Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Қурилаётга хар битта масжидга тенг тақсимлаб беринг бошқа вариан менимча қийин
00515 -Ортиков Махмуджон
Ичимлик суви варианти тугрирок манимча
Boquvchisi yo'q yashash sharoiti og'ir hamda kam taminlangan oilalarni hisob sonini bilib shularga sariflash kerak deb bilaman.
Артезиан қудуғи қаздириб маҳалла учун тоза ичимлик суви чиқариш керак, кўп муддат хизмат қилади ва бу энг зарур эҳтиёж!
Meni fikrim sardobada zarar kõrgan yoki u yerda yangi qurilayotgan masjidlarga berish kerak. Chuni qogan zararni davlatni õzi kõtaryapti.
Assalomu alaykum zarar ko'rilgan hududlardan o'qishga kirgan va xaqiqatdan moddiy ahvoli og'ir bo'lgan oilalarning kontrakt puliga berilsa ancha mantiqiy yechim bo'lar edi.
Sardoba suv omborini devoriga ishlatilar yanayam mustahkamro qilishga óshanda hammaga yordam berilgan bóladi, yana boshqa bu hodisa takrorlanmasligi uchun
Yuldoshboev Abror
Yosh bolalarga kichik bir oyingoh qurib berish kerak
Тупланган пулни олиб, кийналган 20та оилага 20та куй ёки мол олиб бериш керак. Кишлок шароитида хайвони бор одам узини анча хотиржам хис килади. Иложи буса, Она-бола мол олиб беринглар 10 млн атрофида яхшиларини беради. Кули очик фермерлар билан келишилса, ундан хам купрок одамни таьминлаш мумкин.
SARDOBADAGI EVAKUATSIYA QILINGANLAR ICHIDAN 100 TAMI KAM TAMINLANGAN TOPIB TAQSIMLAB BERISH KERAK PARK YOKI MAYDONCHALARDAN MUHIMI RUZG'ORIDA PULI YUQ ODAMGA BIRISH KERAK BOSHQASI BEKOR
Масжид қуриш керак
Menimcha ko'pchilik oilalarga davlatimiz tomonidan yordam berildi, lekin moddiy zarar jihatidan qaraganda koplab oilalarga katta zarar yetgan. Shuning uchun har bir oilaga moddiy zarariga qarab taqsimlash yoki qandaydir nohaqliklar sababli yordam berilmay chetda qolib ketgan oilalarga berilishi taklif qilaman.
Sardobaliklarning farzandlarini kontrak pullarini to'lab bering.
Яхши хордик чикарадиган бог куриш керак манимча яхшидан бог колар деганларидек!
Hayot bu katta õyin
salom, hozirda ularga menimcha kundalik hayotga zurur boʻlgan narsalarga ehtiyoj bor! oldimiz kuz, udan keyin qish! Har holda bitta maqol bor qishni gʻamini yozda ye! degan! ularni issiq uylariga xotirjam qaytariwga sarflaw, kerak! koʻngil ochar maskan, u bu ,deganlar salgina toʻxtab tursa ham boʻladi lekin oldimiz kuz va sovuq qish! elektr energiya, toz suv , va qishga gaz! yoki yoqishga koʻmir!
Jahongir Holikov
Maktab yoki ta'lim yaxshi variant. Lekin shu holatdayam 70 ming aholi farzandlari bitta maktabga bormaydi. Optimal variant bòlmasa ham kutubxona yoki ARM kabi joylarga pul bòlmagan kòrinishda (misol uchun kitob) berilishi kerak manimcha. Ya'ni agar maqsad 70 ming aholini qamrab olish bòlsa yoki kutubxona yoki sogliqni saqlash ga yònaltirilishi kerak. Agar qamrov muhim bòlmasa biror maktab qurilishi yaxshi variant
Masjidga yoki shifoxona uchun yoki qabriston ta'miri uchun ishlatish ma'qul deb o'ylayman. Ehtiyojmandlarga davlatning o'zi ham yordam qo'lini cho'zadi, menimcha)
Boquo‘chisini yuqotgan og‘ir axvolda qolgan xotin qizlarga beriw kerak
Assalomu alekum exsonlari allox dargoxida qabul qilsin.Bismillahi roxmaniy roxim avvalo alloh pullarga baraka bersin .Mening shaxsiy fikrcham shuki bu pulga uy qurishga sarflansa yaxshi bolar edi yani kimlarga boquvchisi yoq yolgiz ayollarga nogronli erkagi borlarga shunde masulyati cheklanga insonlarga uy qurib berilsa yaxshimidi avalombor raxmat allohni ozi sizlarrdan rozi bolsin
Show next 100 comments