Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Kimgadur aperatsiya uchun pul kerakdur, davolanoshi uchunmi òshalarga hordam bersa bòlar menimcha...
Куронбой Жуманиёзов
Сардоба ахлининг дардини хам бир бора тинглаб куриш керак улар хозирги холатда купрок нимага мухтожлигини халк орасига кириб
Kamola Nosirova
Assalomu alaykum yaxshimisiz! Eng nochor axvolda qolganlarga bering!
Olloh boshlagan ishinglarni xayrli qilsin
Q.Shuhrat
Assalomu alaykum hammaga menimcha bu pulga boquvchisini yoqotganlar birinchi o'rinda turish kk. Keyin nogironi bor , kam ta'minlangan oilarga yordan berish kk. Hammaga ham yordam bera olmaysiz. Oylaga boquvchisi borlarga ham qiyin lekin ular o'zini tiklab olishadi. Imkon daqar. Balkim Yana mablag' ajratilsa ularga ham yordam berish kk.
N Salayevna
Bu mani fikrim. Fuqarolarni qullariga pul berilsa produktadan ketishi mumkin. Unda qadrsz bulib qoladi bu pul. Yaxwisi uy joylarni tamirlashga yoki tibbiy muassasalarni tamirlawga iwlatsak maqsadga muvofiq buladi degan umiddaman
Urakbayev Kamoliddin
Usmonov
Birodar albatta ta'lim sohasi ham yahshi taklif lekin o'zinggiz o'ylab ko'ring qaysi bolani qorni och qolganda, yotishga joyi bo'lmaganda ko'ngliga maktabga yoki institutga borish sig'adi, dilinggizni og'ritgan bo'lsam uzuzr
Хафа бўлиш йўқ фикрингизни айтяпсиз. Фикрингизни ҳурмат қиламан. Буёғи ёз худо хохласа озиқ овқатдан қийналмайди, куз ойи ҳам ҳосил фасли. Таклифлар умумлаштирилиб якдил ҳулосага келинади.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Assalomu alaykum Xushnud aka. Hamma ham sizdek xalqning fikrini o'rganib keyin ish qiladigan bo'lsa jamiyatimiz bundanda rivojlanar edi. Yig'ilgan pullar bo'yicha taklifim quyidagicha:
Ijtimoiy soha obyektlarini(bog'cha, maktab, shifoxona, ....) shundoq ham davlat qurib beradi. Ularga ajratmagan ma'qul. Agarda ichimlik suvi muammosi bo'lsa, shuni iloji boricha hal qilish kerak. Yoki bitta tadbirkorga pulning hammasini berib, uch yil ichida 500 ta odamni ish bilan ta'minlash shartini qo'yish kerak.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
positive
Biror bir masjid qurishga sarflash kerak tamom
Pullarni korrupsiyaga qarshi sarflash kk.chunki suv ombori shuni orqadidan buzilmadimi.Usha xududni ishlarini nazoratga oladigan qandaydir tashkilotmi degandek.Muhimi hammaga uzoq yillar foydasi tegadigan narsa bulsin
Shahboz Nurnazarov
Assalom aleykum, Xushnudbek Xudoyberdiyev. Odamlar fikri bilan qiziqib, maslahatlashib ish tutayotganingiz yaxshi bo'libdi. Ishonchim komilki, faqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari emas, talofatdan zara ko'rgan fuqarolarning o'zlari bilan ham maslahatlashib, gaplashib olasiz bu masalada yoki allaqachon bu ishni qilgansiz.
Mening fikrimga keladigan bo'lsak, kasbiingizdan kelib chiqqan holda ushbu mablag'ni Sardoba aholisiga huquqiy yordamga sarflagan ma'qul deb o'ylayman. Bu hodisa katta rezonansli ish va asoratlari hali ancha davom etadi. Shundan kelib chiqqan holda mablag'ni fuqarolarga huquqiy yordam berish, ushbu vaziyatda mansabdor shaxslar tomonidan ularning huquqlari poymol qilinishiga qarshi kurashishda amaliy ko'makka sarflash adolatli bo'lardi manimcha.
АССАЛОМУ АЛЕЙКУМ. Йигилган пулга тадбиркорлик обектини очиш керак. Мисол учун тикувчилик цехи, парник ёки кичик фермерчилик(иложи борича ишчи кучи коп керак боладиган). Шунда сиз камида 10-20 та оилани бу дегани тахминан 50-100 кишини доимий иш жой билан таминлайсиз. Таркатиладиган болса еб ётганга тог чидамайди. Давлатгаям элгаям фойдаси тегади ва давомий болади. Ойлаб караса фойдали тарафи коп. Ишини биладиган тажрибали тадбиркорга бу ишни килишга коп ватк кетмайди. Таклифимни кискача килиб айтганда шу. Рахмат.
Rаhmatullo Haydarov
Таҳминан 5000 атрофида хонадон бор. Ҳар бир хонадонга 40000 сўмдан электр учун ўтказиб қўйилса ҳам бўлади.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Gulchiroy Nazarova
Mening fikrimcha bu pulni biron tadbirkorga berib parrandachilikni rivojlantirish kerak
Aholiga parranda tarqatiladi tuxum gushtidan foyda oladi
Aholiga doimiy ish kerak
Quldan berganga qush tuymas
N Salayevna
Urinli ishlatish kk.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Муҳиддин
Мактаб ёки масжидга тоза сув тортишга ишлатишга сарифлаш кере манимча.
Show next 100 comments