Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Shu yil oʻqishni tugatib qayerda ishlasam deb yurgan bitiruvchilarni ish bn taminlshga sarflagan maqul. Ular ishli boʻlishgach oylik maoshidan qolganini davom ettirib olishadi chunki ishga joylashish katta muammo hozir.
👉Assalomu alaykum! Iloji boricha kerakli bo'lgan barcha turdagi dorilardan olish kerak. Mahalliy aholi yoki QVP bilan birgalikda tarqatish kerak. O'ylaymanki faqat kasallar, ehtiyoji borlar oladi. E'tiboriz uchun raxmat!
Kontrakda o'qiydigan farzandi bor oilalarga yordam berish kerak, chunki hozir ularga barbir hech qaysi oliygoh kontrak summa qiymatini tushirib bermaydi, kontrakda o'qishning esa o'zing bo'lmaydi
Men ham talimga qaratish kerak degan fikrga qoshilaman lekin buni ham puxta oylab sarflash kk.
IAMQUIT
АК
Iloji bulsa kichikroq bulsa xam masjid qurib berish kerak savobi va foydasi xammaga zarur
МАСЖИД МАСАЛАСИНИ ЎЙЛАБ КЎРИШ КЕРАК. НЕГАКИ ШУНАҚА ШАРОИТДА. НАМОЗ ВА БОШҚА АМАЛЛАРНИ УЙДА ВА АСОСИЙСИ КЎНГИЛДА БАЖАРСАЯМ БЎЛАДИКУ
А.Kilichev
Kichikroq bozor yoki bog'cha uchun sarflansa barcha axoli uchun nafi tagadi.
RUSTAMJON A.A
Ассалому алейкум.
Бунақа шароитда энг яхши кўмак аслида озиқ-овқат бўлади нимагаки карангин хам табиий офат бўлиб ўтди.
Агар озиқ-овқат га эҳтиёж бўлмаса тўй қила олмаётган ёши ўтиб қолган ночор оилаларга тўй учун ёрдам қилишса хам катта савоб хам жуда ўринли сарф бўлар эди.
Этиборинглар учун рахмат..
Рустам Раззаков
Богча ёки мактабларни тамирлаш,учун сарфланса хеч Ким Карши булмаса керак
Menimcha aholini o'ziga berish ma'qulroq.Agar ko'pchilikka teng taqsimlab berilsa aholi uchun biror o'zgarish bo'lishi qiyin chunki juda kam summadan tegadi.Undan ko'ra 5 yoki 10 oilaga berisk kerak wunisi yaxwiroq
Menimcha Katta bog' barpo qilish kerak shunda ham hududga foydali hamda ekalogiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi
Менинг фикримча бу маблаг эвазига канча ахолига етса хам тоза ичимлик суви билан таъминланса яхши буларди
Eng zori 223 ta oilaga qanaqa oilaga yangi ruzgorlarga bir milondan bulib berish kerak yangi ruzgorlarda odat pul muamosi juda kop buladi bizda bir otaxon bulardi har doim bollari yosh yangi uy qurib chiqqa oillarga qarashardi yani qurilish qilayotgan busa usta pulini tulab berardi yoki sogin siggir olib berardi yoki pul berardi bu esa tugri yechim kop oilalarni ham saqlab qolardiz chunki iqtisodiy qiyinchilokdan kop muamo chiqadi
ELDORBEK YULDASHEV
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni fikrimcha bu pullarni davlatimiz tomonidan sardobaliklar uchun qurilayotgan uy joylar uchun sarflashga kiritish kerak shunda ham sardobaliklar ham davlatimiz uchun yordam bo'ladi deb o'ylayman
Davlat o'zi ajratsin unga aralashtirish kerak emas bu oddiy xalqning yordami va yana bir narsani Xushnud oka suragan bo'lar erdim sizdan ertaga bu davlat qurib berayotgan uylar nurab yoki qulab tushmasmikin mutasaddi quruvchi ko'p firmalar zudlik bilan qurgan uylarni hammamiz ko'ramiz tez orada yoki qulaydi yoki shamolda tomi uchib ketadi va h.k.
Shularni inobatga olib qolish kerak! Gapirsa gap ko'p videoda ko'ryapman oshxonalarni mehmonxonalarni ko'rsatishvotti davlat tomonidan qurib berildi topshirildi degandan keyin nimalarni bergani nimalarni xalq o'zi opkirganin aytsinda
.....
@Xushnudbek.uz
Manimcha bu pulni ovqat va shunga o'xshash narsalarga sarflagandan foyda yo'q chunki ovqatni 3 kun istemol qilish mn undan ortiq emas.
Masjid ?? Masjidni wundoq ham davlatni uzi qo'rib beradi. Agar yaxwilab uylab qarasak Davlatni uzi ancha muncha yordam berib quydi...
Manda bitta taklif bor bu pulni Sardoba fojiasi halok bulgan askar yoki milliy gvardiya xodimini uydagilariga yetkazib bersangiz yaxwi bulardi chunki Marhum insonlarni qutqaraman deb halok buldi va bu odamiylik jihatdan ham to'g'ri buladi deb uylaman...
Bu juda ham qiuin masala mening fikrimcha buncha pulni tarqatish notug'ri fikr bu pullarga ish o'rni yaratish kerak ish bilan ta'minlash kerak to'g'ri men og'izda osongina hal qilib qoyayapman amalda bajarish bir muncha qiyinchilik tug'diradi ayniqsa karantin vaqtida keyin ham ularni o'zlarini ham ushbu qiyin vaziyatdan chiqishga undash kerak faqatgina davlatni qo'liga qarab qolmaslik kerak
Assalomu alaykum! Baliq berishdan ko'ra baliq ovlashni o'rgatsak davomiy bo'lar edi. Yordamni harqanday ko'rinishda qilsak yahshi aslida. Lekin siz aytmoqchi o'ylanib ish ko'rmoq lozim, meni hayolimga kelgan narsani aytsam, o'ylashimcha uncha pulni yama ko'paytirish yo'lini qilish kerak tani tura veradi foydasidan ehson deydimi hayriya deydimi shu tariqa ulashib turish kerak aynan jabr ko'rganlarga, misol uchun pulga sigir olib sutini sog'ib u sutni katta sut ishlab chiqaradigon fabrikalarga foydasi bilan sotib foyda puliga un olib non yasab sotish 2taraflama ko'payayotgan pulni foydasini oylikmi yillik jamlab kattaroq ishlab chiqish yo'lga qo'yilib qolsa ajab emas, men misol keltirdim sigir va nonni hullas ikki taraflama ish ko'rishlik yahshi bo'lsa kerak agar ohirigacha o'qigan bo'lsangiz rahmat
BAXODIR ABDURAXMONOV
Assalomu alaykum. Mening fikrimcha bu yig‘lgan pullarni aholining komunal qarzlarini to‘lab berish kerak deb o‘ylayman. To‘gri bu summa 70 ming axolining komunal qarzini to‘lash uchun yetmaydi. Lekin qarz summasi sal kattaroq oilalarnikini to‘lab berish maqsadga muofiq bo‘lar edi. Yana bir taklif bor 2 yoki 3 ta qishoq uchun ummumiy 200 yoki 300 o‘rinlik jome masjidi qurib bersa ham bo‘ladi. Yoki o‘sha summaga bog‘chalarimizni qishgi kunlar uchun tayyorlash kerak deb o‘ylayman. Bu mening fikrim qolganlar ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilsa kerak.
Ko'ngilochar bog' qilib bergani yaxshi hamma dam oladigan xordiq chiqaradigan maskan
Show next 100 comments