Маслаҳатингиз керак
Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция
ташкил қилгандик.
Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами
19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак,
203 млн сўм бўлади.
Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.
Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни
бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.
Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами
70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса
10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги
20 минг сўмдан тўғри келади.
❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак.
Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Eng ko'p jabr kurgan oilalarga yoki boquvchisi yuq bo'lgan,ko'p bolali oilalarga, kontraktda uiyotgan farzandi bor oilalarga ,nogironligi bor oilalarga pul ko'rinishida bering
Hushnud aka bu pul katta pul lekin axoli boshiga sochiladigan boʻsa oʻziz hisoblaganizdek biroz qoʻpol oʻxshatishu lekin haqiqat
20 ming soʻm bir oylik Paynet puli ham emas. Uni faqat kam ta'minlangan oilalarga beriladigan bo'lsa ularni aniqlash baholashgayam narmalniy vaqt ketadi Hudo biladi shu pulgayam koʻzini olaytrib 3-4 soʻm qstir qistir qiladiganlar chiqishi mumkin.
Mendegi taklif Respublikadagi yirik Fermalar ( qoramol emas koʻpga yetmedi) misol uchun Quyonchlik Parrandachilik bilan shug'ullanadigan Fermalar bilan hamkorlik qilib ko'rish kerak tovuqni misol qilsak Goʻsht uchun boqiladigan Broller joʻjalarini aholiga sotib yetilganidan soʻng yana qaytib sotib oladigan qilishga harakat qilish kerak.
Ular ham odam xalqiga shunday vaziyatda befarq bo'lmasa kerak barbr foydasi oʻsha oʻsha ku.
Aytmoqchimanki agar xalqni oʻzi topsa ham qadriga yetadi. Oʻshanda kitob oʻqimoqchi bo'lganlar kitobini oladi. Kam ta'minlangan oilalar ham roʻzgʻor tebratadi. Ijtimoiy soha obyektlari Maktab poliklinika Uzi aparat komunal xizmatlar bu davlat oʻzi boʻyniga oladi bularni ko'tarish uchun oddiy odamlardan yig'ilgan pul yetmedi yetgan taqdirda ham bu davlatning vazifasi.
PS: shu kunlarda jonliqlarning ham narxi osmonda