Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Maktab boğchani davlatimiz quradi.Sirdaryoda ichimlik suvi qay axvolda bilmadim. Menimcha ichimlik suvi chiqarib bergan yaxshi. Bemalol 4ta artizan chiqarsa boladi.
Assalomu alaykum . Maktabga yoki boqchaga yoki masjidga. Bulardan hamma foydalanadi va hammaga foydali. Yana bir fikir ushbu qishloqni katta qismini koʻchalarni istalbalarini svet bilan taminlasa boʻladi. Ichimlik suvi. Yoki shunga oʻxshash ishlar. Shunday yoʻli oʻylab topinglar bir martalik ishga sarf boʻlmasin. Odamlar undan har kuni foydalansin. Rahmat
Umida
Masjid yoki maktab qurilishiga sarflansa yaxshiroq bòladi
Togri hozir birinchi ijtimoiy vaziyatga qarash kerak. Lekin bu faqat hozirgi kundi yaqshilaydi. Kelajakni emas. Xushnidbek akamiz qayta qayta aytadi talim bor joyda hammasi ham boladi dep. Talim bu kelajak.
Ma'mura Kodirova
Oilasida nogiron yoki boquvchisini yoʻqotgan , ogʻir dardga chalingan oilalarga berilsa maqsadga muvofiqdir.
Janob yuqoridagi summani barchasiga bitcoin olish kerak va 5 yilda 200 ming dollarlik bitcoin 20 million dollarlik bo'lganida tegishli tartibda jabrlangan vakillarga naht yoki plastik ko'rinishida berish va tarqatish lozim.
Aka haqatanam bu pullarni aholiga tarqatsangiz urvoq ham bo'lmaydi maktab bog'cha degan taklilaram bo'pti buyam optimal variant emas birinchidan 19 mingga bog'cha maktab qurol misiz shu mablagga mos biron ishni qilish kerak 203 millionga bitta maktabni texnika bilan ta'minlasa yoki kutubxonani kitob bilan ta'minlasa bo'ladi shu fikir yoki jamoat foydalanadigan biron bir kichik obyekt qurish kerak
To'g'ri bu juda qiyin masala. Menimcha yosh bolali oilalarga va keksa bor uylarga ko'proq yordam kerak. Yana bilmadim.
Иш бн таминлайдиган, жой Курган макул. Анча кишини иш Билан таминланади. Бу енг макул юл
Умида
Энг яхшиси энг кам таъминланган хакикий ёрдамга мухтож бечораларга уй куриб бериш кере
Pullarni elektr toki gaz SUV kabi kundalik foydalanadigan ishlarga pul otqazib bersangiz yaxshi bolar edi 203mln so'm 70ming aholiga ancha vaqtga yetadi Deb oylayman
Bu pullarga chorva hayvonlari sotib olib berish kerak.Qo'y kamida. Barakali bo'ladi.O'zidan ko'payadi.Va yana pul bo'ladi olgan odamlarga.Biznesda bu ham oz bo'lsa ham
Пулатбек Уринов
Хайётда энг кийналган,оиласида касалчилик буган,инсонларга беринг ака,нимага десангиз унака одамлар хайёт кийинчиликларидан 1 сум буса хам оиласига яни касал буган якинига дорига пул топиш учун жудаям рухан чуккан инсон,
Assalomu alaykum, mani fikrm Sardoba fojiyasidan eng ko'p zarak ko'rgan, endi nima qilishini bilay oila a'zolarini boqish uchun nima qilarini bilmay yurgan fuqorolarning eng eng nochorini topim, hayot yo'lini izga qo'yib olish uchun yordam ko'rsatish kerak deb o'ylayman, masalan bir bosh sigir yoki qo'y qilsa ham ko'paytirib foydalanadi iziga tushib oladi yoki boshqa nimadir
Қурилаётга хар битта масжидга тенг тақсимлаб беринг бошқа вариан менимча қийин
00515 -Ортиков Махмуджон
Ичимлик суви варианти тугрирок манимча
Boquvchisi yo'q yashash sharoiti og'ir hamda kam taminlangan oilalarni hisob sonini bilib shularga sariflash kerak deb bilaman.
Артезиан қудуғи қаздириб маҳалла учун тоза ичимлик суви чиқариш керак, кўп муддат хизмат қилади ва бу энг зарур эҳтиёж!
Meni fikrim sardobada zarar kõrgan yoki u yerda yangi qurilayotgan masjidlarga berish kerak. Chuni qogan zararni davlatni õzi kõtaryapti.
Assalomu alaykum zarar ko'rilgan hududlardan o'qishga kirgan va xaqiqatdan moddiy ahvoli og'ir bo'lgan oilalarning kontrakt puliga berilsa ancha mantiqiy yechim bo'lar edi.
Show next 100 comments