Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Sora Ziyodovna
Salom Xushnudbek,manimcha poliklinika bor,usha poliklinikaga UZI apparat olib berish kere agar pul yetsa,nega deganda hamma bemorlar,homilador ayollar,xatto qariyalar ham UZI ga tushish un shaxarga borishga toʻgʻri kelyapti,mani fikrim shu!😷😷😷
Matluba Turg'unovna
Поликлиника курилишига сарфлаш керакмикан.. чунки буям ахоли эхтиёжи учун керак!
Lutshe Xushnud aka ozizga olib qolurin uni, ozichi atigi ozgina pul ekan)))
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlarizni Olloh mukofatlasin! Yosh avlodning ta‘lim olishi uchun ko‘maklashish kerak
Assalomu alaykum Xushnud aka. Yuqorida aytilgan maktab yoki boğcha qurilishi, ta'mirlanishi uchun ishlatilinish fikriga qòshilaman. Yana bir variant, oilasida nogironligi bòlgan shaxslarga yordam sifatida ishlatilinsa ham yaxshi bòlar edi. Ularga aravachami yoki dori-darmonmi? Soğlom yura oladigan yoki kòzi kòradigan inson bir amallab oilaga tushum olib kirar, lekin ularchi?
Lekin nima bòlgan taqdirda ham òsha pullar aholi uchun. Shunday savob ishlarni qilyapsiz Allohim martabangizni bundanda uluğ qilsin. Farzandlaringizni rohatini kòring. Farzandlaringiz sizdanda balandroq marralarni egallashsin Inshalloh!
JFZ
Bun pulga Ishlab chiqarish qilish kerak albatta uyerdagilarni ish bn taminlash kerak hozir ularga ishga muhtoj shuning uchun Birorta Tsex Qurib ish bn taminlash kerak dib uyleman bu shunchaki mani fikrim Uy olsak bir kishiga keladi holos
Ajoyib fikr, pulni o'zini shunday bergan bilan vaziyat o'zgarib qolmaydi oson kelgan pul osongina ketadi, kichik bolsa ham ish bilan taminlaydigan biror bir obyekt qurilsa pulga muhtoj insonlar kelib o'zlarini sekin bolsada tiklab olgan bolardi, pul topaman deb chet ellarga ketmasdan.
Akmal Farmonov
Кутубхона қуриш керак
Husnora Shuhratovna
Maktab yoki bog'chaga kerak bo'ladigan jihozlar olinsa hamma uchun foydali bo'lar edi
Avvalambor Assalomu aleykum hammaga. Xushnudbek aka o'zingiz aytganingizdek, bu pulni teng bo'lib tarqatishdan ma'ni yo'q. Evakuatsiya qilingan aholining aksariyati qishloq hududida yasharkan. Taklifim shuki, tovuq olib tarqatsangiz yaxshi bo'lardi turmush sharoiti og'ir oilalarga 5-6 tadan. Oziq-ovqat qimmat, ayniqsa, go'sht va uni o'rnini bosuvchi mahsulotlar. 200 mlnga 8 mingta tovuq olish mumkin tuxumga kirganidan. Agar 5 tadan tovuq tarqatilsa, har kuni o'z egasiga 4,5-5ming foyda olib keladi, pulga chaqsak.
Pul kamligi bu yerda muammo emas. Muammo pulning to'g'ri maqsadli foylalana olishda. Majoziy ma'noda aytadigan bo'lsak dehqonga pul bersa uni sarflaydi va tamom Agar unga ketmon bersa u o'zini o'zi taminlaydi. PS: Bu yerda dehqon va ketmon so'zlari majoziy ma'noda tushunishinggizni so'rayman.
Аvvalo ishsiz Ayollarga tarqatish maqsadga muvofiq
Мехриддин Турдиев
Бу маблагни куприкми,мактаб ёки фарзандлар учун зарур булган бирор йуналишга сарфлаган маъкул булар эди.
Сув омбори дамбасини мустахкамлаб беринг. Қурувчиларга ишонч йўқ барибир.
Икром Исломов
Энг яхшиси, мактаб ўқувчилари учун турли соҳага оид, фанларга доир, бадиий китоблар, компьютер жиҳолари кабиларни тақдим қилиш. Бу билан келажакнинг, озгина бўлса ҳам, ёрқинлигига ҳисса қўшилади.
Менимча аввало аҳолини ўзи билан бир гаплашиб дардини тинглаш керак. Битта таклиф хақиқатдан қийналганларга иссиқхона қуришда қўмаклашизми ишласа ва олиб чиқиб сотса даромад келтиради. Кейин сув масаласини хам бир куриб чиқсангиз.
Shu yil oʻqishni tugatib qayerda ishlasam deb yurgan bitiruvchilarni ish bn taminlshga sarflagan maqul. Ular ishli boʻlishgach oylik maoshidan qolganini davom ettirib olishadi chunki ishga joylashish katta muammo hozir.
👉Assalomu alaykum! Iloji boricha kerakli bo'lgan barcha turdagi dorilardan olish kerak. Mahalliy aholi yoki QVP bilan birgalikda tarqatish kerak. O'ylaymanki faqat kasallar, ehtiyoji borlar oladi. E'tiboriz uchun raxmat!
Kontrakda o'qiydigan farzandi bor oilalarga yordam berish kerak, chunki hozir ularga barbir hech qaysi oliygoh kontrak summa qiymatini tushirib bermaydi, kontrakda o'qishning esa o'zing bo'lmaydi
Men ham talimga qaratish kerak degan fikrga qoshilaman lekin buni ham puxta oylab sarflash kk.
Show next 100 comments