⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Oliy harbiy ta'lim muassalariga imtihonlar qanaqa bo'laran yo uni ham o'zgartirishadimi
Ruziqulov G'olibbek 211D «Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъун».
Kim qanday tayyorlangani faqatgina ôziga ayon. U ham mavhumiy tushuncha. Reja bôyicha tayyorlanayotgan abutirentlar biladiki oxirgi ikki oy doimo bilimlarni qayta mustahkamlab testlar ishlashga sarflanadi. Hali vaqt bor shu vaqt mobaynida faqat ikki fanni mustahkamlasa ham ijobiy natija olishi mumkun. Bundan tashqari abutirentlaning hammasi ham birinci marta topshirmayaltiku. Hech bôlmaganda bir yillik tajribaga ega. Kelinglar aziz yurtdoshlar hammasini yaxshilab fikrlaylik. Va yaxshilikga yôyaylik. Har bir hodisada hikmat bor ahir.
Ruziqulov G'olibbek 211D «Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъун».
Har qanday bilim pul sarflanganiga arziydi. Kelajakda foydasini beradi. Foyda bermagan taqdirda hech qanaqa achinishning hojati yôq.Bu pullar boshqa keraksiz narsalarga ham sarflanadiku ahir.
Bitta barg Ollohni ruxsatisiz uzilmidi!
Ertagacha tirik qolishimizga kafolat yo'g'-u...
Haliyam Bobur, Buhoriylar kabi millionlab hadis yodlab,"Qur'on" yodlab qo'ymaganmiz,yana xotira tugadi deysizlar-a?!
2ta bo'lsa ikkita-da.
Yana aytaman:
Bitta barg Ollohning ruxsatisiz uzilmidi!
Tamom!
Ha lekin ikkita bolgani eng yaxshi qaror boldi. Chunki oldindan abiturentla 3 fan deyilgan taqdirda 2 tasiga tayyorlanishgan shu qatori men ham. Bu yil ham aynan 2 ta mutahasislik fanidan tayyorgarlik korganman 5 tadan tayyorlanishni iloji yo. Men taniydigan kopchilik ham huddi shunday 2 ta fandan tayyorlangan. Endi bu yog'ini hammasini faqat vaqt korsatadi. 5 ta fan bolsa yaxshi deb aytyotganlal 5 ta fanni nmasi yaxshi hammasidan bir shingildan qilib arlashtirib chiqgandan kora ikkita soddagina, ihchamgina test iahlab chiqganila yaxshimasmi. Mayli yana bir bor hammasiini vaqt korsatadi. Dengizda chokmaslik uchun hamma narsani oz xoliga qoyish kerak tipirchilamaslik va hattoki suzishga harakat qilmaslil kerak. Shunda dengizni ozi sizni chokishdan qutqarib qoladi.
Mayli mushkul bo'lsin Sen tanlagan yo'l,
Tole ham mayliga kelmasin oson.
Faqat odam qadrin bilar odam bo'l,
Bo'l inson dardini bilguvchi inson. Oka insonmiz chiroyli muomala qilin. Tufurganiz bilan siziki hech kimga tegmidi, Lekin millionga teng hurmatiz bir pul bolishi mumkin. Omad!!!!
...
Lekin norozila qatorida buni qollab quvvatlidigonalayam kamamas
Ozi chiqargan qonunku bu. Shuncha tayyorlanganla bn 2ta fan bn cheklanib qoganla bir xil bop qoldi. Ielts uchun harakat qiganlani aytish shartmas. Ularga bitta fan bosa boldi. Shumi adolat.
Umuman notogʻri qaror boʻldi ...
#TTYMI$
Nma hamma fandan tayyorlanganmidiz hammasini mukammal egalloldizmi. Hech bolmaganda uchtasiga javob berolasizmi......
Man sentyabrdan buyon tayyorlanib yuruvdik 5ta fanga. Shu 3ta majburiyimdan 100foiz urmoqchi bulib uqigan vaqtimga achinaman. Afsuski qarorni faqat 2ta fanini uqib yallama yorim qilib yurganla qullab turibdi. Agar hamma bir fikrda bulganida, agar hamma uz manfatini kurolganida bizni ham fikrimiz inobatga olinar edimi. Lekin afsuski ....
Sug'diyona
Manimcha kopchilikni asosiy fani yaxshi agar 5ta fan bulganida sz qiyinchiliksiz 2.1 ball bilan oldinga chiqib oladigan imkonyatiz bor edi. Endi 1ta xato uchun ham yo kontrakt yo yiqilishiz mumkin. 2fa asosiysi zurla grand uchun hamma joyga yetarli. Avvallari ham 3chi fan bòlganida 3chisi ham zurla grand edi chunki hammani asosiy 2tasi doim zur buladi.
Ha to'g'ri bu yil ham har doimgidek hammani omadiga bogliq osha 2.1 yetme qolgandayam baribir achinish hissi boladi. Undayam bundayam menimcha imkoniyatla teng taqsimlangan masalan matematikaga oqiyotganla asosiydan ham majburiydan ham qiynalmidi. Shuni osonini ham qiyinini ham ishlamasdan bittasini ishlagani maqulku
Sindrella*
5ta fanni oqigan abutrentlar 2ta asosiy blokniyam oqigandir,endi bu taqdir baribir hech Nima ozgarmidi kethan vaqt va xarajat hammadan ketgan
Juda to'g'ri ish bo'lgan.
O'zi egallamoqchi bo'lgan kasbning mutaxasisi bo'lishi uchun 2 ta mutaxasislik fanini mukammal o'rgansa yetadi.
Xudo xohlasa Hammasi Yaxshi boladi Akalar, opalar. Yaqin orada menimcha qarorni 100% ligi tasdiqlanadi. Yana ozgina sabr qilaylik. Ishonaman harakat qilgan odam kiradi!!!
Xozirg vaqtda yaxsha lekin rasman tasdiqlaman
Show next 100 comments