Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Javlon
Assalom aleykum. Bu pulni hammaga bir xil taqsimlashning foydasi yoq sababi o'ziga to'qlar lekin hechnimam yoq deydigan noshukurlar ham kop. Eng tori yol manimcha o'sha xududlardagi shifoxonalarda xizmat qilyotgan shifokorlarni qollab quvvatlash. Sababi qiynalgan aholiga eng katta yordami tekkan insonlar aynan shifokorlar o'zim guvohman ular vazifasiga kirmaydigan ishlar qilib aholiga yordam berishyapti. Bu ham bir taklif o'ylab ish qilish kk kimlarnidir chontaklariga ketib qolmasin🤓
Agar iloji bolsa ichimlik suvini tog'irlash va zarsizlantirib aholiga taqsimlash shart va zarur
Assalomu alleykum Xushnudbek aka! Mening fikrimcha bu yig'ilgan pullarni Sardobaliklar uchun foydali bo'lgan jamoat binolari(kutubxona, mini futbol maydonchasi, yoki biror ma'rifat markazi) uchun sarflash kerak
Мени фикримча, йўл қурувчилар билан гаплашиб, лойихага киритилмаган йўллар бўлиши мумкин. 1 км бўлса хам йўл қуриш адолатли бўлади.
Ассалому Алайкум. Аллох хаётингизга барокот берсин, мушкулларингизни осон килсин. Пулни бок,увчисини ёк,отган етимларга ёки камбагаллиги юкори, к,ийналиб к,олган оилаларга булиб берсангиз булади. (Албатта бунда пулни хаммага хам етказа олмайсиз. Ин Ша Аллох бошк,а жабрланганларни хам ризк,ини Аллох беради.)
Orzikulov Elyor Ismatullayevich
Ассалом алайкум. Менинг фикрим яхши бир замонавий кутубхона курилса ёш авлод билимли булишига хизмат килади.
Oʻsha yerda ishlab chiqarish korxonasini yarating. Ishchilarni faqat oʻsha yerdagilar tashkil qilsin. Keyin ishlab chiqarishdan kelgan daromadni doimo Oʻzbekiston rivoji uchun birinchi oʻrinda sardoba uchun ishlating. Holis boʻlishi uchun foydaning bir soʻmini ham qoʻlingizga olmang. Hamma ishni ish boshqaruvchi olib oʻshanga topshiring va doimo nazorat qilib turing
Toxir Norov
Assalamu alaykum varahmatullahi vabarokatuh! Bu pulga mahhallalarni obodonlashtirish uchun ko'p yillik mevali daraxtlar, archa va sasna kabi o'simliklar ko'chatlarini olib oborib ekish kerak. Bu juda savobli ish deb o'ylayman.
Kam taminlanganlardi kontrakt pulini to‘lab bersalarin yaxshi bo‘lardi manimcha
Tovuq tarqatisham yahshi fikrku.lekini bor 10 ta tovuq boqish yahshi fikrmas.chunki 10 tovuqqa yemishini berib uni semirtirguncha olib berilgan yemishi bugdoyi qimmat.kup boqadigan fermalar zurga eplashadi bu ishni.katta firmalar tovuqni yemishini arzon ulgurji op kelishadi.vaqtida emlab turishadi.aholi urtasida bitta kassalik tarqalsa hamma tovugiga kasal tegib ulib ketadi.yahshi fikr ogir kasali bor honadonlaga hayriya qilish kerak deb uylayman.albatta savobi tegadi
1) Ichki turizm uchun sarflang
2) ingiliz tilini urganmoqchilar uchun Toshkentdagi yaxshi kurslarni tekin qilib bering. Ingiliz tili bilish kelajakga zamin
3) kutibxona uchun sarflashingiz mumkin
Хушнидбек хунар ва касб ургатадиган чиройли мактаб яратиш керак. Дехкончилик килиш сирлари буйича билимли мутахасислар жалб килиш керак(Наманган тажрибаси мисолида) Мирзачул .Сардоба ва Околтин туманида каровсиз буш жойлар куп!!!Халкка чорвачилик буйича малакали кадрларни жалб килинг!!!(пул берсангиз сарфланиб кул булади)
Fikrimcha, bu pullarda ayniqsa sardobadagi yetim bolalarni haqqi bor. Bu yerlik aholini daromadlarini oshirish choralarini ko'rish lozim. Biznes rejalar tuzib ishsizlarni ish bilan ta'minlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Uy-joy maktab, bog'cha qurish masalasini shundoq ham yuqori tashkilotlar hal qilishsa kerak. Ishsizlik masalasini hal qilish kerak. Qolganini mehnatsevar sardobaliklar o'zlari eplay olishadi Xudo xohlasa.
