Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Pullar haqiqatda muhtojlarga berilishi lozim! Uysiz qolganlarning hammasi ham qiyinchilkda qolganligiga biror dalilimiz yo'q. Eng nochor, ertangi kunini reja qilishga ham qo'rqib turgan oilalarga berilgani ma'qul. Masalan, aniq ism familiyasi aytilmaganu bir video tarqalgandi unda bir odam 15 yil kvarterada turib, 7 yillik foydadan zo'rg'a uy qurganligini aytgandi. O'zi cho'pon ekan. Bolalarini rizqidan olib parnek qilganligini aytgandi. Menimcha o'sha kishiga berish kerak.
Бирор ахли илм билан маслахатлашинг
Aka yaxshi ish qilibsiz eng muxtoj oylani topib uy olsa bolarkan butun avlod ajdodi saxiy insonlarni duo qilishardi.
ABDULLOH AZIMZODA.
Assalomu Alaykum Alloh qo‘llasin sizni
Bu holatda manimcha eng munosib bir yoki ikki kishini topib biror ish boshlashi uchun yoki biror muammosi uchun berish kerak ko‘pchilikka bu pul urvoq ham bo‘lmaydi lekin bir yoki ikki kishini hayotini o‘o‘zgartirib yuboradi
Feruzaxon Muhammadiyeva
Axir aytishadi kuʼʼ Suv keltirgan elda aziz ʼʼ deb
I.L.NORMURODOVICH
Salom hammaga . cho'zilmay muddaoga o'taman menimcha yosh yigit qizlarni ishbilan ta'minlash uchun brorbir lohini yo'lga qo'yish kerak hammamiz bilamiz yosh oila yigit va qizlar ishlashsa hamma muammo hal bo'ladi nafaqat sardobada emas balkim butun O'zbekistonda glabal muammo ishsizlik bo'lib bormoqda siz pul bersangiz birkun tugaydi daftar kitobham bir yilda eskiradi muxtojlarning muxtojligi pul berishbilan tugamaydi ularga ish berish kerak shunda hammasi asta sekin joiga tushadi sardobadagi bror korxonada qo'shimcha ish joy yaratish uchun sarflashingiz maqsadga muvofiqmenimcha chunki chunki hozir butun o'zbekistonda shunday axvol masalan Andijon turlixil hunarmandlari va zavotlari bilan mashxur yoki Samarqat turistik zona bo'lgani uchun juda rivojlangan ish Asil maqsad odamlarni boqimandalikdan qutqarib o'z kuchibilam rivojlanishiga undash
Menimcha eng kambagal odamlarni topib Tadbirkor qilish kerak
Хаммага салом. Шунчалик бирлашиб, ахил булиб шунча маблаг йигилган экан. Аввало хамма иштирокчиларга рахмат. Менинг фикрим шу маблаг эвазига шу ахолилар учун хаммасига етмаса хам маълум кисмини тоза ичимлик суви билан таъминланса менимча яхши буларди
Ассалому алейкум. Ночорларга бериш керак дейсизлару, ким ночоррок ,нечта ночорга пул етади буни аниклаш жуда кийин масала. Шунинг учун хар битта оилага битта китоб олиб бериш керак, шунга хам камлик килмаса пул.
Sora Ziyodovna
Salom Xushnudbek,manimcha poliklinika bor,usha poliklinikaga UZI apparat olib berish kere agar pul yetsa,nega deganda hamma bemorlar,homilador ayollar,xatto qariyalar ham UZI ga tushish un shaxarga borishga toʻgʻri kelyapti,mani fikrim shu!😷😷😷
Matluba Turg'unovna
Поликлиника курилишига сарфлаш керакмикан.. чунки буям ахоли эхтиёжи учун керак!
Lutshe Xushnud aka ozizga olib qolurin uni, ozichi atigi ozgina pul ekan)))
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlarizni Olloh mukofatlasin! Yosh avlodning ta‘lim olishi uchun ko‘maklashish kerak
Assalomu alaykum Xushnud aka. Yuqorida aytilgan maktab yoki boğcha qurilishi, ta'mirlanishi uchun ishlatilinish fikriga qòshilaman. Yana bir variant, oilasida nogironligi bòlgan shaxslarga yordam sifatida ishlatilinsa ham yaxshi bòlar edi. Ularga aravachami yoki dori-darmonmi? Soğlom yura oladigan yoki kòzi kòradigan inson bir amallab oilaga tushum olib kirar, lekin ularchi?
Lekin nima bòlgan taqdirda ham òsha pullar aholi uchun. Shunday savob ishlarni qilyapsiz Allohim martabangizni bundanda uluğ qilsin. Farzandlaringizni rohatini kòring. Farzandlaringiz sizdanda balandroq marralarni egallashsin Inshalloh!
JFZ
Bun pulga Ishlab chiqarish qilish kerak albatta uyerdagilarni ish bn taminlash kerak hozir ularga ishga muhtoj shuning uchun Birorta Tsex Qurib ish bn taminlash kerak dib uyleman bu shunchaki mani fikrim Uy olsak bir kishiga keladi holos
Ajoyib fikr, pulni o'zini shunday bergan bilan vaziyat o'zgarib qolmaydi oson kelgan pul osongina ketadi, kichik bolsa ham ish bilan taminlaydigan biror bir obyekt qurilsa pulga muhtoj insonlar kelib o'zlarini sekin bolsada tiklab olgan bolardi, pul topaman deb chet ellarga ketmasdan.
Akmal Farmonov
Кутубхона қуриш керак
Husnora Shuhratovna
Maktab yoki bog'chaga kerak bo'ladigan jihozlar olinsa hamma uchun foydali bo'lar edi
Avvalambor Assalomu aleykum hammaga. Xushnudbek aka o'zingiz aytganingizdek, bu pulni teng bo'lib tarqatishdan ma'ni yo'q. Evakuatsiya qilingan aholining aksariyati qishloq hududida yasharkan. Taklifim shuki, tovuq olib tarqatsangiz yaxshi bo'lardi turmush sharoiti og'ir oilalarga 5-6 tadan. Oziq-ovqat qimmat, ayniqsa, go'sht va uni o'rnini bosuvchi mahsulotlar. 200 mlnga 8 mingta tovuq olish mumkin tuxumga kirganidan. Agar 5 tadan tovuq tarqatilsa, har kuni o'z egasiga 4,5-5ming foyda olib keladi, pulga chaqsak.
Pul kamligi bu yerda muammo emas. Muammo pulning to'g'ri maqsadli foylalana olishda. Majoziy ma'noda aytadigan bo'lsak dehqonga pul bersa uni sarflaydi va tamom Agar unga ketmon bersa u o'zini o'zi taminlaydi. PS: Bu yerda dehqon va ketmon so'zlari majoziy ma'noda tushunishinggizni so'rayman.
Show next 100 comments