Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Sardobadagi maktab va bògchalarni ta'mirlab berib turli jihozlar sotib oloshga yordam berish kerak.Aholiga tarqatilsa kam mabĺaģ tegadida.Alloh rozi bòlsin juda kòp saxovatpesha insonlar ularga yordam qòlini chòzishdi.Maktab va boģchadan butun bir aholining farzandlari ta'lim oladi.Mening fikrimcha maktab masjidday gap savobi uluģ bòlsa kerak.
Menimcha ko'pchilikni fikriga qaraganda va o'zimni ham shaxsiy fikrim yig'ilgan pulni boquvchisini yo'qotganlar ,nisbatan moliyaviy tomondan qiynalgan Sardobalik yurtdoshlarimizga berish kerak. Alloh qilayotgan ishlaringizni o'zi Xayrli qilsin
Gap 19900 $ haqida ketar ekan meni qiziqtirgan bir savol bor bizning tumanning deyarli barcha davlat va xususiy tashkilot ishchilarining 1kunlik bazilardan 3kunlik maoshlari sardoba fojeasidan zarar korganlar uchun saxovat va komak sifatida MAJBURIY yigib olindi pulni berishni xohlamaganlarning oylik maoshlari atay berilmadi buxgalterga arz qilishsa tepadan buyruq bor degan vaj keltirishgan Hisob kitob 19900 $ emas bundan anchagina kop mablag yigilgan respublika buyicha Bu pullar qayerga ketdi ? Blogerlardan shu haqida bir post tayorlashingizni iltimos qilib qolaman Bir necha takliflarim bor 19900$ga oylab korsa hech ish qilib bolmaydi pandemiyani hisobga olsak respublikaning boshqa joylarida yashovchi oilalarning ahvoli tangdir sardobalik oilalarni ahvolini tasavvur qilib ham bolmaydi jamlangan pulni aholining kundalik maishiy harajatlari uchun sarflab jamgarmaning faoliyatini davom ettirish kerak deb oylayman
Sherzod Turobov
Saidmurod Karimxonov
Avvalambor assalomu alaykum hammaga jumladan Xushnud aka sizga. Bu qilinayotgan ehsonlar olloh yo'lida qabul bo'lsin. Juda ko'p fikrlar bildiryapti ko'rib xursand bo'ldim. Hammalari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishyapti, lekin shunday bo'lsada bu fikrlarning eng maqbulini tanlashgina asosiy yechim bo'la oladi deb o'ylayman! 200 million bilan keng qamrovli aynan nima qilish mumkin? Quyudagicha ko'radigan bo'lsak asosan bu yerda bildirilayotgan fikrlar: 1)kam ta'minlanganlarga pul ajratish (haqiqatdan ham boshqalarga nibatan ko'proq qiynalayotgan)-2 milliondan 100 ta oilani, 2)o'qiydiganlarini kontrak pulini ko'tarish uchun 10 milliondan bo'lgan taqdirda hozirgi kunda bundan oshiqroq misol uchun 1 yilligini 20 ta yoshni, 3)masjid, bog'cha, maktab yoki boshqa bolalar maydonchasi uchun bu pulning o'zi 200 million menimcha kamlik qiladi bu ham noodatiyroq. Yana ko'pchilik bu yerda umumiyroq deyishapti gaz, svet ta'minoti 4)1 ta podstansiya qurish 100 million o'rtacha 200 tagacha aholini ta'minlasa, 2 tasi maksimum 400 ta xonadon. 5)gaz ta'minotiyam shundayroq. Endi o'zim uchun optimal bo'lgan variant to'grisi o'zim u yerda sharoitni ko'rmagam bo'lsamda yaqin oshnam o'sha yerda 1 oy davomida xalq xizmatida bo'lib qaytdi asosiy muammo sifatida suv muammosini aytib o'tdi. Demak bu variantga keladigan bo'lsak yerdan toza ichimlik suvini qazib chiqazish asosan suv bilan ko'proq muammolarga uchrayotgan aholi joylar uchun bitta quduq suvni 15 metrgacha bo'lgan joydan qazib chiqazish uchun o'rtacha 5 million mablag' ketadi. Shunday quduq suvlardan 40 tasini qazib chiqazish mumkin. Menimcha 1 ta sining o'zi bilan ancha xonadonni mushkulini oson qilish mumkin aynan ichimlik suvi muammo bo'layotgan joylar uchun!!! Bu albatta mening shaxsiy fikrim, noto'g'ri fikrlagan bo'lsam avvaldan uzr!
Fikringizga qo‘shilaman, bu bilan aholining tomorqadan foydalanib daromadini oshishiga ham xissa qo‘shilgan bo‘lardi.
Iloji bo'lsa kutubxonalar ochilsa odamlar shu kitoblardan foydalanadilar.
Assalom Alaykum vatandoshlar men ham o'z fikrimni bildirmoqchiman Yig'ilgan summa qanchalik katta bolmasin evakuatsiya qilingan aholi ham shunchalik kop bu pullarni bolib berish juda ham noto'g'ri fikr u yerdagi aholini ish bilan ta'minlashni ilojini qilish kerak iih o'rni yaratish kerak to'g'ir men bu ishlarni osongina o'g'izda hal qilib qoyayapman amalda bajariah bir muncha qiyin lekin qo'ldan kelgancha ilojini qilish kerak deb o'ylayman keyin ham aholini o'zi ham davlatga qarab qolish juda ham noto'g'ri o'zi shundayiga ham davlatni qo'liga qaraydiganlar sog'lom bola turib ishlamay men kam ta'minlanganman deb yoki nogironman deb davlatni budjetiga zarar yetkazayotganlar yetarlicha topiladi shuning uchun o'zlari ham harakat qilish kerak va ularni harakat qilishga undash kerak masalan chekka joylardan yer olib berib dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shug'ullansa boladi xullas uzog'i bilan 3-4 oy ichida effekt beradigan narsa qilish kerakda chunki hademay qish ham keladi
Baxtiyor
Ayniqsa yosh bolalarga bu juda tasir qilgan ularni strestdan chiqarish kerak deb uylayman
Boquvchisini yo'qotganlar va katta miqdorda Zarar ko'rganlarga jonliq mol, sifatida taqsimlansa adolatli bo'lardi.
