Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Б.Б.Б $$$
Мени маслахатим тошкиндан зарар курган худуддаги бирорта кишлок врачлик пунктига замонавий тиббий диагнос курилмаси олиб бериш керак куп йиллар одамлар фойдаланади
Dilroʻza Dilmurodovna
Bir kishiga bitta baliq bersang bir kun qorni toʻyadi. Baliq ovlashni oʻrgatsang bir umr qornini toʻydirgan boʻlasan deyishgan. Ish oʻrni yaratish kerak degan fikr ga qoʻshilaman.
Неважно
O'sha yerda buzilgan yo'lni yoki ko'prikni qurib beringlar, yoki kiyim kechak olib beringlar qancha odamga yetsa ham. Hammaga yordam berolmaysiz, lekin ha degan tuyaga madad.
.. ..
Assalom alaykum Xushnudbek aka bunday yaxshi amallarni boshlaganizdan ollox rozi bo'lsin albatta ko'pchilikni yaxshi fikrlarini o'rganib to'g'ri qaror qabul qilasizlar degan umiddaman meni fikrim hozir karantin vaqtda jabr ko'rgan aholini o'rganib iloji boricha qiynalayotganlarga muhtojlarga tarqatsaiz yetganicha yaxshi bo'ladi.
Xushnudbek o'sha hududda biror bir maktabni ichida zamonaviy informatsion jihozlar bilan jihozlangan kutubxona bolalar darsdan song qiziqib uyga vazifalarini bajarishi darslari tayyorlashlari uchun zamonaviy atmosferadagi joy tashkil qilishsa bu joy kamida 10 yillab xizmat qilardi. Farzandlar kelajagda ilmli kadr bolib yetishishi uchun qilingan har qanday ish oz samarasini bermasdan qolmaydi
Assalamu alaykum bu hayirli ishni boshlab yaxshi qilibsizlar Olloh sizlardan rozi boʻlsin .
Yaxshiroq takliflar koʻp lekin hozirgi vaziyatdan va jamgʻarilgan summadan kelib chiqib shu hududdagi bolalar,yoshlar kattalar uchun har hil turdagi kitoblar sovgʻa qilib qoʻya qolsangiz yaxshi boʻlardi
Бокувчисини йукотган еки ногирон фарзанд тарбиялаетган оналарга ёрдам килиш керак...
Manimcha shu pularni taqsimlashda axolini ishtimoiy xolatiga qarab taqsimlash kerak. Chin etimlar va oilasini bir uzi zurga tebaratayotgan ayollarga berish kerak.
Kimgadur aperatsiya uchun pul kerakdur, davolanoshi uchunmi òshalarga hordam bersa bòlar menimcha...
Куронбой Жуманиёзов
Сардоба ахлининг дардини хам бир бора тинглаб куриш керак улар хозирги холатда купрок нимага мухтожлигини халк орасига кириб
Kamola Nosirova
Assalomu alaykum yaxshimisiz! Eng nochor axvolda qolganlarga bering!
Olloh boshlagan ishinglarni xayrli qilsin
Q.Shuhrat
Assalomu alaykum hammaga menimcha bu pulga boquvchisini yoqotganlar birinchi o'rinda turish kk. Keyin nogironi bor , kam ta'minlangan oilarga yordan berish kk. Hammaga ham yordam bera olmaysiz. Oylaga boquvchisi borlarga ham qiyin lekin ular o'zini tiklab olishadi. Imkon daqar. Balkim Yana mablag' ajratilsa ularga ham yordam berish kk.
N Salayevna
Bu mani fikrim. Fuqarolarni qullariga pul berilsa produktadan ketishi mumkin. Unda qadrsz bulib qoladi bu pul. Yaxwisi uy joylarni tamirlashga yoki tibbiy muassasalarni tamirlawga iwlatsak maqsadga muvofiq buladi degan umiddaman
Urakbayev Kamoliddin
Usmonov
Birodar albatta ta'lim sohasi ham yahshi taklif lekin o'zinggiz o'ylab ko'ring qaysi bolani qorni och qolganda, yotishga joyi bo'lmaganda ko'ngliga maktabga yoki institutga borish sig'adi, dilinggizni og'ritgan bo'lsam uzuzr
Хафа бўлиш йўқ фикрингизни айтяпсиз. Фикрингизни ҳурмат қиламан. Буёғи ёз худо хохласа озиқ овқатдан қийналмайди, куз ойи ҳам ҳосил фасли. Таклифлар умумлаштирилиб якдил ҳулосага келинади.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Assalomu alaykum Xushnud aka. Hamma ham sizdek xalqning fikrini o'rganib keyin ish qiladigan bo'lsa jamiyatimiz bundanda rivojlanar edi. Yig'ilgan pullar bo'yicha taklifim quyidagicha:
Ijtimoiy soha obyektlarini(bog'cha, maktab, shifoxona, ....) shundoq ham davlat qurib beradi. Ularga ajratmagan ma'qul. Agarda ichimlik suvi muammosi bo'lsa, shuni iloji boricha hal qilish kerak. Yoki bitta tadbirkorga pulning hammasini berib, uch yil ichida 500 ta odamni ish bilan ta'minlash shartini qo'yish kerak.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
positive
Biror bir masjid qurishga sarflash kerak tamom
Pullarni korrupsiyaga qarshi sarflash kk.chunki suv ombori shuni orqadidan buzilmadimi.Usha xududni ishlarini nazoratga oladigan qandaydir tashkilotmi degandek.Muhimi hammaga uzoq yillar foydasi tegadigan narsa bulsin
Show next 100 comments