Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Eng yaxshi investitsiya bu ta'limga berilgan investitsiyadir.
Eng munosib va ehtiyojmandlar talabalarning to'lov kontraktiga yordam berilsa yaxshi bo'lar edi.
Sababi bugun qilingan investitsiya 4-5 yil ichida samarasini ko'rsatadi.
Aqalli o'sha talabalarda kelajakda korrupsiyaga qarshi immunitet hosil bo'lardi
Kamola Obidova
Xammada xar xil fikr mani fikrimcha uyi bulmasdan turip biror kimsani kungliga bowqa narsa sigmasa kk deb uylayman 2 ta yow farzandi kup yoki nogiron farzandi bor oilaga uyini qurib beriw kk
Avvalambor Assalomu aleykum, bu fikrga men ham qo'shilaman, ko'pchilik insonlarni fikrini shaxsan maqullamayman, sabab hech kimni uyi bo'lmay turib ko'ngliga OTM ga kirish yoki Bog'da sayr qilish sig'maydi, shuning uchun hayriya pullarini ko'p qavatli uylar qurilishiga sarflash kerak deb o'ylayman mayliga 10 yoki 15 xonadon vakillari uylik bo'lib qolishsa!!! Qolgan fuqarolarga kelsak inshaalloh sahovatli insonlar, davlat tomonida ular ham tez orada uylik bo'lib qolishsa
😊🤗FARADISA😊🤗
Sardobalik ham yurtlarmiz boshqa viloyatlarda ishlab oila boqishmoqda hamma ham boshqa viloyatga borolmasligi mumkin shuning un ish bn taminlanshi kerak agar yigilgan pulni aholiga berilsa shu hayotga bazi insonlar òrganib qolshadi
Менимча, бузоқ сотиб олиб хонадонларга тарқатиш керак. Оилада ўзига хос иш ўринлари яратилади
Йул тамирига ишлатиш керак деб уйлайман
Davron Abduhakimov
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Menimcha yig'ilgan pulga tabiiy gaz,ichimlik suvi,elektr energiyasi yo'q hududlarga tabiiy gaz,ichimlik suvi,elektr energiyasi kirgazib bergan yaxshiroq.
Assalom aleykum. Man har bir oila xisobida boʻlib berishni tanlardim.
Afsuski barchaga emas, shaxsan masulyatli shaxslar bn oilalar imkonyatidan kelib chiqqan xolda.
Xar yerda ham imkoniyati yetarli vijdonli insonlar boʻlsa kk.
Ижтимоий сохага йуналтирилса кумга синган сувдек йуколиб кетади. Балик берма балик ушлашни ургат дегандик, махаллий мактабларнинг IT сохаларини ривожлантириш керак.
Mevali va manzarali daraxtlar ekish kerak. Yashillik uchun sarflang.
Manimcha shu yilda asosiy kantraktga kiradigan talabalarga yordam kursatilsa shu hudud uchun kelajak asosiy yordamlardan biridir. Xalqimizning kelajagi shu ilm marifatli yoshlar qulidadir...............
Suvdan hamma birdek zarar korgan hammamiz narsalarmzdan ajraganmz
Hozr hamma birdek bolib qolgan
Kam taminlangan boy degan tushuncha deyarli yoq
Iloji bulsa kichikroq bulsa xam masjid qurib berish kerak savobi va foydasi xammaga zarur
U.T.Umaraliyeva
Axoli uchun zamonaviy kasalxona yoxud Sardoba fojeasida eng ko'p jabrlangan axoli orasidan tanlab olib 10 tasiga taqsimlash kerak.
Feruzaxon Muhammadiyeva
Axir aytishadi kuʼʼ Suv keltirgan elda aziz ʼʼ deb
Jaxongir Nizomov
Salom Xushnudbek eshitishim buyicha Sardobadegi vatandoshlarimizni axvoli ancha yaxshi. Shuning uchun bu pulni kereli joyga iwlatish kere, masalan sport soxasigami kelajeg avlod uchun.
Xaydarov Ikrom*****
Assalomu alaykum Xushnudbek o'sha xududda talofat ko'rgan boquvchisi yo'q oilalarga sharoiti juda og'irlarga yordam bergan maqulroq deb o'ylayman.
Assalomu alaykum 
Bu pullarni yollarini ta’mirlashga ishlatganlaring maqul deb hisoblayman. chunki Sardoba ni yollari judaham yomon ahvolda. ortganini esa albatta oquv maskanlariga
Ассалому алайкум, таклифим! Эхсон қилганларга хам фойдалик бўлади иншааллоҳ. Сувдан вайрон бўлган масжидлар ўрнига, йиғилган пул хисобидан масжид қурилса хам эхсон қилганларга хам Сардоба халқига манфаатлик бўлади иншааллоҳ.
Boquvchisi yo'q chinakam muxtoj oilalarga berish kerak menimcha
Holislik ham 100% taminlanadi
Show next 100 comments