Маслаҳатингиз керак
Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция
ташкил қилгандик.
Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами
19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак,
203 млн сўм бўлади.
Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.
Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни
бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.
Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами
70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса
10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги
20 минг сўмдан тўғри келади.
❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак.
Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Agar iloji bolsa ichimlik suvini tog'irlash va zarsizlantirib aholiga taqsimlash shart va zarur
2) ingiliz tilini urganmoqchilar uchun Toshkentdagi yaxshi kurslarni tekin qilib bering. Ingiliz tili bilish kelajakga zamin
3) kutibxona uchun sarflashingiz mumkin
Xayr qilganlargaham savobi joriya boladi
Meni fikirm shunqaki aka biz to‘g‘ri qancha ko‘p odamga yordam bersak shuncha yaxshi lekin qo‘limizdagi summadan kelib chiqi keling odam soniga emas kamroq odam bo‘lsada ularga sifatliyor,samaraliyroq ko‘mak bersak qanday bo‘lardi.
O'zi bu falokat zaminida bilimsizlik yotibdi emasmi?
Oziq-ovqat, chorva, internet, yashash uchun sharoit, kichik oilaviy biznes kabi loyihalarga jalb qilish borasida fikrlarni ko'rdim, yomon emas. Ijtimoiy loyihalarni davlatimiz budjeti hisobidan bajarilaveradi. Ammo keyinchi, keyin nima bo'ladi? O'nta bilimli kadr butun Sardobani qayta qurishi mumkin. Agar ular yaxshi mutaxassis bo'lsa.
MENING TAKLIFIM:
Ushbu hududdagi oliy ta'lim olish uchun chindan tayyorgarlik ko'rib o'qishga topshirib kamida MAKSIMAL BALL ning 60-65% ni to'plab(undan kamini tavakkaldan ham jamlash ehtimoli bor) KONTRAKT asosida o'qishga kirgan lekin to'lashga imkoniyati yetmaydigan talabalarning kontraktini( faqat birinchi yarmini emas, to'liq. Chunki ancha vaqtgacha ular o'zlarini tiklab olishlari kerak) to'lab berish kerak. Hozirda ularda o'qish, bilim olish(ayniqsa qurilish sohasida), kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuqori MOTIVATSIYA va JON KUYARLIK tuyg'ulari jo'sh urib turibdi. Shunday vaziyatda ularni qo'llash orqali butun Sardobani "Yangi kelajagi" ga poydevor qo'ygan bo'lamiz. Chunki ular xatolarni bilimsizlik va malakasizlik keltirib chiqarishini ko'rishdi.
ENG ZO'R INVESTITSIYA TA'LIMGA TIKILGAN INVESTITSIYA EKANLIGINI UNUTMAYLIK.