Assalomu aleykum menimcha yosh bolalarga baloģat yoshiga yetmaganlarga kiyim kechak olib berish kerak
Dr. Anvar
Moliyaviy piramida yaratish kerak. Odamlarga qisqa muddatli kam foizli kredit shaklida tarqatib, pulni qaytarganda yana boshqa oilalarga beriladi.....
Sevara Saydakbarovna
Assalomu alaykum.Ko'p bolali oilalarga yordam berish kerak
Assalamu alaykum mening shaxsiy fikrimcha Shu summaga biron bir buzilga koprikmi masjidnimi qayta tiklashga sarflash kerak
Xayr qilganlargaham savobi joriya boladi
Iskandar Sattarov
Яна бир ғоя! Ночор беморларни аниқлаб уларга даволаниши учун амалий ёрдам бериш мумкин
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalo shunday xayirli va savob ishni boshlaganiyiz,qolaversa xalimizga yordam berishga intilayotganiyiz tahsinga loyiq.
Meni fikirm shunqaki aka biz to‘g‘ri qancha ko‘p odamga yordam bersak shuncha yaxshi lekin qo‘limizdagi summadan kelib chiqi keling odam soniga emas kamroq odam bo‘lsada ularga sifatliyor,samaraliyroq ko‘mak bersak qanday bo‘lardi.
Shahriyor Isoqov
Қиш ғамини ,Ёзда егин дийишган. Пул етганича иситиш қозони (котёл) ёки генератор.
Шовкат Ирназаров
Assalomu aleykum Xushnudbek aka va barcha commentchilarga. Yuqoridagi izohlardan ko'rib chiqdim yaxshi fikrlar ko'p.
O'zi bu falokat zaminida bilimsizlik yotibdi emasmi?
Oziq-ovqat, chorva, internet, yashash uchun sharoit, kichik oilaviy biznes kabi loyihalarga jalb qilish borasida fikrlarni ko'rdim, yomon emas. Ijtimoiy loyihalarni davlatimiz budjeti hisobidan bajarilaveradi. Ammo keyinchi, keyin nima bo'ladi? O'nta bilimli kadr butun Sardobani qayta qurishi mumkin. Agar ular yaxshi mutaxassis bo'lsa.
MENING TAKLIFIM:
Ushbu hududdagi oliy ta'lim olish uchun chindan tayyorgarlik ko'rib o'qishga topshirib kamida MAKSIMAL BALL ning 60-65% ni to'plab(undan kamini tavakkaldan ham jamlash ehtimoli bor) KONTRAKT asosida o'qishga kirgan lekin to'lashga imkoniyati yetmaydigan talabalarning kontraktini( faqat birinchi yarmini emas, to'liq. Chunki ancha vaqtgacha ular o'zlarini tiklab olishlari kerak) to'lab berish kerak. Hozirda ularda o'qish, bilim olish(ayniqsa qurilish sohasida), kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuqori MOTIVATSIYA va JON KUYARLIK tuyg'ulari jo'sh urib turibdi. Shunday vaziyatda ularni qo'llash orqali butun Sardobani "Yangi kelajagi" ga poydevor qo'ygan bo'lamiz. Chunki ular xatolarni bilimsizlik va malakasizlik keltirib chiqarishini ko'rishdi.
ENG ZO'R INVESTITSIYA TA'LIMGA TIKILGAN INVESTITSIYA EKANLIGINI UNUTMAYLIK.
Assalomu alaykum. Maktabga sarflash kerak deb oylayman
Show next 100 comments