⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Umuman notogʻri qaror boʻldi ...
#TTYMI$
Nma hamma fandan tayyorlanganmidiz hammasini mukammal egalloldizmi. Hech bolmaganda uchtasiga javob berolasizmi......
Man sentyabrdan buyon tayyorlanib yuruvdik 5ta fanga. Shu 3ta majburiyimdan 100foiz urmoqchi bulib uqigan vaqtimga achinaman. Afsuski qarorni faqat 2ta fanini uqib yallama yorim qilib yurganla qullab turibdi. Agar hamma bir fikrda bulganida, agar hamma uz manfatini kurolganida bizni ham fikrimiz inobatga olinar edimi. Lekin afsuski ....
Sug'diyona
Manimcha kopchilikni asosiy fani yaxshi agar 5ta fan bulganida sz qiyinchiliksiz 2.1 ball bilan oldinga chiqib oladigan imkonyatiz bor edi. Endi 1ta xato uchun ham yo kontrakt yo yiqilishiz mumkin. 2fa asosiysi zurla grand uchun hamma joyga yetarli. Avvallari ham 3chi fan bòlganida 3chisi ham zurla grand edi chunki hammani asosiy 2tasi doim zur buladi.
Ha to'g'ri bu yil ham har doimgidek hammani omadiga bogliq osha 2.1 yetme qolgandayam baribir achinish hissi boladi. Undayam bundayam menimcha imkoniyatla teng taqsimlangan masalan matematikaga oqiyotganla asosiydan ham majburiydan ham qiynalmidi. Shuni osonini ham qiyinini ham ishlamasdan bittasini ishlagani maqulku
Sindrella*
5ta fanni oqigan abutrentlar 2ta asosiy blokniyam oqigandir,endi bu taqdir baribir hech Nima ozgarmidi kethan vaqt va xarajat hammadan ketgan
Juda to'g'ri ish bo'lgan.
O'zi egallamoqchi bo'lgan kasbning mutaxasisi bo'lishi uchun 2 ta mutaxasislik fanini mukammal o'rgansa yetadi.
Xudo xohlasa Hammasi Yaxshi boladi Akalar, opalar. Yaqin orada menimcha qarorni 100% ligi tasdiqlanadi. Yana ozgina sabr qilaylik. Ishonaman harakat qilgan odam kiradi!!!
Xozirg vaqtda yaxsha lekin rasman tasdiqlaman
Assalomu aleykum bir savol bilan murojat qilmoqchiydim. Men Buxoro viloyatidanman abutrend òqishga toyyorlznib yuribman buxoroda dizayn kasbiy talim yònalishi yòq shu ssbabli Navoiy viloyatiga topshirmoqchiydim karantin vaqtida bu qanday bòladi boshqa viloyatga borib topshirish imtihonla ijodiy bòladimi bizada? Iltimos shu haqda bstafsil malumot bersangiz ijodiy imtihonla tòrisida
😀😀😀😀😀😀😀
Assalomu aleykum. Ijodiysi bor yo'nalishlarda qanday yangiliklar bor va qanday ro'yxatdan otsa bo'ladi. Men tanlagan yo'nalish kiritilmagan yoki ro'yxatdan o'tmasdan hujjat topshiramizmi onalayin. Javob uchun oldindan raxmat
Sirtqi va kechki o'qishlar haqida ma'lumot bersangiz
Assalomu alaykum.
Savol: Agar faqat maxsus fanlar boʻyicha test sinovlari oʻtkazilsa, baholash tizimi qanday boʻladi?
Ikkala fanga ham 3.1 balldan beriladimi?
Bunday baholash ballari ketma-ketligiga taʼsir oʻtkazmaydimi?
Masalan: kimdir 20 tarixdan 25 ta ingliz tilidan yechsa. Kimdir 25 tarix 20 ta ingliz tilidan yechadi. Bunaqada bir xil ballar koʻpayib ketadiku
مٖرَنشَح Mironshox
Javob uchun oldindan rahmat
Ha shunaqa bir xil ballar juda ham kupayib ketadi. 1ta savol ham bizni grand yoki umuman uqishdan mahrum qiladigan kuchga kiradi.
DTM har doimgidek havola gaplar. Unaqa qilamiz bunaqa qilamiz. Essiz shuncha fanlarga tayyorgarlik u.n ketgan vaqtga. Shu ketgan vaqtga 2ta fandan chuqur tayyorlansa bolardi. Majburiy fanlarni olgandan ko'ra osonroq shaklda qilinsa bolardi. O'tgan yili Yuriditskiyni ham qoyillatishgan kattttaaaa qilib bir oy qolganda bu yil har qalay o'zgarish aanchaaa katta sababi 2 oy oldin aytishdi buni ozgarish desa boladi. Bu yilda X variant degan tushunchalarni DTM musaddilari anchaa tushunib olishsa ajab emas!!! Oldinlari tushunishmagandek. Bu ham ko'pchilikka kelgan tõy. Hali vaqt bor ishqilib yana 1ta fan bõlib qolsa hayron qolmasa kerak abituriyenlar!!! Abituriyentlaga omad !!!
Madina🌸
Judayam zo'r qaror. Azizlar sal ko'nglimizni kengroq qilaylik axir ko'pchilik talabalik baxtiga erishsa sizlardan hech narsa kamayib qolmaydiku. Agar siz 5 ta fanni mukammal egallagan bo'lsangiz 2 ta asosiy fan sizga muammo emas ,olgan bilimlariz esa o'ziz uchun . Bilim uchun sarflangan mablag va vaqt hech qachon bexuda ketgan hisoblanmaydi. Man ham tayyorlanayotgan edim osha 5 ta fandan lekin shuncha fanni hammasiga tayyorlarlanishga sharoiti kõtarmagan tanishlarim va yaqinlarim ham kam emasdi. bugun ular uchun juda juda xursandman. Olloh avvalo hammamizga nasib etsin talaba bõlishni. Faqat o'zim bõlay deyish adolatdan emas menimcha.
Show next 100 comments