Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Suvdan hamma birdek zarar korgan hammamiz narsalarmzdan ajraganmz
Hozr hamma birdek bolib qolgan
Kam taminlangan boy degan tushuncha deyarli yoq
Iloji bulsa kichikroq bulsa xam masjid qurib berish kerak savobi va foydasi xammaga zarur
U.T.Umaraliyeva
Axoli uchun zamonaviy kasalxona yoxud Sardoba fojeasida eng ko'p jabrlangan axoli orasidan tanlab olib 10 tasiga taqsimlash kerak.
Feruzaxon Muhammadiyeva
Axir aytishadi kuʼʼ Suv keltirgan elda aziz ʼʼ deb
Jaxongir Nizomov
Salom Xushnudbek eshitishim buyicha Sardobadegi vatandoshlarimizni axvoli ancha yaxshi. Shuning uchun bu pulni kereli joyga iwlatish kere, masalan sport soxasigami kelajeg avlod uchun.
Xaydarov Ikrom*****
Assalomu alaykum Xushnudbek o'sha xududda talofat ko'rgan boquvchisi yo'q oilalarga sharoiti juda og'irlarga yordam bergan maqulroq deb o'ylayman.
Assalomu alaykum 
Bu pullarni yollarini ta’mirlashga ishlatganlaring maqul deb hisoblayman. chunki Sardoba ni yollari judaham yomon ahvolda. ortganini esa albatta oquv maskanlariga
Ассалому алайкум, таклифим! Эхсон қилганларга хам фойдалик бўлади иншааллоҳ. Сувдан вайрон бўлган масжидлар ўрнига, йиғилган пул хисобидан масжид қурилса хам эхсон қилганларга хам Сардоба халқига манфаатлик бўлади иншааллоҳ.
Boquvchisi yo'q chinakam muxtoj oilalarga berish kerak menimcha
Holislik ham 100% taminlanadi
Assalomu alaykum. Mani fikrimcha, taʼlim infrastrukturasiga sarflang. Kambagʻalu boylarga davlat bir xil yordam berdi. Siz esa turadigan ish qiling. MASJID AYNI MUDDAO, OʻTA SAVOBLI. Yoki, qandaydir ilmga yetaklovchi binoga sarf qiling, zero eng yaxshi sarmoya Ilmga qilingani...
Билишимча, Сардоба тумани тиббиёт бирлашмасига қарашли тез ёрдам бўлимида замонавий тез ёрдам мошинаси йўқ.

Шунга боисдан, агарда лозим бўлса, туман тиббиёт бирлашмасига замонавий типдаги тез ёрдам мошинаси олиб берилса мақсадга мувофиқ бўлар эди.
Pullar haqiqatda muhtojlarga berilishi lozim! Uysiz qolganlarning hammasi ham qiyinchilkda qolganligiga biror dalilimiz yo'q. Eng nochor, ertangi kunini reja qilishga ham qo'rqib turgan oilalarga berilgani ma'qul. Masalan, aniq ism familiyasi aytilmaganu bir video tarqalgandi unda bir odam 15 yil kvarterada turib, 7 yillik foydadan zo'rg'a uy qurganligini aytgandi. O'zi cho'pon ekan. Bolalarini rizqidan olib parnek qilganligini aytgandi. Menimcha o'sha kishiga berish kerak.
Бирор ахли илм билан маслахатлашинг
Aka yaxshi ish qilibsiz eng muxtoj oylani topib uy olsa bolarkan butun avlod ajdodi saxiy insonlarni duo qilishardi.
ABDULLOH AZIMZODA.
Assalomu Alaykum Alloh qo‘llasin sizni
Bu holatda manimcha eng munosib bir yoki ikki kishini topib biror ish boshlashi uchun yoki biror muammosi uchun berish kerak ko‘pchilikka bu pul urvoq ham bo‘lmaydi lekin bir yoki ikki kishini hayotini o‘o‘zgartirib yuboradi
Feruzaxon Muhammadiyeva
Axir aytishadi kuʼʼ Suv keltirgan elda aziz ʼʼ deb
Show next 100 comments