENTIMIZ hamma yoshlar bilimli bo'lsin deb aytgan 5 ta fan bolishini. KKIMGA KERAK BO'LSA OSHA OQURSIN KELAJAKDA FOYDA BOLADI OZIGA DEMAGAN, OTAMIZ hammani Oylab MAJBURIY deb aytgan. Sizlarga bu qarorlar yoqib tushayotgan bo'lishi aniq!!! Sizlarga savolim bor, nima uchun aynan shunaqa qaror chiqqandan Keyin ovozlarin Kotarilib ketti. Oldinroq Unaqa emas edi shekilli. Hamma ozini bilib majburiy fanni oqiyotgandimi? Xo'sh 5 ta fandan oqiganlar bilib qoyin 2 lasiga ham tayyor. Ular nimadan xafa ayteymi? Adolatsizlikdan, doim xorak bolishdan. Noliyvermelar deysizlar,Ollohga shukur hech Kim Kim nolimayapti. Sogligimiz joyida. Biz 5 ta fan bolishi tarafdorimiz. Axir Biz ham Ozbekiston fuqarosimizku Togrimi? 2 ta fan o'qiganlarni ham tushunaman Bazilari yetkaza olmagan. Nima qilish kerak unda. Demak Hukumat Qandaydir ADOLATLI QARORNI chiqarsin.!!!
Tori okam chunganiz uchun rahmat. Ozi kamment yozmiman dudm. Kmgadur nmanidur chuntraman dudm. Uzur xafa bomela man 2 ta fan tarafdorimasman. Yana qaytaraman 2 ta fan tarafdorimasman. Faqat janjal qlshdan oldin nega janjal qvotganilani oylab ko'rila demoqchiman. Tori etasz dtm ga barbr holagan muzikasini chaladi bza raqsga tushishga majburmiz.
Dilshodbek Salimov
Adolat talabgorlari ga tegishla gap. Agar shunaqa aqlli adolat talab qivoramiza lyuboy joyda desela. Qo'lilardan kesa super kantraktni bekor qlila. Bilimilaga ishonvossilayu. Bilimsiz lekn otasini puli bn korvotganla kop. Ulani omadi qaddini ursin demela.
Dilshodbek Salimov
Iltimos gaplarimni dtm ga ishonib 5 ta fandan tayorlangan. Voxtini ketgazgan insonla notori chunmela. Man slani ketgazgan voxtilaniham. Ota onela ajratgan mablagniham,ozilani qilgan mehnatilaniham xurmat qlaman. Va slani fikrilaga qarshimasman.
Muxlisa Abduraxmonova
Dilshodbek Salimov
Aaa xop. Adolatli boseng shu qaror chqaanda qatteding. Nega ushanda janjal qmading. Dekabrdaham ozgarish kiritaslami deb.
Ey siz birinchidan man sizi hurmatizi qilib qoyatganimdan keyin maniyam hurmatimmi qilib malol kemasa sizlab qoying chundiz 5 ta fan bolishi sentyabrdayoq aniq edi bu ikkinchidan
Show next 13 comments