PS: shu kunlarda jonliqlarning ham narxi osmonda
Assalomu alaykum, pulning hammasiga kutubxona ochishga harakat qilsa òrinli bòlar edi deb hisoblayman, 20 ming dollarga ilmiy, diniy, badiiy kitoblardan tashkil topgan ajoyib kutobxona tashkillashtirsa bòladi. Iloji bòlmasa, 1 ming oilaga (kam ta'minlaganroq...) larga kitob tòplami sovģa qilinsin!
Sardoba tumaniga masjid qurishga sarflash kerak menimcha
*⚘⚘⚘@* 🎼🎶🎵
Avvalambor, assalom alaykum. Xushnudbek aka men ham òzimni oddiygina bir kich taklifimni beraman. Menimcha, bu jamģarilgan pullarni òsha tumanda ishlab chiqarish sohasiga sarf qilinishi kerak shunda u yer aholisi ham ish bilan ta'minlanardi ham tuman ravnaqiga, rivojiga hissasi katta bòlardi inshoolloh.
Ассалому алайкум. Бу пулга ўша худудда сувни тозалаб филтрдан ўтказиб берадиган ускуна сотиб олиб, маҳаллий хокимиядан бўш ер олиб установка қилиб ўша ҳудуддаги маҳалла Раисларига бериб битта ОДАМ у бепул доимий равишда тозаланган ичимлик суви тарқатиб турса ҳам бўлади. Одамлар буни йиллар давомида унутмиди.
Mening taklifim Sardoba yoshlariga oldingi yillarda oqishga topshirib kira olmagan abituriyenlarga bu yil oqishga topshirish bojini tolab berishni yolga qoyilsa ularni xuquqiy himoyasi tashkil etilsa yaxshi bolardi deb o'yliman sirdaryoliklar uchun hammasiga yetarli imtiyozli kvota ajratilgani yo'q menimcha shuning uchun ozgina umid uchquni sifatida ularga yordam berish tarafdoriman !!!
Nurmuhammadov
Muhtoj nogironligi bor insonlarga. Dori darmon. Olishga ishlatish kerak.
O'ylashimcha Sardobada aholi uchun yetarlicha infratuzulma shakillantirilmagan. Odamlar uchun yashash turmush-sharoitlarini yaxshilash kerak. To'g'ri bu pul kam lekin imkon qadar gaz, svet, suv taminotini yaxshilash uchun sarflasa bo'ladi. O'zbek xalqi juda mehnatkash xalq, yuqoridagi hayot uchun kerakli bo'lgan resurslar yaratib berilsa xalqning o'zi davlatni boqadi.
Sevara Yusupova
Assalomu aleykum Xushnudbek aka , boshlagan xayrli ishlaringiz uchun Ollohim özi savobini dariğ tutmasin. Bu masala böyicha mening fikrim, aholini qiynayotgan muammolar, turli xil ehtiyojlarni töğridan töğri örganib, röyhatini shakllantirib olish zarur, eng zarurdan darajalanib to eplasa böladigangacha. Shu orqali har tomonlama ma'qul, iloji boricha köproq odamlarga foydasi tegadigan, bir martalik yordam emas keyinchalik ham nafi tegadigan davlat tomonidan qilinib berilmaydigan variant tanlashga qulay bölar edi
Сардобадагиларни асосий эхтиёжини ўрганиб кейин инфратузилмасини яхшилашга ишлатган мақулми деб ўйлайман. Масалан ичимлик суви ёки мактаб ўқувчиларига компютерми.
Javlon
Assalom aleykum. Bu pulni hammaga bir xil taqsimlashning foydasi yoq sababi o'ziga to'qlar lekin hechnimam yoq deydigan noshukurlar ham kop. Eng tori yol manimcha o'sha xududlardagi shifoxonalarda xizmat qilyotgan shifokorlarni qollab quvvatlash. Sababi qiynalgan aholiga eng katta yordami tekkan insonlar aynan shifokorlar o'zim guvohman ular vazifasiga kirmaydigan ishlar qilib aholiga yordam berishyapti. Bu ham bir taklif o'ylab ish qilish kk kimlarnidir chontaklariga ketib qolmasin🤓
Agar iloji bolsa ichimlik suvini tog'irlash va zarsizlantirib aholiga taqsimlash shart va zarur
Assalomu alleykum Xushnudbek aka! Mening fikrimcha bu yig'ilgan pullarni Sardobaliklar uchun foydali bo'lgan jamoat binolari(kutubxona, mini futbol maydonchasi, yoki biror ma'rifat markazi) uchun sarflash kerak
Мени фикримча, йўл қурувчилар билан гаплашиб, лойихага киритилмаган йўллар бўлиши мумкин. 1 км бўлса хам йўл қуриш адолатли бўлади.
Show next 100 comments